Reja: " Tana zaboni"


Tana zabonining yetti doirasi


Download 112.29 Kb.
bet2/6
Sana17.10.2023
Hajmi112.29 Kb.
#1705905
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tana zaboni

Tana zabonining yetti doirasi
1. Tashqi ko‘rinish. Sochingiz jingalakmi yoki boshqa rangga bo‘yalganmi? Sochlaringiz orqa tomonga turmak qilinganmi, yoki kesilganmi?! Sochlaringiz chiroyli va zamonaviy qilib turmaklanganmi, yoki pala partishmi?! Egningizda atlasmi yoki shim-kostyummi? Bo‘yalganmisiz yoki o‘sma qo‘yganmisiz? Ro‘moldamisiz, yoki boshingiz ochiqmi? Tilla zanjirdamisiz yoki hech narsa taqmaganmisiz? Yoshmisiz, yoki yoshi o‘tganmisiz?! Mashinadamisiz, yoki oyoqdamisiz?! Mana shularning barchasi siz haqingizdagi ma’lum ma’lumotlarni boshqalarga uzatib turadi. Tashqi ko‘rinish inson haqidagi ma’lum informatsiyani yaqqol namoyon etadi. Tashqi ko‘rinishdan inson moddiy ahvoli, kelib chiqishi, ijtimoiy holati borasidagi ilk ma’lumotlarni darrov qabul qilish mumkin. Masalan, odatda zamonaviy kiyingan, sochlari bo‘yalgan, o‘ziga aro berib yuradigan ayolni siz kalish-maxsida, boshiga ko‘k rangdagi ro‘mol o‘ragan, milliy kiyimda, mungli ahvolda ko‘rsangiz, birinchi qiladigan xulosangiz, “Bu ayol azador bo‘libdi-da” degan xulosa bo‘ladi. YA’ni, tashqi ko‘rinish mazkur ayol hayotida kechgan voqealar borasidagi ma’lum axborotni atrofdagilarga tarqatish uchun xizmat qiladi.
2. Vaqt. Vaqt hamda vaqtga bo‘lgan munosabat inson haqida aniq ma’lumotlarni olishga yordam beradi. Siz uchrashuv uchun ertalabni tanladingizmi yoki kechki paytni? Siz biror odamni 60 minut kutasizmi, yoki 2 minutdan so‘ng, kutmasdan ketib qolasizmi? Yoki, siz o‘zingiz uchrashuvga tayinlangan vaqtda, kechikmasdan kelasizmi, yoki har doim kechikib yurasizmi? Siz tanigan odamni ko‘rib, darrov ro‘parasiga chiqasizmi, yoki uning o‘zi oldingizga kelishini kutib turasizmi? Bularning barchasi siz haqingizdagi ma’lum axborotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Agar siz uchrashuvga kechikib kelsangiz-u, darrov kechirim so‘rab, o‘zingizni aybdorday xis qilsangiz, demak, siz odatda kechikib yuradigan odam emassiz, kechikishingiz uchun biror sabab mavjud, ataylab bunday qilmagansiz, kechikkaningiz uchun o‘zingiz hijolatdasiz. Ammo agar kechikib kelgandan so‘ng, uzr ham so‘ramasangiz, demak, siz tarbiyasiz, qo‘rs odamsiz, yoki kutayotgan odamning kekkaygan boshlig‘isiz. Demak, vaqtga munosabat masalasi ham inson xarakterini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi.

Download 112.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling