Reja: " Tana zaboni"


Download 112.29 Kb.
bet4/6
Sana17.10.2023
Hajmi112.29 Kb.
#1705905
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tana zaboni

5. Tana harakatlari. Tana zabonida juda katta axborot yuz mimikasi va tana harakatlari orqali uzatiladi. Yuz mimikasi inson psixologiyasi, insonning ichki kechinmalari va xis-tuyg‘ulari bilan kuchli bog‘langan bo‘ladi. Shu bois, insonning nima deyayotganligiga qaramay, yuz mimikasi o‘ziga xos tabiiy munosabatlarni bildirib turadi. Yuz mimikasi orqali juda katta ochiq, aniq va to‘g‘ri axborot uzatiladi va qabul qilinadi. Shu bilan birga tana harakatlari ham insonlararo yaqinlikni ko‘rsatib turadi. Siz, o‘zingizga yaqin odamga yaqinroq turasiz, uning tanasiga vaqti vaqti bilan qo‘l tekkizib turasiz, u bilan o‘pishasiz, orqasini silab qo‘yasiz, ammo sizga uzoq bo‘lgan va tanimagan odamga nisbatan hech vaqt bunday tana harakatlarini ishlatmaysiz. Yuz ifodasi, mimika, ko‘z qarashlar, qanday qadam tashlashingiz, imo-ishoralaringiz, qo‘l harakatlaringiz – bularning barchasi tana harakatlari bo‘lib, ular o‘zaro munosabatlar borasida aniq ma’lumot beradi. Inson mimikasi juda katta axborot tashuvchi hisoblanadi. Hayrat, esankirash, hursandlik, shodlik, jahl, sevinch, savol bilan qarash, tushkunlik, o‘ylanish, g‘azab, hafagarchilik, yig‘i, tanglik kabi xissiyotlar inson qiyofasida to‘liq, darrov va adekvat, ya’ni to‘laqonli aks etadi hamda boshqalar aynan mana shu xususiyatlarini, aynan mana shu kayfiyatlarni qabul qiladi. Shu bois, sizning jahlingiz chiqayotgan bo‘lsa-yu, opponentingiz “Mana jahling chiqayotibdi” desayu, siz “Yo‘q, mening jahlim chiqmayotibdi, senga shunday ko‘ringandir”, deb aytsangiz ham, opponentingiz sizning so‘zlaringizga emas, balki o‘z ko‘zlariga ishonadi.
6. Shaxsiy makon. Inson uchun o‘z shaxsiy makonini muhofaza qilish muhimdir. Shaxsiy makonning himoya qilinganligi insonni tinch va havfsiz muloqot olib borayotganligini ko‘rsatuvchi xususiyat hisoblanadi. Muayyan bir vaziyatda sizning va sizning suhbatdoshingizning qanchalik bir biringizdan uzoqlikda turishingiz, siz bilan suhbatdoshingiz o‘rtasidagi makon shaxsiy makon hisoblanadi. Har bir insonning esa o‘z shaxsiy makoni bo‘ladi. Bu makonga boshqalarning kirib borishi ularning sizga aloqadorligi, yaqinligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar notanish odam sizga juda yaqin kelsa, siz tabiiy ravishda undan chetlashishga harakat qilasiz. Siz tanimagan odam hech qachon sizning shaxsiy makoningizni buzishga harakat qilmaydi. Agar tanimagan odam sizning shaxsiy makoningizni buzib kirishga intilsa, sizning ko‘nglingizda havf uyg‘onadi, siz sezgir tortasiz. Masalan, siz tanimagan odam birdaniga sizni quchoqlab ketmaydi. Demak, muloqot olib borilganda inson shaxsiy makoni borligi va uni buzib bo‘lmasligi tamoyillariga rioya qilmoq zarur. Agar siz birovning o‘z shaxsiy makoniga ruhsatsiz kirib borsangiz, uning shaxsiyatiga bosim o‘tkazganingiz, uning xavfsizligiga tahdid ko‘rsatganingiz bo‘ladi.

Download 112.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling