Reja : rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘G‘risida


Ilmiy daraja diplomini nostrifikatsiyalash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga yuboriladigan attestatsiya ishi hujjatlarining


Download 401.85 Kb.
bet6/6
Sana18.06.2023
Hajmi401.85 Kb.
#1579776
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
akademik yozuv 1

Ilmiy daraja diplomini nostrifikatsiyalash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga yuboriladigan attestatsiya ishi hujjatlarining
RO‘YXATI
1. Da’vogar ishlayotgan tashkilot rahbari (agar u ishlayotgan bo‘lsa) imzolagan yo‘llanma xat yoki da’vogarning imzosi notarial tasdiqlangan arizasi (1 nusxa). Xatda (arizada) da’vogar qachon va qaysi davlatda ilmiy daraja diplomini olganligi, dissertatsiya mavzui, qaysi ixtisoslik bo‘yicha himoya qilganligi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
2. Dissertatsiyani xorijiy davlatlarda himoya qilish yuzasidan ilmiy ish tayyorlangan tashkilot rahbarining tegishli ixtisoslashgan kengashga murojaatnomasi (aspirant va doktorantlar uchun esa — ularni chet elda aspirantura va doktoranturada o‘qishga yuborish uchun buyruq) nusxasi hamda agar ilmiy ish O‘zbekistonda tayyorlangan bo‘lsa — O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi dissertatsiyaning xorijiy davlatlarda himoya qilinishiga ruxsat berib, xorijiy davlatlar Oliy attestatsiya organlariga yuborgan yo‘llanma xatining nusxasi.
3. Ilmiy daraja diplomining notarial tasdiqlangan nusxasi.
4. Ish joyidan tasdiqlangan xodimlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa (1 nusxa).
5. Da’vogarning familiyasi, ismi va otasining ismi (pasport bo‘yicha), shuningdek, dissertatsiya himoyasi o‘tgan muassasaning hamda ixtisoslik nomining da’vogar tomonidan imzolangan va ilmiy kotib imzosi bilan tasdiqlangan o‘zbekcha va inglizcha shakllari (1 nusxa).
6. Mehnat daftarchasidan ko‘chirma.
7. Da’vogar himoya qilgan dissertatsiya nusxasi va ikki nusxa avtoreferat.
8. Da’vogar ilmiy ishlarining da’vogar tomonidan imzolangan va ish joyidan tasdiqlangan ro‘yxati (1 nusxa).
9. Da’vogarning ilmiy jurnallarda e’lon qilingan maqolalari nusxalari.
XULOSA :
Xulosa qilib aytganda , Rasmiy hujjatlar yo‘qolishi yoki o‘g‘irlanishining har bir holati bo‘yicha yuqori turuvchi tashkilot tomonidan, blankalarning yo‘qolishida aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash maqsadida, darhol xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi, zudlik bilan taftish qilinadi va mavjud blankalar qoldiqlari olib tashlanadi, shuningdek, ularning saqlanishini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar ko‘riladi.

Foydalanilgan adabiyotlar :



  1. https://lex.uz/uz/docs/-324147?ONDATE=05.04.2022

  2. https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=10.04.2017%2000

  3. https://www.archive.uz/hujjatlardan-foydalanish-va-axborot-xizmati-bolimi

  4. https://mintrans.uz/axborot-xizmati-bilan-boglanish

Download 401.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling