Reja : Tarkibiy siyosat, uning mohiyati va ahamiyati


Sanoatning tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar


Download 33.79 Kb.
bet4/7
Sana18.11.2023
Hajmi33.79 Kb.
#1785260
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ish

 

4. Sanoatning tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar
Tarmoq tuzilmasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar jumlasiga quyidagilar
kiradi: -mustaqil sanoat tarmoqlarining soni;
- tarmoqlarning sanoat
ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi salmog‘i; 
-tarmoq rivojining sur’ati;
-tarmoqning ilgarilab ketish koeffitsiyenti.
Mustaqil sanoat tarmoqlarining soni mamlakat industrial taraqqiyoti, uning iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ifodalaydi.
Tarmoq tuzilmasi uning yalpi mahsulotining sanoat ishlab chiqarishi
umumiy hajmidagi ulushi, xodimlar soni va asosiy fondlar qiymatidagi
salmog‘i ko‘rsatkichlari bilan o‘lchanadi. Sanoat tarmoqlari orasidagi
yuzaga kelgan mutanosibliklar va ularning o‘zgarishiga ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanish darajasi hamda boshqa bir qator omillar ta’sir
etadi. 2018 yilda sanoat tarmoqlari tuzilmasi , O‘zbekiston Respublikasining sanoat tarmoqlari bo‘yicha tuzilmaviy  o‘zgarishlar, foizda 2014 y. 2015 y. 2016 y. 2017 y. 2018 y. Yalpi qo‘shilgan qiymat 100 100 100 100 100 shu jumladan:
YaQQda sanoatning ulushi (qurilish sohasi bilan birga) 32,4 32,4 32,6 33,0 32,9
shu jumladan sanoat tarmoqlari ulushi To‘qimachilik, kiyim, teri va
unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish 2,6 2,8 3,2 3,3 3,9 Asosiy
farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarish 0,1 0,2 0,2
0,2 0,2 Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 3,7 4,2 4,5 5,3 5,7
Avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar va boshqa transport
uskunalari ishlab chiqarish 0,8 1,0 1,1 1,0 0,5.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari Sanoat ishlab chiqarishi tarmoq tuzilmasini belgilovchi asosiy omillarga quyidagilar kiradi:
-fan-texnika taraqqiyoti va
innovatsiyalar, ularning yutuqlarini ishlab chiqarishta joriy etish;
- material va yoqilg‘i, energetika resurslarining iqtisodiy tejalishini
kuchaytirish;
-ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, diversifikatsiyalash,
ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish darajasi;

-sanoat ishlab chiqarishining o‘sish sur’atlari;


-aholining moddiy va madaniy darajasi o‘sishi;
-ijtimoiy-tarixiy sharoitlar;
-mamlakatning tabiiy resurslari va
ularni o‘zlashtirish darajasi; 
-mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida
tutgan o‘rni va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligi.


Download 33.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling