Reja: 1 Davlat byudjeti


) Davlat byudjetining mohiyati


Download 25.77 Kb.
bet2/4
Sana27.01.2023
Hajmi25.77 Kb.
#1134378
1   2   3   4
Bog'liq
Reja 1 Davlat byudjeti

2) Davlat byudjetining mohiyati.
Davlat byudjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining maʼlum bir bosqichida paydo boʻlgan boʻ-lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bogʻliqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli boʻlgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyatining va byudjetining taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab (aniqlab) beradi.
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlar(i)ning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini toʻplash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalarining (iqtisodiyot, maorif, sogʻliqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy taʼminot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yoʻnaltirish imkonini beradigan mu-him taqsimlash instrumenti (vositasi)dir.
Oʻzining mohiyatiga koʻra, davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismidan iborat boʻlib, shunga mos ravishda u moliya tizimiga tegishli boʻlgan barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli boʻlgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning oʻzida, davlat byudjeti faqat oʻziga xos boʻlgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular oʻz navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa boʻlinmalaridan ajratib turadi va unda markaziy oʻrinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xu-susiyatlaridan biri bevosita davlat (hukumat)ga tegishli ekanli-gidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat (hukumat) barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi boʻlsada, uning bu xislati, yaʼni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon boʻladi.
Yagonalik (birlik) va markazlashuvning yuqori darajada ekanligi davlat byudjetining muhim xususiyatlaridandir. Turli maʼmuriy-hududiy byudjetlarning koʻpligiga qaramasdan ularning barchasi quyi boʻgʻinlarning yuqori boʻlinmalarga boʻysunishiga ketma-ket rioya qilgan holda yagona davlat byudjetiga birlashadi. Bir vaqtning oʻzida byudjet resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda demokratizm ham taʼminlanadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha organlari oʻzlarining byudjet mablagʻlariga ega boʻlib, bu borada ular oʻzlariga tegishli boʻlgan byudjet huquqlaridan foydalanadilar. Davlat byudjetiga xos boʻlgan ana shu oxirgi ikki xarakter-li belgilar mablagʻlar bilan manyovr qilish va nozik byudjet siyosa-tini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Davlat byudjetida, moliya tizimining boshqa boʻlinmalaridan farqli oʻlaroq, ikki tushunchaning terminologik qoʻshilishi mavjud:
1) byudjet – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida;
2) byudjet – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida.
Ayrim hollarda davlat byudjetining mohiyati faqat mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida talqin etiladi. Buni toʻgʻri deb eʼtirof etib boʻlmaydi. Chunki iqtisodiyotga tegishli boʻlgan har qanday reja u yoki bu iqtisodiy kategoriyaning namoyon boʻlish shakllaridan boshqa narsa emas. Shunga muvofiq ravishda, davlatning asosiy moliyaviy rejasi davlat byudjeti (umumdavlat moliyasi) kategoriyasining namoyon boʻlish shaklidir. Boshqacha soʻzlar bilan aytganda, davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida byudjet iqtisodiy kategoriya sifatida byudjetga xos boʻlgan xususiyatlar majmuining namoyon boʻlishidir.
Iqtisodiy kategoriya va mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida ularning “Davlat byudjeti” deb bir xil nomlanishi predmetning mohiyatini oʻzgartirmaydi va davlat byudjetini iqtisodiy (moliyaviy) kategoriyalarning tarkibidan chiqarishga hech qanday asos boʻla olmaydi. Bundan kelib chiqadigan asosiy xulosa shundan iboratki, davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qoʻshilishini tushunmoq kerak:
birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon boʻlish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi.
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning moliyaviy instrumenti (vositasi) sifatida davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham ega. Agar moliya yordamida taqsimlash qiymatning shakllari oʻzgargan sharoitda va koʻplab oldi-sotdilar natijasida amalga oshirilsa, yalpi ichki (milliy) mahsulotning davlat byudjeti orqali taqsimlanishi, maʼlum darajada, har doim almashuvdan ajralgan holda sodir boʻladi.
Qiymatning davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan toʻliq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat davlat byudjetidan tashqarida, byudjet resurslari sarflanayotganda yana taqsimlash va almashuv operatsiyalarining qoʻshilib ketishi sodir boʻladi.
Moliya tizimining boshqa barcha boʻlinmalari va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) kategoriyalar (baho, ish haqi, kredit va boshqalar) bilan chambarchas bogʻliqlik ham davlat byudjetiga xos boʻlgan xususiyatdir.
Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amal-ga oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining mazmunini koʻrib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi.
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni davlat byudjeti orqali taq-simlash, bir vaqtning oʻzida, oʻzaro bogʻlangan va maʼlum darajada nisbatan mustaqil ham boʻlgan uch bosqichga egadir:
-Umumdavlat pul fondini shakllantirish (byudjet daromadlari);
-Hududiy va maʼlum maqsadlarga moʻljallangan koʻp sonli byudjet fondlarini yaratish;
-Byudjet fondidan foydalanish (byudjet xarajatlari).

Davlat byudjeti orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotni taq-simlashning bu uch bosqichlari bir vaqtning oʻzida va uzluksiz sodir boʻlsada, bu narsa ularning nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi. Bu bosqichlarni boʻlish (ajratib olish) va ularni alohida-alohida koʻrib chiqish orqali byudjetli (byudjet orqali) taqsimlashning xarakteri, shakli va metodlari toʻgʻrisida osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin.


Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan pul mablagʻlarining bir qismini davlatning qoʻlida konsentratsiyalashtirish (toʻplash, jamlash, olish) sodir boʻladi. Ana shu asosda mablagʻlarni oluvchi sifatida davlat bilan mablagʻlarni toʻlovchilar oʻrtasida moliyaviy (byudjet) munosabatlar vujudga keladi. Bu munosabatlar asosan, majburiylik (imperativlik) xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlarining xarakterli xususiyati shundan iboratki, byudjetga tushuvchi mablagʻlar alohidalashgan (ajratib olingan) boʻlib, hali ular qatʼiy aniq cheklanmagan (chegaralanmagan). Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga – umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan.
Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga moʻljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda bar-ham beriladi. Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foy-dalaniladi:
-byudjetga toʻlovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar);
-davlat byudjetining daromadlari.



Download 25.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling