Reja : rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘G‘risida


Oliy ma’lumot (diplomli mutaxassis, bakalavr va magistr) darajasidagi diplomini nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) haqida guvohnoma TAVSIFI


Download 401.85 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi401.85 Kb.
#1579776
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
akademik yozuv 1

Oliy ma’lumot (diplomli mutaxassis, bakalavr va magistr) darajasidagi
diplomini nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) haqida guvohnoma
TAVSIFI

Oliy ma’lumot (diplomli mutaxassis, bakalavr va magistr) darajasidagi diplomni nostrifikatsiyalash haqidagi davlat namunasidagi guvohnomaning muqovasi tomonlari 210x145 mm o‘lchovda yaxlit qoplangan ko‘k rang bumvinildan tayyorlangan ko‘rinishga ega. Uning yuz tomonida bosma naqsh usulida oltin rangdagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi o‘zbek tilida GUVONNOMA so‘zi yozilgan.
Guvohnomaning ichki qismi qalin oq qog‘ozda ofset bosma usulida to‘rt xil: matn uchun qora, tasviriy elementlar uchun yashil, och sariq, qizil rangda bosiladi.
Sahifa markazida 60 mm diametrli O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi sakkiz burchakli figura ichida joylashtiriladi. Uning atrofi naqshli rastrdan tashkil topgan och sariq rangdagi fondan iborat.
Guvohnomaning yuqori qismida lotin yozuvida “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” so‘zi aks etttiriladi. Undan pastroqda O lotin harfi va olti xonadan iborat bo‘lgan raqam bosiladi. Guvohnomaning ikkinchi sahifasida barcha yozuvlar ingliz tilida takrorlanadi.
Guvohnoma 7 darajali himoyaga ega:
1) ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish: asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori usul;
2) mashinada nusxa ko‘chirishni qiyinlashtiradigan nimtatir bo‘yoqlardan foydalanish;
3) har xil shakldagi rastr setkalaridan foydalanish;
4) har xil shakldagi rastr setkalarini tushirish natijasida yangi rang hosil qilish;
5) maxsus qog‘oz ishlatish;
6) O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbini och havorang bo‘yoqda tasvirlash;
7) olti shaklli o‘zgaradigan raqamdan foydalanish.
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1. Xorijiy davlatlarning oliy attestatsiya organlari tomonidan 1992-yil 1-yanvargacha fuqarolarga berilgan fan doktori va nomzodi diplomlari, professor, dotsent va katta ilmiy xodim shahodatnomalari O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqiy hisoblanadi.
2. Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari tomonidan 1992-yil 1-yanvardan keyin O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga berilgan ilmiy daraja haqidagi hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan nostrifikatsiyalanadi (qayta attestatsiyadan o‘tkazish asosida tenglashtiriladi).
3. Ilmiy daraja haqidagi diplomlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida nostrifikatsiyalangan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasida oliy malaka haqidagi hujjat egalari uchun amalda qo‘llanilayotgan huquq va imtiyozlardan foydalanishga haqlidirlar. Nostrifikatsiyalanmagan oliy malaka hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqiy hisoblanmaydi.
4. Ilmiy darajalar diplomlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida nostrifikatsiya qilish uchun 1-ilovaga muvofiq, 2-ilovadagi tartibda hujjatlar taqdim etiladi.
5. Nostrifikatsiya uchun hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan qabul qilinadi..
Taqdim etilgan hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli soha bo‘yicha ekspert kengashi ko‘rib chiqib, o‘z xulosasini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Hay’ati ekspert kengashi xulosasi va ilmiy-attestatsiya bo‘limi fikri asosida o‘z tavsiyasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati muhokamasiga taqdim etadi.
Taqdim etilgan hujjatlar, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Hay’ati qarori bilan tegishli ilmiy muassasa yoki ixtisoslashgan kengashga jamoaviy taqriz uchun yuborilishi mumkin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining oliy malaka haqidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran ushbu hujjatlar O‘zbekiston hududida kuchga kiradi. Hujjat egalariga Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasining ilmiy darajalar diplomlari beriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida ilmiy daraja haqidagi diplomlarni nostrifikatsiyalash muddatlari fan doktori ilmiy darajasi diplomi uchun 3 oydan, fan nomzodi ilmiy darajasi diplomi uchun 2 oydan oshmasligi kerak. Zarur hollarda ushbu hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Hay’ati qarori bilan 3 oygacha uzaytirilishi mumkin.
8. Ilmiy daraja haqidagi diplomlarni tenglashtirish masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati chiqargan qarordan norozi bo‘lgan da’vogar qaror chiqqan kundan boshlab ikki oy mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA

Download 401.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling