Ninachi turkum vakillari. - Farg’onada olib borilgan tadqiqotlar natijasida 2ta kenja turkum, 6ta oila, 12ta avlodga mansub bo’lgan 20 tur ninachilar aniqlanadi. Bu ninachi turlarining lichinka va imago bosqichi daryolar, soylar, ko’llar,irrigatsiya suv havzalarida va ularning atrofida o’suvchi o’simliklar qoplami uchaskalarida hayot kechirishi qayd qilindi.
- Calopteryx splendes tadqiqot hududida asosan sekin oquvchi anhorlar, sug’orish ariqlarida zich holatda o’suvchi o’simliklar mavjud bo’lgan hududlarda tarqalishi kuzatildi. Tanasining uzunligi 43-45 mm, yashilva ko’k yaltiroqrangda bo’ladi. Qorinchaning uzunligi 33-36mm. Qanotlarining uzunligi 29-32 mm.
- Calopteryx virgo boshqa tur vakillaridan o’zining tashqi ko’rinishi nafisligi bilan ajralib turadi.tanasining uzunlig 43-46mm. Erkak individlari tanasining ranggi ko’k yaltiroq tusda, urg’ochi individlarida esa yashil yaltiroq rangda bo’ladi. Qorinchaning uzunligi 33-37mm. Qanotlarining uzunligi 29-33 mm.
Lastes dryas ushbu tur vakillari zovurlarda sekin oquvchi va atrofi qamishlar bilan o’ralgan ko’lmak suvlarda yashaydi. Tanasiuzunligi32-36mm. Ko’krak qismining pastida zangori chiziqlari bor. Qorinchaning uzunligi 18-22mm. Pterostigma 2ta katakchani egallaydi va qora rangda bo’lib, ikkala qanotida yaqqol ko’rinad. - Lastes dryas ushbu tur vakillari zovurlarda sekin oquvchi va atrofi qamishlar bilan o’ralgan ko’lmak suvlarda yashaydi. Tanasiuzunligi32-36mm. Ko’krak qismining pastida zangori chiziqlari bor. Qorinchaning uzunligi 18-22mm. Pterostigma 2ta katakchani egallaydi va qora rangda bo’lib, ikkala qanotida yaqqol ko’rinad.
- Ischnura pumilio Charpentur. Chiroyli ixcham ninachi bo’lib asosan ko’lmak suvlarda qamishlar orasida uchraydi.tanasining uzunligi 27-31mm bo’lib asosiy ranggi yashiljigarrang yoki sarg’ish yashil bo’ladi. Qorinchaning uzunligi 21-25mm. Qanotlarining uzunligi 14-17mm.
Ninachilarning biogeosenozlarda va inson ho’jalig faoliyati uchun ahamiyati. - Ninachilar suv va quruqlik biogeosenozlaeda ozuqa zanjiri tarkibiida ishtirik etib, modda, energiya almashinuvida, biogen moddalar transformatsiyasida muhim o’rin tutadi, hamda hashoratlar fiziologiyasi,zoogeografiyasi,bio-ekologik xususiyatlari va etologiyasi ham boshqa ko’plab yo’nalishlarda biologik tadqiqotlar uchun qimmatli model obyekti hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda,aviatsiya texnika soxalarida ninachi qanotining morfo-anotomik, funksional tuzilish tamoyillari injenerlik konstruksiyalarini ishlab chiqishda asos sifatida foydalaniladi.
- Suv va quruqlik biogeosenozlarida ninachilar popilyatsiyasi tashqi muhit omillariga nisbatan yuqori darajada sezgir biologik tur sifatida ekologik muhit holati monitoringida bioindikator sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |