1-mavzu. Axborot texnologiyalari. Reja


Download 25.55 Kb.
bet1/5
Sana19.12.2022
Hajmi25.55 Kb.
#1032704
  1   2   3   4   5
Bog'liq
AKTNI TA’LIMDA QO’LLASH KONSEPSIYALARI


1-mavzu. Axborot texnologiyalari.
Reja:
1. Fanning maqsad va vazifalari.
2. Axborot texnologiyalarining rivojlanish omillar.
3. Axborot texnologiyalarini rivojlantirish chora-tadbirlari.
4. Horijiy tillarni o’qitishda axborot texnologiyalarining o’rni.
5. Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar.
6. Boshqa fanlar bilan bog’liqligi.


1. Axborot texnologiyalarining rivojlanish omillar
XXI-asr axborot texnologiyalari asridir. Axborot texnologiyalari hayotimizning barcha jabhalariga kirib kelgan va mustahkam joy olgan. Hozirda qanday soha bo’lmasin, uni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Xo’sh, axborot texnologiyalari o’zi nima?
Axborot texnologiyasi – bu obyekt, jarayon yoki hodisalar holati haqidagi ma’lumotlarni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jihatdan mutloq yangi ko’rinishga keltiruvchi ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash, uzatishning vosita va usullari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Bu, albatta, keng ma’nodagi ta’rifdir, chunki evolyusiya jarayonida insonlar bir-biri bilan aloqaga kirish uchun turli bosqichlarda muayyan aloqa vositalaridan foydalanganlar. Lekin hozirgi kunda barchamiz kompyuter, mobil aloqa vositalari, Internet va telekommunikasiya vositalaridan foydalanar ekanmiz ushbu texnologiyalarining markaziy qismi hisoblash mashinasi bo’lganligi sababli axborot texnologiyalarini torroq ma’noda, kompyuter axborot texnologiyalari ma’nosida ishlatganimiz ma’qulroq. Shundan kelib chiqqan holdazamonaviy axborot texnologiyalari – bu kompyuter yordamida axborotni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatishning usul va uslublaridir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo’lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
Ichki omillar - bu axborotning paydo bo’lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash imkoniyatidir.
Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnika-uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishiga bir tomondan ularning texnik va dasturiy yechimlarida yangidan yangi g’oyalar bo’lsa, boshqa tomondan foydalanuvchilarga ularning ma’qul kelishi sabab bo’lmoqda. Masalan, mobil aloqa. Hozirgi kunda mobil aloqa vositalari ekranga va virtual klaviaturaga ega bo’lib, kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko’p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda, ularning imkoniyatlari kundan-kunga kengaymoqda, mobil aloqa vositalariga xizmat qiluvchi tizimlar jadal suratlarda rivojlanib bormoqda. Mobil aloqa vositalalari rivojlanishi bilan birga mobil aloqa muhiti ham rivojlanib bormoqda.

Download 25.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling