Reja : Tarkibiy siyosat, uning mohiyati va ahamiyati
Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishning o‘rni
Download 33.79 Kb.
|
mustaqil ish
2. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishning o‘rni :
Iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarda sodir bo‘lishi yoki sustlashuvi ayrim hollarda siklik hususiyatga emas balki aynan davlat siyosatining amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Odatda, yuqori sur’atdagi iqtisodiy o‘sish iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarning amalga oshirilayotgan davrga to‘g‘ri keladi. Mamlakat iqtisodiyoti tarkibining ahamiyati iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashda, ularning samaradorligini oshirishda va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda ko‘rinadi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakatlar rivojlanishining xususiyatlariga bog‘liq holda o‘zgarib boradi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlar mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlashdagi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ko‘pchilik rivojlangan G‘arbiy Yevropa davlatlari, Janubiy-Sharqdagi yangi sanoatlashgan davlatlar yuqori darajada iqtisodiy o‘sishga iqtisodiyotidagi katta tarkibiy siljishlar hamda boshqa sifat jihatdan o‘zgarishlar evaziga erishdilar. Ma’lumki, iqtisodiyotda tarkibiy siljishlarni amalga oshirish natijasida tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda jadal va mutanosib iqtisodiy o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi2 . Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari alohida muhim o‘rin egallaydi. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning asosiaalbatta tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchitarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalasi turadi. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari: 1. Milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish; 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. // Xalq so‘zi. 8 fevral 2017 yil. 2. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport- kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish; 3. Yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish; 4. Iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichmabosqich kamaytirish; 5. Prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash; 6. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatinidavom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini osish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish; 7. Iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish; 8. Faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish; 9. Xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy 8 ta yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish; 10. Turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish; 11. Eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish; 12. Yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish. Iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlarni baholashda iqtisodiyot tarkibi asosan tarmoq, takror ishlab chiqarish, mintaqaviy va tashqi savdo jihatidan qaraladi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlar tarmoq jihatdan qaralganda, asosiy uch tarmoq: sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar ko‘rsatish sohalarining umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi yoki ushbu tarmoqlarda band bo‘lgan aholi soniga qarab aniqlanadi. Mamlakat iqtisodiy o‘sishining dastlabki bosqichlarida mazkur uch tarmoqning iqtisodiyotdagi ulushi jihatidan qishloq xo‘jaligi ustunlik qilsa, iqtisodiy o‘sishning keyingi bosqichlarida sanoat va yuqori iqtisodiy o‘sish pallasida esa xizmatlar ko‘rsatish sohasining yetakchilik qilishi kuzatiladi. Jahondagi ayrim mamlakatlarining tarkibiy o‘zgarishlarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri, YaIM o‘sishi foiz xisobida Mamlakatlar Tarkibiy qayta qurish davri Qayta qurishdan keyingi davr Inqirozdan keyingi davr AQSh 4.3 (1983-1990) 3.2 (1993-2007) 2.3 (2010-2013) Buyuk Britaniya 3.5 (1983-1990) 2.9 (1993-2007) 1.3 9 (2010-2013) Germaniya 2.4 (1983-1990) 1.4 (1993-2007) 1.9 (2010- 2013) Yaponiya 4.5 (1983-1990) 1.4 (1993-2007) 1.7 (2010-2013) Janubiy Koreya 8.0 (1983-2002) 4.3 (2003-2007) 3.7 (2010-2013) Xitoy 10.8 (1983-2002) 7.5-8.0 (2003-2007) 8.4 (2010-2013) Mazkur 3.1- jadval ma’lumotlaridan, tarkibiy qayta qurish davrida YaIMning o‘rtacha o‘sishi Buyuk Britaniyada 3,5 foiz (1983–1990 yillarda), AQShda 4,3 foiz (1983–1990 yillarda), GFRda 2,9 foiz (1983–1990 yillarda), Yaponiyada 4,5 foiz (1983–1990 yillarda), Janubiy Koreyada 8,0 foiz (1983–2002 yillarda), Xitoyda 10,8 foiz (1983–2002 yillarda) hamda Rossiyada 5,3 foiz (1997–2007 yillarda)ni tashkil etgan3 . Download 33.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling