Reja : Trassa to’g’risidagi rejalashning umumiy ma’lumot


Download 344.92 Kb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi344.92 Kb.
#1619457
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XARITADA AVTOMOBIL YO’LLARINI TRASSALASH amaliy ish1

Qiyalikdagi trassani tog‘larning yonbag‘ridan olib o‘tishda II toifali trassani juda ham kichkina nishablikda loyihalanadi. Tog‘lik joylarda egri-bugri joylar ko‘p uchraganligi sababli, tras- sani olib o‘tishda joylarni loyihada ko‘proq ko‘rsatiladi. Ana shun- day joylardagi trassadan foydalanish vaqtida tog‘dan toshlarning o‘pirilib tushishi, nurab to‘kilishi, yomg‘irning oqish yo‘nalishi va b. ko‘rsatib qo‘yiladi.
Suv trassani ko‘ndalangiga yorib o‘tib, nishab chizig‘i tez-tez o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishi mumkin. Murakkab joylarni qo‘shim- cha tarzda ko‘rib chiqiladi. Bunday sharoitda trassa qimmatga tushadi.
Asosiy katta trassalar vodiylar bo‘ylab yoki suvlarning bo‘lini- shi bo‘ylab joylashganligi sababli, kutilmagan hodisalar kamroq uchraydi.
Trassani olib o‘tish parametri texnika sharoitlariga moslash- tirilgan holda loyihalangan bo‘lishi lozim. Aks holda tog‘lardan trassani olib o‘tish vaqtida trassa ko‘p qiyinchiliklarga duch keladi. Trassani loyihalashda nishabliklar e’tiborga olinadi. Trassani arzonlashtirish uchun eng qisqa radiyslar tanlab olinadi va trassa loyihalanadi. Agar trassa topografik reja, xarita yoki aerofotosyom- ka materiallari bo‘yicha loyihalanayotgan bo‘lsa, ana shunday loyihalashni kamerali ish deyiladi. Trassani olib o‘tish joyini tanlab olinishiga dala ishi deyiladi. Trassani loyihalashda iqtisodiy, hamda texnikaviy tomonlarni ko‘zlab ish tutiladi. Trassaning balandlik parametrida farq bo‘ladi. Kanallarni va truboprovodlarni, oqib ketayotgan chiqindi suvlarning trassasini loyihalashda trassa
nishabiga alohida e’tibor berilishi lozim.
Trassani loyihalashda bosim ostidagi truboprovodlarni, aloqa vositalarini va elektr simlarini olib o‘tishda nishab kamroq qarshi- likka duch keladi. Bunda asosiy e’tibor trassani qisqa yo‘ldan olib o‘tish arzonga tushishiga qaratiladi. Inshoot trassalarini loyi- halashda avtomobil va temir yo‘llari, kemalar yuradigan kanal- larning nishabini belgilashga alohida e’tibor berish lozim. To‘g‘ri va egri-bugri uchastkalarda to‘g‘risiga kesib o‘tish qiyin bo‘lgan balandliklarning perimetrini hisoblab, trassa aralash usulda olib o‘tiladi.

Download 344.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling