Reja: 1 Jamoa ijodiy faoliyatini rivojlantirishda pedagogik texnologiyalarning o'rni


Download 121.39 Kb.
bet1/4
Sana26.09.2023
Hajmi121.39 Kb.
#1688236
  1   2   3   4
Bog'liq
Reja 1 Jamoa ijodiy faoliyatini rivojlantirishda pedagogik texn


Tarbiyaviy ishlar jarayonini tashkil etishga texnologik yondoshuv
Reja:
1 Jamoa ijodiy faoliyatini rivojlantirishda pedagogik texnologiyalarning o'rni
2.Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishningasosiy omillari:
3.Tarbiyaviy ishlarda pedagogik texnologiyaning umumiy belgilari
Darsdan tashqari faoliyatni zamonaviy tashkil etish ijodiy jarayon bo'lib, o'qituvchidan chuqur bilim, malaka va xohish talab qilgani kabi o'quvchilardan ham ularning intilishlari va ehtiyojlarini talab etadi. O'quvchilarning qiziqishlarini rivojlantirish tarbiyaning mualliflik ttzimini shakllantirishning yagona yo'lidir. Bu holda tarbiya shaxs kamolotini boshqarish jarayoni, uning ijtimoiylashuvi va rivoji uchun sharoit va imkoniyatlar yaratish mezoni sifatida qaraladi. Darsdan tashqari faoliyat (dam olishni tashkil etish) esa shaxsning ijodiy imkoniyatlarini yuqoriga ko'tarish (birinchi navbatda, o'qituvchining), uning ijtimoiy faolligini amalga oshirish maydoni sifatida tasavvuretilishi mumkin.
Hordiq kishilarning yangilanish, tiklanish, uning jismoniy va ma'naviy kuchini ko'paytirish, shaxsini boyitish, ijodiy faolligini chuqurlashtirish va amalga oshirish uchun ular tomonidan rejalashtirilgan va mo'ljallangan shaxsiy vaqtining bir qismidir. Shaxs o'z faoliyati asosida shakllanib boradi. Jamiyatda yashash, boshqa kishilar bilan hamkorlik qilish, o'zaro faoliyat yuritish kishining faqat jamoa ishlaridagi ishtiroki orqali shakllantiriladi.
Jamoaviy ijodiy faoliyat metodikasi nihoyatda samarali metodika sifatida tarbiyani individuallashlirish tamoyillarini, ishningjamoaviy shakllarida ham tashkil etish imkoniyatini beradi.
Jamoaviy ijodiy faoliyat o'quvchilarni ijodga yo'naltiradi, harakat qilishning zarur shakllari va mctodlarini topish vazifalarini belgilaydi, maqsadni aniqlashga o'rgatadi, ishni tashkil etishga yordam beradi, jamoa va alohida o'quvchilarning tashabbusini qo'llab-quvvatlaydi va kuchaytiradi, o'z qobiliyatidan yanada yaxshiroq foydalanish imkoniyatlari haqida maslahat beradi, o'quvchilar va jamoaning axloqiy jihatdan rivojlanishini kuzatadi, tartibga soladi.
Uning vazifasi: hamkorlik sharoitini vujudga keltirish, do'stona o'zaro yordam, ma'naviy-ruhiy sharoitni yuzaga kcltirishdan iborat. Biz jamoaviy ijodiy faoliyatni ham metodika, ham ishtirokchilarining o'zaro faoliyati loyihalashtiriladigan, pedagogik jarayonni tashkil etuvchi
texnologiya sifatida qaraymiz. Jamoaviy ijodiy faoliyat metodikasini amalga oshirish quyidagi bosqichlar bilan uzviy bog'langan: Pedagogik maqsad:..
o'qrtuvchi o'quvchilar guruhining ishi bilan bog'liq maqsad va vazifalarda o'z mavqeyini belgilab oladi:

  • ulami amalga oshirish mumkin bo'lgan yo'llar, shakllar va metodlami belgilaydi;

  • dastlabki suhbatni (guruh yig'ilishi, umumiy yig'ilish) o'tkazish rejasi va metodikasini ishlab chiqadi. suhbatyo'nalishini belgilaydi;

  • u yoki bu ish haqida ko'zlangan maqsad (uning o'tkazilishi umumiy fikrga ko'ra ko'zlangan maqsadni amalga oshirishga yordam beradi).

Jamoaviy ijodiy faoliyat bo"yicha aniq ishni tanlashda maktabda an'anaga aylangan shakllarni ham hisobga olish mumkin.

Download 121.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling