Reja : Tarkibiy siyosat, uning mohiyati va ahamiyati


Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda tarkibiy  o‘zgarishlarni amalga oshirishning o‘rni


Download 33.79 Kb.
bet2/7
Sana18.11.2023
Hajmi33.79 Kb.
#1785260
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ish

2. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda tarkibiy  o‘zgarishlarni amalga oshirishning o‘rni :
 
Iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarda sodir bo‘lishi yoki
sustlashuvi ayrim hollarda siklik hususiyatga emas balki aynan davlat
siyosatining amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Odatda, yuqori
sur’atdagi iqtisodiy o‘sish iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarning amalga
oshirilayotgan davrga to‘g‘ri keladi. Mamlakat iqtisodiyoti tarkibining
ahamiyati iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashda,
ularning samaradorligini oshirishda va barqaror iqtisodiy o‘sishga
erishishda ko‘rinadi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakatlar
rivojlanishining xususiyatlariga bog‘liq holda o‘zgarib boradi.

Iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlar mamlakat iqtisodiyotining barqaror


o‘sishini ta’minlashdagi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ko‘pchilik
rivojlangan G‘arbiy Yevropa davlatlari, Janubiy-Sharqdagi yangi
sanoatlashgan davlatlar yuqori darajada iqtisodiy o‘sishga
iqtisodiyotidagi katta tarkibiy siljishlar hamda boshqa sifat jihatdan
o‘zgarishlar evaziga erishdilar. Ma’lumki, iqtisodiyotda tarkibiy
siljishlarni amalga oshirish natijasida tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga
oshirish mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimizda jadal va mutanosib
iqtisodiy o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va
iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar
samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va
jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni
modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini
liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish
maqsadida 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi tasdiqlandi2 . Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni
rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari alohida
muhim o‘rin egallaydi. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning asosiaalbatta tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchitarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning
raqobatbardoshligini oshirish masalasi turadi. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning
raqobatbardoshligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari:
1. Milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning
tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish; 2 O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. //
Xalq so‘zi. 8 fevral 2017 yil. 
2. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish,
texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga
qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish; 
3. Yuqori texnologiyali
qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini
chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor
mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat
jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish; 
4. Iqtisodiyot tarmoqlari uchun
samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va
xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichmabosqich kamaytirish;
5. Prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish,
shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini
ta’minlash;
6. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatinidavom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini osish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;
7. Iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab
chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta
tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish,
iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;
8. Faoliyat
ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat
zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish;
9. Xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni
shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish,
ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy
8 ta yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish;
10. Turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini
oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash,
turizm infratuzilmasini kengaytirish;
11. Eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;
12. Yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etish. Iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlarni baholashda iqtisodiyot tarkibi
asosan tarmoq, takror ishlab chiqarish, mintaqaviy va tashqi savdo
jihatidan qaraladi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlar tarmoq jihatdan
qaralganda, asosiy uch tarmoq: sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar
ko‘rsatish sohalarining umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi yoki ushbu
tarmoqlarda band bo‘lgan aholi soniga qarab aniqlanadi. Mamlakat
iqtisodiy o‘sishining dastlabki bosqichlarida mazkur uch tarmoqning
iqtisodiyotdagi ulushi jihatidan qishloq xo‘jaligi ustunlik qilsa, iqtisodiy
o‘sishning keyingi bosqichlarida sanoat va yuqori iqtisodiy o‘sish
pallasida esa xizmatlar ko‘rsatish sohasining yetakchilik qilishi
kuzatiladi.
Jahondagi ayrim mamlakatlarining tarkibiy o‘zgarishlarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri, YaIM o‘sishi foiz xisobida Mamlakatlar Tarkibiy qayta qurish davri Qayta qurishdan keyingi davr Inqirozdan keyingi davr AQSh 4.3 (1983-1990) 3.2 (1993-2007) 2.3 (2010-2013) Buyuk Britaniya 3.5 (1983-1990) 2.9 (1993-2007) 1.3
9 (2010-2013) Germaniya 2.4 (1983-1990) 1.4 (1993-2007) 1.9 (2010-
2013) Yaponiya 4.5 (1983-1990) 1.4 (1993-2007) 1.7 (2010-2013)
Janubiy Koreya 8.0 (1983-2002) 4.3 (2003-2007) 3.7 (2010-2013) Xitoy
10.8 (1983-2002) 7.5-8.0 (2003-2007) 8.4 (2010-2013) Mazkur 3.1-
jadval ma’lumotlaridan, tarkibiy qayta qurish davrida YaIMning
o‘rtacha o‘sishi Buyuk Britaniyada 3,5 foiz (1983–1990 yillarda),
AQShda 4,3 foiz (1983–1990 yillarda), GFRda 2,9 foiz (1983–1990
yillarda), Yaponiyada 4,5 foiz (1983–1990 yillarda), Janubiy Koreyada
8,0 foiz (1983–2002 yillarda), Xitoyda 10,8 foiz (1983–2002 yillarda)
hamda Rossiyada 5,3 foiz (1997–2007 yillarda)ni tashkil etgan3 . 


Download 33.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling