Reja : kirish I. Bob. Respublikamiz hududida tarqalgan noyob baliqlar
Download 201.61 Kb.
|
O\'rta osiyo suv havzalarida uchraydigan baliq turlar (2).doc 1111
Ilonbosh (Channidae yoki Ophiocephalidae) — olabug'asimonlar turkumiga mansub bo‘lsada, respublikamizga olib kelib iqlimlashtirilgan. Tanasining uzunligi 15—120 sm, vazni 7 kggacha. Asl vatani tropik Afrika, g'arbiy va janubiy sharqiy Osiyo, Amur daryosi havzasi. Yassilashgan boshi tangachalar bilan qoplangan bo'lib, ilon boshiga o'xshaydi. Orqa va anal suzgichlari uzun.Ilonboshning atmosfera havosidan nafas olishga imkon beradigan jabra usti organi bor. Ilonbosh Channa argus Amur daryosi havzasida tarqalgan. Tanasining uzunligi 85 sm gacha, vazni 7 kg gacha. Botqoqlashgan va hatto ifloslangan ko‘lmak suv havzalarida yashay oladi, suvsizlikka bir necha kun chidaydi.3 yoshida voyaga yetadi, iyun—iyul oylarida urchiydi.Urg'ochilari suv yuzasida poya va barglardan yasalgan uyaga о'rtacha 7300 uvildiriq tashlaydi, erkagi bu tuxumlarni qo'riqlaydi.Yirtqich.Ovlanadi.
Marinkalar—karpsimonlar oilasiga mansub baliqlar urug'i.Uzunligi 50—70sm gacha (odatda, 25—45 sm), vazni 8 kg gacha (odatda, ancha kam). Orqa suzgichida mayda tishchali tikanlari bor; orqa chiqaruv teshigi yaqinidagi tangachalari birmuncha yirikroq. Osiyo qit‘asidagi suv havzalarida, shuningdek, Amudaryo va Sirdaryoda keng tarqalgan. Maydan avgustgacha 13,5—28 mingtagacha uvildiriq tashlaydi. Shu davrda uvildiriqlari, qorin bo'shlig'i devori pardasi zaharli bo'lishi mumkin. Hozirgi kunda ham xorijiy mamlakatlardan keltirilgan yangi baliq turlari O‘zbekiston iqlimiga moslashtirilmoqda. So'nggi yillarda O'zbekistonga xorijiy mamlakatlardan xususan oxirgi 6-7 yil ichida Malayziya, Norvegiya va Rossiyadan 4 xil yangi baliq turi - osyotr, Afrika laqqasi, losos, telyapa olib kirildi. Bugunga kelib ular O'zbekiston iqlimiga moslashtirildi va juda yaxshi natijalar bermoqda. Hozircha faqat telyapa baliqlarida biroz qiyinchilik mavjud, lekin qolgan baliqlarning umumiy urug‘ olish metodologiyasi o‘rganilib, olimlarimiz tomonidan shunga doir kitoblar chop etildi.Endi esa baliq zotlarini yaxshilash masalalari mavjud. Ular bo‘yicha esa Vengriya, Vetnamdan karp baliqlari olib kirilyapti. Hozirgi kunda ularning O'zbekiston iqlimiga moslashuvchanligini o‘rganib, ularning o'sish parametrlarini aniqlash ishlari hozirgi kunda davom ettirilmoqda. XULOSA Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkunki,baliqlar benihoyatda katta ahamiyatga ega.Aholini qo`shimcha ozuqa maxsulotlari bilan taminlash maqsadida baliq va baliq maxsulotlarini ko`paytirish lozimdir. Bundan bir necha yillar oldin Yaponiya va O`zbekistonda yillik baliq go`shtini istemol qilish taqqoslanganda Yaponiyada bu aholi soniga 16kg dan to`g`ri kelgan bo`lsa, O`zbekistonda 400g ni tashkil etgan. Baliq maxsulotlari eng oqsilga boy, to`yimli, tansiqliligi bilan yuqori o`rinni egallaydi. Shularni hisobga olgan holda O`zbekiston Respublikasi vazirliklari hovuz xo`jaligida baliq yetishtirish, baliq konservalari ishlab chiqish bo`yicha maxsus qarorlar chiqargan. Respublikamiz suv havzalarida uchraydigan va asosiy ovlanadigan baliqlardan hisoblangan moybaliq, mo‘ylov baliq, sazan, oqcha, ayniqsa,muhim ahamiyatga ega. Uzoq Sharq daryolaridan respublikamizdagi suv havzalariga oq amur, xumbosh, ilonbosh kabi baliqlar olib kelib, iqlimlashtirilgan. O‘zbekiston ―Qizil kitobiga kiritilgan karpsimon baliqlardan Orol qorako‘zi, Turkiston ko‘kbo‘yini, parrak, Orol tikanagi, cho‘rtansifat oqqayroq,Toshkent yonsuzari kabi baliqlar muhofazaga olingan turlar hisoblanadi. Muhofaza choralari ishlab chiqilgan bo‘lib, ovlash ta‘qiqlangan. Boday-To‘qay, Qizilqum va Surxon qo‘riqxonalarida muhofaza qilinadi. Turni ko'paytirishni tashkil qilish, yashash joylarida mahsus muhofaza tartibini joriy qilinganligi o‘rganildi. Daryolar oqimining sun'iy tartiblanishi va suvining kamayishi, uning ifloslanishi; ko'payish sharoitlarini yomonlashuvi kelgindi baliqlar raqobati sonining kamayishiga sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan. Download 201.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling