Reja : Trassa to’g’risidagi rejalashning umumiy ma’lumot
Trassani stereomodel bo‘yicha olib o‘tish
Download 344.92 Kb.
|
XARITADA AVTOMOBIL YO’LLARINI TRASSALASH amaliy ish1
Trassani stereomodel bo‘yicha olib o‘tish. Stereomodel bilan trassani o‘lchashda joydagi h nuqta balandligini quyidagi formula bilan hisoblanadi:
h= H D p» H Dp, (11.9) b+ D p b bu yerda: H — rasm balandligi, b — nuqtani kuzatib borishdagi bo‘ylama parallakslarning farqi, rasmni o‘lchash usuli bilan joy nishabini aniqlashda quyidagi formula qo‘llaniladi: i = h H l Lb Dp, (11.10)
bunda: L — joydagi nuqtalarning orasidagi masofa. Aeroplanda bajariladigan syomka masshtabidagi l qirqim L orqali quyidagicha ifodalaniladi: L= l H . fx (11.10) ga ko‘ra quyidagi hosil bo‘ladi: i= fx D p, lb bu yerda fx — kameraning fokus masofasi. (11.11) Berilgan nishab uchun itr — trassani olib o‘tishdagi bo‘ylama parallakslarning farqini (11.10) va (11.11) formulalar orqali to- piladi: Dp = Ll i . (11.12) H tr Agar masofa aeroplanda o‘lchansa, rasmni o‘lchash yo‘li bilan inshootni aniqlashdagi o‘rtacha kvadratik xatosi tuziladi: m= H mD p (11.13)
bundan
mi = Ll fx mD p. lb (11.14)
i Masalan, H = 1000, b = 63 mm, mDp = ±0,03 mm, L = 100 bo‘lsa, m = 0,005 hosil bo‘ladi. Aeroplan asboblari bilan trassani olib o‘tish vaqtida stereomodel bo‘yicha o‘lchansa, trassani doimo tayanch nuqtalardan olib o‘tiladi. Stereoskopni o‘rganib olib, joy relyefidagi tafsilotlarni geodeziya sharoitida ko‘rib chiqib, tras- sani olib o‘tish joylari belgilanadi. Nohiyalarda trassani olib o‘tish vaqtida trassa yo‘nalishi bir-biriga to‘g‘ri kelishi mumkin. Fotogrammetrik yo‘l bilan belgilanayotgan yo‘nalishni tanlab oli- nadi. Stereomodelda nohiyalardagi tog‘lik yonbag‘irlarni ko‘rib chiqiladi. Nol chiziq ishlarini taxminiy olib o‘tishdagi miqdori trassa nishabi va piketlar orasiga berilgan masofa miqdoriga qarab hisoblanadi. Trassaning boshlanish piketiga markani yo‘naltirilsa, stereometrning parallaktik vinti bilan nishabni hisoblash mum kin. Hisoblangan Dp miqdorni trassaga qo‘shib, nishab ishorasi qo‘shuv yoki ayiruvga bog‘liq bo‘lib masofa kartotekasi joyidan siljitiladi va stereomodelning yuzasiga tegishli markadagi trassani yo‘naltirish nuqtasi topiladi. Ana shu nuqta trassani olib o‘tish nuqtasiga to‘g‘ri keladi. Parallaktik vint kelgusi har qaysi piketlarning Dp miqdorga hisoblab qo‘shiladi. Bunda l masofaga kartotekani siljitib, mar- kani taqalish modeli stereoparni oxirigacha bo‘lgan masofa aniq- lanadi. Nol chiziq ishi topilgandan keyin, ana shu chiziq bo‘yicha piketlar belgilanadi. Piketning belgi raqami aniqlanadi, so‘ngra keyingi modelga o‘tiladi. Berilgan nishabga asoslanib, o‘lchash stolchasi yordamida kon- struksiyalarni bir necha marta o‘zgartirilganda multipleks paydo bo‘ladi. Ish vaqtida stolchaning ekrani qiyshayishi mumkin. Stol- chaning ustiga asosiy markaning markazidan boshqa ikki yon chiziq olib o‘tilgan bo‘lib, stolcha markazidan l masofada joylash- gan. Uchala markalar bir xil tekislikda joylashadi. Trassani olib tr o‘tish vaqtida itr nishabi ekranchani Dh = li miqdorga egilgan holatida nishabni uzaytish mumkin. Rasmni qog‘ozga tushirish vaqtida ichki va tashqi yo‘nalish aniqlanadi. Trassani umumiy yo‘nalishini belgilab bo‘lgandan so‘ng, marka markazining (trassa) modelini boshlang‘ich nuqtasi bilan tenglashtiriladi. Planshet stolchasining ustidagi nuqtadan hisob yozib olinadi. Ana shu nuqta yonida stolchani aylantirib trassaning ikkinchi nuqta yo‘nalishi topiladi. Stolchaning yonidagi markalar ham model yuzasiga tegishli bo‘ladi. Planshetda hosil bo‘lgan nuqta qalam bilan yoki igna bilan belgilab qo‘yiladi. So‘ngra stolchani siljitib ikkinchi nuqtadagi marka markazini igna bilan tenglashtiriladi. Balandlik bo‘yicha ekranchani aralashtirib, ana shu nuqtadagi model yuzasi marka bilan uchrashadi. Stolchani bir necha marta aylantirib model yuzasining marka tomoni yonidagi uchinchi nuqtani boshqatdan ko‘riladi. Planshetda hosil bo‘lgan nuqtalarni bir-birlari bilan tutashti- rilganda, belgilangan nishab chizig‘i hosil bo‘ladi. Ana shu chi- ziqqa yondoshgan holda modelni kuzatib boriladi. Trassani to‘g‘ri- lab, burilish burchagi belgilanadi. To‘siqlar orqali trassani olib o‘tishda egri-bugrilarning belgi raqami yozib olinadi. Trassani piketlarga bo‘lib chiqib, stolchada piketlardagi nuqtalar baland- ligi aniqlanadi. Yonbag‘ir joydagi uchastkalarda ko‘ndalang profil chiziladi. Multipleksda belgilangan rasmga tushirilgan sxemadan kontur bo‘yicha dala ishlarini tekshirishda foydalaniladi. Relyef murak- kab bo‘lgan nohiyalarda stolcha yordamida trassani olib o‘tish murakkab, shuning uchun yirik masshtabli reja tuziladi va trassa ana shu reja asosida loyihalanadi. Stereomodel bo‘yicha trassani kamerallash usuli qiyin, shuning uchun stereomodeldan kam foydalaniladi. Qurilish tashkilotlarida stereofotogrammetrik usulda izlanish rejasi tuziladi, rejadan trassani kamerallashda va dala ishlarida foydalaniladi. Chet el olimlari trassani bolpleks degan optik asbobi bilan loyihalaydilar. Ana shu asbobning travers diapozitiv yordamida to‘rtta loyiha tuzilgan bo‘lib, u loyihani ikki marta qisqartirish qobiliyatiga ega. Multipleks asbobi bilan bolplekslar optik asboblari ekran orqali ellipsning yoritilishini ta’minlaydi. Stereoskopik modelni kuzatish davomida trassani olib o‘tish usullari ko‘rib chiqiladi. (Masalan, trassani piketlarga bo‘lish, egrilarni rejalash.) Belgi raqamlarini hisoblashda, trassa rejasini tuzishda o‘lchash stolchasidan foydalaniladi. Download 344.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling