Reja: 1 Falsafa tushunchasining kelib chiqishi
Download 19 Kb.
|
falsafa 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- sevaman
Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va uning jamiyatdagi roli. Reja:
1) Falsafa tushunchasining kelib chiqishi. 2) Falsafaning predmeti va asosiy mazmuni 3) Dunyoqarashning moxiyati. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday nomalum soʻz tarkibini uning etimalogiyasidan yani u qachon, qanday va nima uchun aniqlashdan boshlash oʻrinli boʻladi. Falsafa tushunchasi yunoncha philio sevaman, va sophia donolik soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, buning dastlabki manosi donolikka muhabbat deb tarjima qilinadi. Falsafa soʻzini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor millodan avvalgi 6 asrda tayyor holda ( afsona, hikoya ananalar orqali) avloddan avlodga oʻtuvchi bilim bn inson oʻz aqliga tayanib mushohada yuritish va fikr yuritish yoʻli orqali olishi mumkin boʻlgan bilimni farqlash maqsadida foydalangan. Insoniyatning tabiatga qarshilik koʻrsatish ishlab chiqarish vositalarini yaratish va koʻpaytirish qobilyati rivojlanish va oʻsgunga, buning natijasida tajriba va bilimlar toʻplangunga, odamlar aqli koʻp savollarga javob tpoginga qadar insoniyat ongi uzoq va mashaqqatli yoʻldir bosib oʻtgan. Shu bois falsafaning moxiyati va uning paydo boʻlish tarixini tushuntirish uchun inson duyoqarashini tushuntirish lozim. Binobarin inson tarixi haqidagi hozirgi ilmiy nuqtai nazari mavjud boʻlib ular xususida olimlar va mutaxassislar maʼlum bir toʻxtamga kelganlar. Xususan boy tarixiy materiallar arxeologiya fani olgan dalillar , shuningdek boshqa fanlar materiallari ( masalan jinslar , foydali qazilmalar yoshlarini aniqlash va b ) etiborga olgan holda ishonch bilan inson sayyoramizning evolutsiya maxsulidir deb qayd etish mumkin. Dunyoqarashning moxiyati. Hayot tajribasi va empirik bilimlar orqali rivojlangan dunyoqarash oddiy dunyoqarash deb ataladi va inson dunyo haqidagi bilimining tizimsiz majmui deb qaraladi. U har qanday dunyoqarashning negisi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti , faolyatida yoʻl koʻrsatib, ularning odob axloqi, ayrim qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ vazifani bajaradi. Keng manoda dunyoqarash insonning oʻzini qurshagan borliqqa va oʻz oʻziga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek uning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy edeallar , dtiqodlar bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va moʻljallardir. Shu tarzda rivojlangan dunyoqarash faqat insoniyatgagina xos boʻlib, bu uning ong va tafakkurga bogʻliqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish, xulosalar chiqarish va qoidalarni yaratish roli ham ahamiyat kasb etadi. Dunyoqarashda ijtimoiy muxitning roli. Aqli paydo boʻlishi bilan inson borliqni aqliy anglay boshladi, unda oʻz ( meni ) va boshaqlar haqida tassavvurlar shakllandi va rivojlandi. Shu tariqa oʻz oʻzini bilgan qurshagan borliqni anglagan, oʻzini va boshqa odamlarni, oʻzi va oʻzini qurshagan borliq haqidagi tasavvurlar majmui sifatida shakllangan dunyoqarash negizini tashkil etadi. Demak dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq atvorni belgilash funksiyalari mujassamlashadi. Xolbozarova Iroda 211- guruh Download 19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling