Reja: 1 Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o`rni


Download 225.18 Kb.
bet1/3
Sana05.05.2023
Hajmi225.18 Kb.
#1431960
  1   2   3
Bog'liq
6 mavzu KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIQARISH QUVVATI

Reja:

1 Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o`rni.

2. Korxonalarda asosiy fondlarning eskirishi, ularni baholash va ta`mirlash.

3. Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash yo`llari va ko`rsatkichlri.

4. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati.


MAVZU. KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIQARISH QUVVATI
Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo`lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etada va o`zining natural-moddiy holatini yo`qotmaydi hamda o`z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o`tkazib beradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o`tkazish jarayoni amortzitsiya deb, ushbu jarayonda to`plangan mablag`lar esa amortizatsiya ajratmalari deb ataladi.
.1. Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o`rni
Iqtisodiy maqsadlariga ko`ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari o`z moqiyatiga ko`ra, korxonaning ishlab chiqarish potentsialini tashkil qilib, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:

•ishlab chiqarish binolari va inshoatlari;
•uzatish qurilmalari;
•quvvat mashinalari va uskunalari;
•ishchi mashinalar va uskunalar;
•transport vositalari;
•o`lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari;
•foydalanish muddati bir yildan kam bo`lmagan va qonunchilikda belgilab qo`yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventari.
Noishlab chiqarish asosiy fondlari korxona asosiy fondlarining ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan qismi bo`lib, o`z qiymatini tayyor mahsulotga o`tkazmaydi. Bular qatoriga asosan korxona balansida turuvchi turarjoy (uy-joy fondi), oshxona, profilaktoriya, klub, bolalar bog`chasi va yaslilar, sportsog`lomlashtirish va boshqa ob`ektlar kiritiladi.
Korxona asosiy fondlarining tarkibi.
Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud:
boshlang`ich qiymat bo`yicha - asosiy vositalarni yaratish yoki sotib olish uchun sarflangan xarajatlar majmuidan iborat bo`lib, asosiy fondlar yoki ularning alohida qismlarini foydalanishga topshirish uchun yaroqli qolga keltirish bilan bog`liq bo`lgan-ularni keltirish, o`rnatish kabi xarajatlarni hisobga olgan qolda yuzaga keluvchi qiymat. Masalan, bitta mashina yoki uskunaning boshlang`ich qiymati – bu, korxonaning mazkur mashina yoki uskunani ma`lum bir sanada sotib olgan va bu qaqda buxgalteriya qujjatlarida qayd qilingan sotib olish narxidir.

Download 225.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling