Reja:  Ta’lim shakllarining tarixan paydo bo’lishi


Download 364.5 Kb.
bet4/8
Sana08.06.2023
Hajmi364.5 Kb.
#1465272
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ta\'lim shakli

Aralash dars namunasi

1. O’tilganlarni takrorlash:
a)oldin o’tilgan mavzu yuzasidan berilgan faktlarni tahlil etish; b) savol-javob; v) qoida-ta’riflarni esga tushirish.
2. Yangi o’quv materialini o’rganishga tayyorgarlik:
a) darsning mavzusi va maqsadini bolalarga yetkazish; b) mavzuga oid faktlarni tahlil etish; v) bilishga rag’batlantiruvchi savollarni o’rtaga tashlash.
3. Yangi o’quv materialini bayon qilish ( tasvir, suhbat, mustaqil ishlash kabi metodlardan foydalanib yangi o’quv materialini tushuntirish).
4. Yangi o’quv materialini mustahkamlash(mashq qilish, mustaqil ishlash).
5. Uy vazifasini belgilash.
6. Bolalar bilimini baholash.
7. Darsni yakunlash. 


Yangi bilimlarni bayon qilish darsi namunasi

1. Bolalarni yangi o’quv materialini o’rganishga tayyorlash:
a) darsning mavzusi, maqsadi bilan tanishtirish; yangi mavzuga oid faktlarni tahlil etish.
2. Yangi o’quv materialini bayon qilish (tasvir, tushuntirish, suhbat metodlaridan foydalanib, kuzatilgan faktlarga asoslanib yangi mavzuni tushuntirish).
3.Yangi mavzuni mustahkamlash:
a) darslikning ma’lum betlarini o’qish; b) mashq, misol, masalalarni bajarish.
4.Oldin o’rganilgan mavzularni bugungi o’quv materialiga oid bilimlarni paralell takrorlash.
5. Uy vazifasini topshirish.
6. Bolalar bilimini baholash.
7. Dars yuzasidan yakuniy xulosalar chiqarish[1].

Ta’lim tizimida takrorlash va bilimlarni mustahkamlash darslari ham ko’p qo’llaniladi. O’qituvchi darsning ma’lum bir qismi, yirik mavzularni o’tib bo’lganidan so’ng bunday darslar uyushtiriladi. Bu darslar oraliq nazorat baholashda ham xizmat qiladi. Har bir darsning muvaffaqiyati ko’p jihatdan mashg’ulotni to’g’ri tashkil qilishga bog’liqdir. Bu davrda sinfning tayyorgarligini sinchiklab kuzatish, bolalarni darsni tinglashga ruhiy jihatdan tayyor ekanliklarini o’rganish darkor. Shundan so’ng mahoratli pedagog fursatni qo’ldan boy bermay, shogirdlarini diqqatini chalg’itmay darsning asosiy qismini boshlab yuboradilar, chunki sinf o’kuvchilarini tezlik bilan mashg’ulotga faol kirishishlarini ta’minlash lozim.

  • Dars o’qituvchi va o’quvchining ijodiy hamkorligiga asoslanishi lozim. Shundagina o’quvchilarda mustaqil fikrlay olish, iroda tarbiyalanadi. Nutq madaniyati rivojlanadi. Muammoli vaziyat orqali o’z yo’lini topa oladilar.

Har bir dars turidagi o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini quyidagi T-chizma orqali chuqur tahlil qilib chiqamiz:

Yangi bilim berish darsi

O’quv materia-lini mustah-kamlash darsi

Takror-lash va umumlash-tirish darsi

Aralash dars

O’qituvchi
Faoliyati

O’quvchi
Faoliyati

O’qituvchi
faoliyati

O’quvchi
faoliyati

O’qituvchi
faoliyati

O’quvchi
faoliyati

O’qituvchi
faoliyati

O’quvchi
Faoliyati










Download 364.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling