Reja: " Tana zaboni"


Tana zabonini konflikt vaziyatlarda qo‘llash borasidagi asosiy tamoyillar


Download 112.29 Kb.
bet6/6
Sana17.10.2023
Hajmi112.29 Kb.
#1705905
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tana zaboni

Tana zabonini konflikt vaziyatlarda qo‘llash borasidagi asosiy tamoyillar

  1. Hamsuhbatingizdan qo‘l cho‘zgulik uzoqlikda turing. Albatta, bu uning sizga naqadar yaqinligiga bog‘liq. Inson shaxsiy makonini besabab buzmang. Opponentingiz harakatlarini to‘g‘ri anglashga harakat qiling. Agar u shaxsiy makonni buzishga moyillik ko‘rsatsa, shundagina unga yaqinlashing.

  2. Sizning ovozingiz ochiq, samimiy, ishonchli, qat’iy, ammo tahdidsiz bo‘lishi lozim. Ovozingiz orqali iliqlik, mayinlik, sabr va qanoat, mehr, qoniqqanlik, ishonch xislarini uzatishga sayi-harakat qiling. Iliqlik ortidan iliqlik, mayinlikning esa mayinlik olib kelishiga ishoning.

  3. Sizning qo‘llaringiz nima axborot berayotganligiga e’tibor bering. Agar barmoqlaringiz mushtga tugilgan bo‘lsa, bu tahdid va hujum alomatidir. Agar qo‘llaringizni ko‘kragangizda almashtirib tursangiz, bu bee’tiborlilik, “Menga sening gaplaring qiziq emas, men o‘zim bilaman, nima qilishni” degani bo‘ladi. Agar qo‘llaringizni haddan ziyod u yoq bu yoqqa qarata harakat qildirsangiz, qarshingizdagi odam sizdan uzoqroq turishni ma’qul topadi. Chunki, beixtiyor unga tegib ketishingiz mumkin.

  4. Ko‘llaringiz yonga to‘g‘ri tushgan, oyoqlaringiz to‘g‘ri, gavdangiz ham to‘g‘ri bo‘lsin. Ortiqcha harakatlar qilmang. Stolni chertmang, boshqa tomonga qaramang, u yoq bu yoqqa yurmang, samimiy va ochiq bo‘ling.

  5. Hamsuhbatingizning ko‘zlariga ko‘zingiz to‘g‘ri va tik, ammo tahdidsiz qarasin. Gaplashayotganda hamsuhbatingizga qarama – qarshi tomonga, yoki boshqa xonaga qarab o‘tirmang. Yuzma-yuz qarashga harakat qiling. Qarshingizda turgan odamga ochiq nazar bilan qarang.

  6. Hamsuhbatingiz bilan gaplashayotganda uning so‘zlariga e’tiborli bo‘ling. O‘z e’tiboringizni tana harakatlari bilan tasdiqlab turing.


Odamlarning tana zabonini anglash bo‘yicha ba’zi “tarjimalar”
Agar odam sizning nima deyayotganingizni tushunmasa, u boshini bir yonga burib, qoshlarini taranglashtiradi, ko‘pincha qoshlarini bir nuqtaga, markazga yaqinlashtiradi.
Odamlar o‘rtasidagi suhbatda qo‘llarinigizni ko‘krakda kesishtirib olsangiz, bu suhbatdan o‘zingizni olib qochmoqchi ekanligingizni yoki o‘zingizni himoyalash niyatigizni bildiradi.
Sizga yoqib qolgan narsani ko‘rsangiz, ko‘z qorachiqlaringiz kengayadi.
Siz kiygan kiyim siz haqingizda siz istagan axborotnigina bera oladi.
O‘z joyida tinch o‘tira olmayotgan, barmoqlari yoki qalam bilan stolni taqillatayotgan odam o‘zining asabiylashayotganini ko‘rsatadi, yoki mavzu uni qiziktirmayotganligi, yoki uning shaxsiy makoniga ruxsatsiz kirganligingiz alomatidir.
Agar ayol kishi sochlarini to‘g‘rilab, ularni siltab-siltab qo‘ysa, demak siz unga yoqmoqdasiz
Erkaklar chiroyli ayolni ko‘rsalar qoshlarini yuqoriga ko‘taradilar va ularning kayfiyati yaxshilanadi.
Agar odam yaxshi kayfiyatda bo‘lsa va siz unga kulib qarasangiz, u “Men unga yoqaman” deb o‘ylaydi. Ammo mazkur odam yomon kayfiyatda bo‘lsa-yu, siz haddan ziyod unga kulib qarasangiz, u “Meni mazah qilyapti, ustimdan kulyapti” deb fikr qiladi.
Qo‘llarini cho‘ntagiga solib olgan yigit, atrofdagilarga o‘z mustaqilligini namoyon qilmoqchi bo‘ladi, aslida u o‘zini noqulay xis qilgani uchun va o‘z komplekslarini (uyalyotgani, xavotiri, hayajonini) yashirmoqchi bo‘lib, cho‘ntakdan foydalanadi.
O‘z kursdoshlaringiz va do‘stlaringiz hatti-harakatlarini yuqoridagi tamoyillar asosida baholashni boshlashdan avval, bu misollar har doim ham vaziyatga monand bo‘la olmasligini nazarda tushing. Masalan, agar kimdir qo‘llarini ko‘kragida kesishtirib turgan bo‘lsa, balki u aslida sovuq qotgandir. Agar kimdir suhbatdan oldin bir baklajka koko-kolani ichib olgan bo‘lsa, balki shu sabab joyida tinch o‘tira olmayotgandir. Agar kimdir sizga tana zaboni usulidan qanday xabar jo‘natayotganligiga shubhangiz bo‘lsa, u bilan oddiy suhbatda munosabatlaringizni aniqlashtirib oling.

Adabiyotlar:


1. Karimova S. Kompozitsion mukammallik yo`lida//O`zbek tili va adabiyoti.-1991.-№6.-B.54-58
2. K.Turdiyeva. Asar syujeti va kompozitsiyasi haqida//Til va adabiyot ta`limi 2001-№3. B. 23-27.
3. Qurbonov T. Portret yaratish uslubi haqida//O`zbek tili va adabiyoti.-1996.-№5.-B.47
4. Zarubejnaya estetika i teoriya literaturi XIX-XX vv.-M.,1987
5. Jirmunskiy V. Teoriya stixa.-L.,1975
6. Uspenskiy B. Poetika kompozitsii.-M.,1970
Download 112.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling