Reja : Tarkibiy siyosat, uning mohiyati va ahamiyati
Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog‘ining
Download 33.79 Kb.
|
mustaqil ish
3.Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog‘ining
shakllanishi : Ijtimoiy mehnat taqsimoti ma’lum buyum va mahsulotlar ishlab chiqarish xajmining o‘sishi va fan-texnika taraqqiyoti natijasidir. Ijtimoiy mehnat taqsimoti uch shaklda: umumiy, xususiy va ayrim, birlamchi shaklda ro‘y beradi. Iqtisodiyotning yirik sohalari, ya’ni sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va aloqaning vujudga kelishi umumiy mehnat taqsimotining mahsulidir. Bu tarmoqlarning har birida sohalarning mustaqil ravishda ajralib chiqishi xususiy mehnat taqsimoti natijasidir. Birlamchi mehnat taqsimoti esa, ishlab chiqarishni korxona ichida — sexlar, uchastkalar va yangi ish joylari tashkil etish bilan bog‘liqdir. Bunday turkumlarga ajratishni ko‘rish mumkin. Sanoat tarmog‘i – ishlab chiqarish uyushmalari, kombinatlari va korxona (firma)lari yig‘indisidir. 3 Ч.К.Каренович. Влияние изменений структуры экономики на темпы экономического роста страны. O‘zbekistonning milliy iqtisodiyoti tuzilmasi. Tarmoq hosil etish uchun korxonalar bir necha umumiy xususiyatlarga ega bo‘lishlari kerak: • ishlab chiqariladigan mahsulot iqtisodiy mazmunining bir xilligi; • ishlatiladigan xom ashyo va asosiy materiallarning o‘xshashligi; • ishlab chiqarish texnik bazasi va texnologik jarayonlarining umumiyligi; • ma’lum kasbdagi kadrlar tarkibining umumiyligi; • ijtimoiy mehnatni tashkil etish darajasi va shakllarining bir biriga o‘xshashligi va hakozolar. Mehnat vositalarning mehnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatishiga qarab sanoat qazib oluvchi va ishlov beruvchi tarmoqlarga bo‘linadi. Ishlab chiqariladigan mahsulotning funksional vazifasiga binoan ham tarmoqlarni guruhlash mumkin. Bunda alohida guruxlar, masalan, yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi tarmoqlar – yoqilg‘i sanoatiga, oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlovchi tarmoqlar esa – oziq-ovqat sanoatiga birlashishi mumkin. Milliy iqtisodiyot Umumiy mehnat taqsimoti Xususiy mehnat taqsimoti Tar moqlar Sanoat Qishloq xo’jaligi Qu rilish Tarm oqlar Tar moqlar Birlamchi mehnat taqsimoti Korxona, sex, uchastka, brigada va ish joylaridagi mehnat taqsimoti Tarmoq tuzilmasi deyilganda, uning tarkibi, tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlar va o‘zaro bog‘liqlik tushuniladi. Tarmoq tuzilmasi sanoat taraqqiyoti darajasini belgilaydi hamda unda yuz bergan va yuz beradigan o‘zgarishlarni aks ettiradi. Tarmoq tuzilmasiga binoan quyidagi jihatlarni aniqlash mumkin: •ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyaning darajasini; •mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustaqil ekanligini; •sanoat va butun xalq xo‘jaligining ilmiy-texnika salohiyatini; •mamlakat va uning viloyatlari sanoatining rivojlanish darajasini; •ijtimoiy mehnat unumdorligi yoki ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligining darajasini; •mehnatkashlarning moddiy faravonligi va madaniy darajasi o‘sganligini Download 33.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling