1-mavzu. Axborot texnologiyalari. Reja
Fanning maqsad va vazifalari
Download 25.55 Kb.
|
AKTNI TA’LIMDA QO’LLASH KONSEPSIYALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar
- 6. Boshqa fanlar bilan bog’liqligi
4. Fanning maqsad va vazifalari
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Axborot texnologiyalari” kursining asosiy maqsadi talabaning kasbiy faoliyati bo’yicha qo’yilgan masalalarni yechishda zarur dasturiy vositalarni to’g’ri tanlash, olingan bilimlari asosida qo’yilgan masalalarni yecha olish, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan mustaqil foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishga qaratilgan. Talabalarni zamonaviy texnika vositalari va axborot texnologiyalari asoslari bilan tanishtirish, erishilgan yutuqlar va axborot texnologiyalarining imkoniyatlari mohiyatini tushuntirish va ularni ta’lim olish jarayonida amaliy qo’llay olish fanning asosiy vazifasi deb hisoblanadi. 5. Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar “Axborot texnologiyalari” fani bo’yicha talabalarga quyidagi talablar qo’yiladi: - zamonaviy texnika o’qitish vositalari bilan tanishish va ularni amaliyotda qo’llash; - o’quv materiallarni tayyorlashda matn va jadval muharrirlaridan samarali usul sifatida foydalanish; - ochiq va yopiq kompyuter operasion tizimlari bilan tanishish; - mobil aloqa operasion tizimlari bilan tanishish; - bevosita va on-line ta’lim uchun taqdimotlar yaratish; - o’quv grafik obyektlarini yaratish asoslarini egallash; - o’quv animatsiya roliklarini yaratish vositalaridan foydalanish; - mualliflik o’quv audio va video materiallarni yaratish va ularga ishlov berish; - blog, forum, virtual sinf, Web muhitida hamkorlik ta’lim proyektlarini tashkil etish; - o’quv on-line kurslarini tashkil etishning zamonaviy vositalaridan foydalanish; - ta’limni boshqarish tizimi LMS MOODLE tizimida ishlash. 6. Boshqa fanlar bilan bog’liqligi “Axborot texnologiyalari” fani belgilangan reja asosida, 2- va 3- semestrlarda o’qitiladi. Talabalarning ushbu fandan olgan bilimlari mutaxassislik fanlarini zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib o’rganishda va mustaqil ishlarni bajarishda kompyuterning texnik va dasturiy ta’minotlari, MS Office tizimlarining imkoniyatlari, elektron darsliklar, Internet tarmog’i va elektron axborot resurslaridan hamda masofaviy ta’lim tizimidan foydalanishda qo’l keladi. “Axborot texnologiyalari” fanining o’quv reja va ishchi dasturi chet tillarning “Og’zaki va yozma nutq amaliyoti” fani ishchi rejasi bilan muvofiqlashtirilgan. Unga ko’ra “Axborot texnologiyalari”gi deyarli barcha mavzular “Og’zaki va yozma nutq amaliyoti”dagi muvofiqlashtirilgan mavzulardan oldin keladi va ularni samarali o’zlashtirishga asos bo’ladi. Fan mavzulari bo’lajak chet tili o’qituvchilariga turli axborot texnologiya vositalari yordamida elektron resurslarni yaratish va ularga ishlov berish malakasi shakllantiriladi. Bunda asosan, amaliy dastur va Internet tizimi xizmatlaridan foydalanish o’rgatiladi. Elektron resurslarni yaratish jarayonida mavzularni to’g’ri tanlash, resursning ssenariysini tuzish, kutilayotgan natijalarni va resursning strukturasini didaktik nuqtai nazardan to’g’ri shakllantirish, darsda ulardan samarali foydalanish yo’llari va shu kabi muammolar talabani til o’qitish metodikasini chuqurroq o’zlashtirishga undaydi, motivasiya hosil bo’ladi. “Axborot texnologiyalari” fani “Pedagogik texnologiyalar” fani bilan ham uzviy bog’liqdir. Oxirgi paytlarda olim va amaliyotchilar orasida “Elektron pedagogika” atamasi keng muhokama etilmoqda. Pedagogikaning bir qismi sifatida uning maqsad va vazifalari, predmeti va mavzusi shakllantirilmoqda. “Ijtimoiy fanlar” turkumiga kiruvchi fanlar Internet tarmog’ida yoshlarning ongiga salbiy ta’sir etuvchi omillarning oldini olish, cheklash, muqobil virtual muhitni yaratishning ijtimoiy-siyosiy asoslarini shakllantiradi. Hozirgi davrda axborot texnologiyalari va turmushimizning barcha sohalar bir-biriga ta’sir etgan holda rivojlanayotganligi kabi “Axborot texnologiyalari” fani ham oliy ta’lim tizimidagi barcha fanlarga ijobiy ta’sir etmoqda va ularning ta’sirida rivojlanmoqda. “Axborot texnologiyalari” fani boshqa fanlar bilan bog’liq holda o’qitilishi bilan bir qatorda bakalavr va magistratura talabalarining kurs va diplom ishlarini tanlashda axborot texnologiyalarining til o’qitish metodikasiga jadal yo’naltirishda ham yordam beradi. Download 25.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling