Reja: 1 Jamoa ijodiy faoliyatini rivojlantirishda pedagogik texnologiyalarning o'rni
Download 121.39 Kb.
|
Reja 1 Jamoa ijodiy faoliyatini rivojlantirishda pedagogik texn
Tarbiya texnologiyalari
O'zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo'lidan borar ekan, o'z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog'Iagan, o'sib kelayotgan avlod va mutaxassislarning ma'naviy shakllanishiga alohida e'tibor qaratilgan. „Hozirgi davrda jamiyat rivojining asosiy maqsadi, — deb ta'kidlagan edi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, — mustaqillikning milliy g'oya va mafkurasini mamlakatimizda yashayotgan har bir kishining dunyoqarashi, ma'naviy asosiga aylantirish kerak". Milliy mafkura vazifalari maxsus tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar jarayonida amalga oshiriladi. Tarbiyaviy jarayon umumiy o'rta, o'rta-maxsus va kasbhunar, oliy ta'lim muassasalarida o'ziga xos mohiyat kasb etadi. Pedagog xodimlar, o'qituvchilar va tarbiyachilar milliy istiqlol g'oyasi bilan qurollangan bo'lib, uni har bir fuqaro ongiga yetkazish malakalariga ega bo'lishlari kerak. Ta'lim muassasalarida tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish asosiga ilg'or milliy, ma'naviy-axloqiy qadriyatiar va mezonlar, xalq pedagogikasi, marosimlar, bayramlar, o'yinlar va boshqalar qo'yilishi kerak. Ularni tashkil qilish, o'tkazishda tarbiya texnologiyalaridan yoki interfaol metodlardan foydalanish o'quvchilarda o'z yurtiga mehr-muhabbat, vatanparvarlik, oilaparvarlik, kasbiy fidoyilikning shakllanishiga yordam beradi. Tarbiyalanuvchilar faoliyatining darsdan tashqari tizimini loyihalash ulaming darsdan tashqari faoliyat tizimida o'qitishning nazariy va amaliy qismini to'ldiradi. Uning asosiy vazifasi darsdan tashqari vaqtini o"zini-o'zi tarbiyalash bilan shug'ullanish uchun oqilona taqsimlashga yordam berishidir. O'quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini loyihalash. Tarbiya texnologiyasi tlegancla biz tarbiyaning ma'lum maqsadlariga erishishga qaratilgan maxsus pedagogik uslublar tizimini lushunamiz. Har qanday tarbiya metodikasi tarbiya texnologiyalaridan tashkil topadi. Masalan, jamoani rejalashtirish, o'smirlar bilan aloqa o'matish, pedagogik diagnostika texnologiyasi va boshqalar. Agar texnologiya — bu tarbiya metodikasining yakunlangan qismi bo'lsa (uning birligi), uslub esa, o'z navbatida, bu umumiy yoki shaxsiy pedagogik madaniyatda qayd etilgan tarbiya texnologiyasiga nisbatan yakunlangan elementdir. Agarda uslub biror-bir tarbiya masalasi bilan barqaror bog'liq bo'lsa, u oddiy tarbiyaviy texnologiya bo'lib qoladi. Masalan, sinfni mikroguruhlarga bo'lish (qiziqishi bo'yicha, qur'a tashlash bo'yicha, yetakchilari bo'yicha), hamkorlikdagi faoliyatda o'yin rollarini yaratish usullari, guruhning muhokamada so'zga chiqish tartibi va boshqalar — bularning barchasi tarbiyaning aniq uslublariga misollar. Lekin ulardan hech biri qandaydir aniq tarbiyaviy masala bilan to'g'ridan to'g'ri bog'liq emas. Shuning uchun mana shu uslublarni turli xil texnologiyalarga kiritish mumkin. Mikroguruhlarga ajratish uslubini jamoa bo'lib maqsadni belgilashda ham, hamkorlikda rejalashtirish va umumiy ishlarni bajarish texnologiyasida ham qo'llash mumkin, Shuningdek, guruhli tahlilni tashkil qilish usuli sifatida ham, muloqot reytingida mashqiar o'tkazish usiubi sifatida ham qo"llash mumkin. Shunga mos ravishda ishlab chiqilayotgan pedagogik yordam texnologiyalari ham ilgari ma'lum bo'lgan uslublar yo'nalishidan iborat bo'lishi mumkin, lekin ularning ma'lum tartibda tuzilgan kctma-ketliklari yangi tarbiya vazifalariga javob bera boshlashi mumkin. Pedagogik yordam texnologiyasi — bu o"sib borayotgan odamning boshqalardan o'zining farqini anglab yetishiga yordam bcruvchi o'z kuchi jismoniy, intcllektual, ma'naviy, ijodiy vositalardan foydalanishi tizimidir. Bu ta'lim olishda mustaqil va muvafaqqiyatli ilgari borishi, shaxsiy hayot yo'li va hayot mazmunini tanlashi uchun zarurdir. Ushbu texnologiyani amalga oshirish o'quvchining savolidan boshlanadi: „Men kim bo'laman?", „Qanday bo'lishim kerak?" Pedagog bilan birgalikda mana shu savollarni muhokama qilish yana boshqa bir mustaqil savolni ham keltirib chiqaradi: „Qanday yashash kerak?" Maxsus tashkil etilgan maslahatlar orqali aynan mana shu o'quvchiga xos bo'lgan individual hayot tarzi asta-sekin tuziladi, intellektual, emotsional, jismoniy yuklamalar quiay rejimi tanlanadi. O'quvchi pedagog yordamida muvafaqqiyat va baxtsizliklarga bardosh berishning o'zi uchun mos usullarini topadi, mehnat faoliyatining mos turini aniqlaydi, bo'sh vaqtini, uzluksiz ish shakllari, odamlar bilan munosabatlar xususiyatlarini beigilaydi. „Pedagogik yordam" tushunchasining semantik ma'nosi, birinchi navbatda, faqatgina biror narsaga kamroq ega bo'lgan odamgagina yordam ko'rsatish va qo'llab-quvvatlash mumkinligidan iborat. Shuning uchun bolaning o'z.ida biror narsani bilish istagi paydo bo'lsa va bu yo'lda uning oldida qiyinchiliklar paydo bo'lsa, pedagogik yordam harakatga keladi. Slumday qilib pedagogik yordam texnologiyasi, birinchi navbatda, vaziyatga javob qaytarishdan iborat bo'ladi. O'z navbatida, bu texnologiya turli uslublardan iborat. Ulardan biri — baholash algoritmik uslub hisoblanadi. Bola faoliyatini tuzatish va baholash munosabati: „yaxshiyomon", „to'g'ri-noto'g'ri", „mumkin-mumkin emas" kabilar ma'lum yosh bosqichida belgilar xulqi doirasini beigilaydi. Bu uslub o'qituvchi obro'si hali juda kuchli bo'lmagan kichik maktab yoshidagi o'quvchilar uchun ancha samarali bo'ladi. Pedagogik yordam texnologiyasini amalga oshirish uchun yangi bir uslub — ijtimoiy ko'nikmalar kursini kiritish maqsadga muvofiq. Ushbu kurs yetuk madaniyat, ijtimoiy munosabatlar, shaharlararo munosabatlar, qaror qabul qilish, o'zini anglash kabi fanlardan iborat bo'lishi mumkin. Ushbu ikki fan — akademik emas, balki laboratoriya-amaliy mashg'ulotlaryoki o'zini namoyon etish va o'zaro aloqalar hamda hamkorlik tajribasi uchun jamoani ijodkorlik bo'yicha mashg'ulotlar ko'rinishida qurilishi juda muhim. Pedagogik yordamni amalga oshirishdan keyingi uslub — bolalar jamoasini yaratish va o'zini boshqarishda pedagogningyordami hisoblanadi. Adabiyotlar: “O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Barkamol avlod O’zbikiston taraqqiyotining poydevori”- Toshkent: Sharq, 1997-65b. Karimov I.A “Yuksak m’naviyat yingilmas kuch “. Toshkent: O’zbekiston 2008. 202 b. Tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi. 2005y. A. Avloniy “Turkiy Guluston yohud ahloq” (nashirga tayyorlovchi Holiqov L)- Toshkent: O’qituvchi, 1992. 160b. Sh. Shodmonov, M. Halimov, N. Fayzullayeva. Tarbiyaviy ishlar uslubiyati. T.2008y. Download 121.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling