Reja: 1 Iqtisodiy o’sish, mohiyati, turlari
Iqtisodiy o’sishni tavsiflovchi mezonlar
Download 62.01 Kb.
|
1508776817 69453
2 Iqtisodiy o’sishni tavsiflovchi mezonlar.
Agar tabiiy boylik e‘tibordan qochirilsa, hozirgi paytdagi iqtisodiy o‘sish omillari quyidagilardan iborat bo‘ladi; Ishlab chiqarishdagi jismoniy kapital sanalgan mashina- uskunalarning texnikaviy darajasi, ularning yuqori unum bera olishi.agar mashina – uskunalar qanchalik mukammal bo‘lsa, shunchalik tovar va hizmatlar ko‘p yaratiladi. Inson kapitalining sifat darajasi. Inson kapitali bu ishlovchilarning bilim darajasi, ishlash mahorati va tajribasidir . inson kapitali jismoniy kapitaldan farqliroq moddiy shaklga ega emas,uni Bilan ko‘rib yoki qo‘l Bilan ushlab bo‘lmaydi, u insonni jismida mujassamlashgan bo‘ladi, inson tirik ekan unda saqlanib qoladi . bu kapital amalda kishilarning mehnat saviyasida ifoda etiladi . eng mukammal texnika ham insonniz ish bermaydi, qayerda ish kuchi sifatli bo‘lsa, shu yerda texnida yaxshi natija beradi . Ishlab chiqarishning texnologik usullari. Bu muayyan bozor sharoitida har qanday usullar bilan tovar va xizmatlarni yaratib, ularni o‘z vaqtida bozorga yetkazishni talab qiladi. Тexnologik innovatsiya(yangilanish) qanchalik tez borsa, boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan taqdirda ishlab chiqarish shunchalik tez o‘sadi, chunki mehnat unumdorligi yuksalib, vaqt birligida yaratilgan tovar va xizmatlar ko‘payadi. Milliy iqtisodiyot darajasi texnologik innovatsiyaga to‘gri mutanosiblikda bo‘ladi. Investitsiyalar miqdori tarkibi. Ishlab chiqarish investitsiyasi- bu ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yuborilgan moddiy va pul mablaglaridir. Iqtisodiy o‘sish investitsiya miqdoriga tugri mutanosiblikda buladi. Biroq, bu investitsiya yangi texnologiyalarga va kerakli sohalarga yuborilganda yuz beradi. Investitsiya kapitalning jamgarilishini bildiradi va bu YaIM muayyan qismini qaytadan ishlab chiqarishga joylashtirilganda yuz beradi. Investitsiyaning Yaimdagi hissasi investitsiya normasi deb ataladi. Agar Yaim 560 mlrd. dollar bo‘lib, investitsiya miqdori 112 mlrd. dollar bo‘lsa, investitsiya normasi 20% bo‘ladi, chunki 112/560 x 100 q 20% hosil bo‘ladi. Тa‘lim darajasi. Iqtisodiy o‘sish yuz berishi uchun moddiy va inson kapitalining mukammalligi bir-biriga mos bo‘lishi talab qilinadi. Buning uchun ishlab chiqarishning texnologik darajasiga ish kuchining sifati mos tushishi kerak, aks holda yangi texnologiyadan unumli foydalanib bo‘lmaydi. Shu o‘rinda ta‘lim darajasini ko‘tarish iqtisodiy o‘sish omiliga aylanadi. Тa‘lim darajasi kishilarning bilim olish vaqti nechoglik uzun bo‘lishiga va eng muhimi olingan bilimning chuqur bo‘lishiga bogliq bo‘ladi. A+Sh da bir yil mobaynida olingan bilim keyinchalik shu o‘qigan kishining ish haqissini 10% oshiradi, chunki bu unumdorlikning oshishiga olib keladi. Bilimdonlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik ilmiy kashfiyot va texnologik ixtiro ko‘p bo‘ladi. Iqtisodiy erkinlik darajasi. Bu bozor kuchlarining erkin amal qilinishi va iqtisodiyotga ta‘sirini bildiradi. Erkinlikning poydevorini xususiy mulk tashkil etadi. Shu bois mulkning daxlsizligini, uning o‘z egasi manfaati yo‘lida ishlatilishini qonunchilik asosida ta‘minlash iqtisodiy o‘sishning sharti hisoblanadi. Shu sababli mulkiy huquq himoya qilingan bo‘lishi zarurat hisoblanadi. Mulk sohibi undan o‘z bilganicha erkin foydalanib, daromad chiqarib olishi kerak. Shundagina u tashabbus ko‘rsatib iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shadi. Iqtisodiyotning ochiqligi. Bu milliy iqtisodiyotni o‘zgalar uchun ochiq bo‘lishini, bu yerga tashqaridan resurslarning erkin kirib kelishini, eksport va importning kengayib borishini anglatadi. Ochiq iqtisodiyot sharoitida resurslar, jumladan chet el kapitali ishlab chiqarishning kerakli sohalariga yuborilib, ular rivojini tezlashtiradi, bu bilan Yaim ning ko‘payib borishini ta‘minlaydi. Ochiq iqtisodiyot tashqi savdoning afzalligidan foydalanishga sharoit yaratadi. Shu sababli suv yo‘li bilan jahon bozoriga chiqa oladigan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sishga erishish nisbatan yengil bo‘ladi. Хalqaro bozordagi holat. Bu tashqi bozor kon-yunkturasi bo‘lib, bu yerda narxlarni pasayib va oshib turishi eksporti katta mamlakatlardagi iqtisodiy o‘sishga ta‘sir etadi. Eksport tovarlari narxi oshsa Yaim hajmi ortadi. Bordi-yu ular pasaysa Yaim hajmi ham qisqaradi. Masalan, 2003-2006 yillarda jahon bozorida neft narxining shiddat bilan o‘sishi uni eksport qiluvchi mamlakatlar iqtisodiy o‘sishiga katta hissa qo‘shdi. Mamlakatdagi demografik vaziyat. Iqtisodiy o‘sish jon boshiga hisoblangan Yaim ning ko‘payishini bildirar ekan, bu aholining soniga ham bogliq bo‘ladi. Yaim jon boshiga ortib borishi zarur. Agar aholi 2% o‘sib ishlab chiqarish 5% o‘ssa, jon boshiga Yaim 3% ga ortadi. Aholii o‘sishining sustlashuvi iqtisodiy o‘sishga ko‘mak bersa, uning tez o‘sishi aks natijaga keltiradi. Shu bois iqtisodiy o‘sishga erishish uchun aholining o‘sishi tartiblanib turishi talab qilinadi. Iqtisodiy o‘sishning omillari bir xil amal qilmaydi, shu vajdan ular iqtisodiyotga har xil hissa qo‘shadi. Ularning aksariyat qismi mehnat unumdorligini oshirish orqali iqtisodiyotni rivojlantiradi. Iqtisodiy o‘sish samaradorligi- bu o‘sishga qanday sarflar bilan erishilganligi bo‘lib, Yaim o‘sishini sarflar o‘sishi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Samaradorlikni aniqlashda, sarflar va natijalar taqqoslanadi. Bu qanday sarf evaziga qanday natija olinganligini anglatadi. Muayyan paytda sarflar samaradorlikka har xil yo‘nalishda ta‘sir etishi mumkin. O‘zbekistonda ham axolining farovonligi yuqori emas. O‘ni oshirib rivojlangan mamlakatlardagidek farovon hayotga erishish uchun samaradorlikni muttasil ko‘tarish zarur. Download 62.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling