Reja: 1 Kutubxonashunoslik


Download 11.53 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi11.53 Kb.
#1491828
Bog'liq
Kutubxonaahunoslik


Mavzu:Kutubxonashunoslik fanining vazifalari va tuzilmasi.

Reja:
1)Kutubxonashunoslik.


2)Kutubxonashunoslik fanining vazifalari.
3)Kutubxona-axborot faoliyati

Kutubxonashunoslik - bosma nashr (kitob, gazeta, jurnal va boshqalar)lardan jamoatchilikning foydalanish maqsadlari, tamoyillari, mazmuni, tizimi va shakllarini oʻrganadigan fan tarmogʻi. K. vazifasi kutubxonachilik ishi nazariyasini rivojlantirish, uni ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanish qonunlarini tahlil qilish, kutubxonalarni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotdagi oʻrnini oʻrganishdan iborat.


K.ning asosiy boʻlimlari: kutubxonaning jamiyatdagi oʻrni va mavqei, kutubxonachilik ishini tashkil etish asoslari, kutubxona tarmoqlari va ularning turlarini tashkil etish qonuniyatlari va boshqalarni oʻz ichiga olgan u mumiy K., kutubxona fondlarini butlash, joylashtirish va saqlash masalalarini oʻz ichiga olgan kutubxona fondi; bosma nashrlarni bibliografik tavsiflash va tasniflash hamda kataloglar tuzish uslublaridan iborat kutubxona katalogi; kutubxonachilik ishini tashkil qilish va meʼyorlash, kutubxona faoliyatini hisobga olish va rejalash, kutubxona binolarini qurish va uni saqlash, mexa-nizatsiyalash va avtomatlashtirish va boshqalardan iborat kutubxonachilik ishini tashkil qilish va boshqarish; turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda kitoblardan ommaviy foydalanishning mazmuni, shakli va uslublarini oʻrganuvchi kutubxonachilik ishi tarixi; kutubxonada kitobxonlarga xizmat koʻrsatish tizimi, shakli, uslublari, ularda kitob oʻqish madaniyatini tarbiyalash, kitobxonlarning qiziqish va talablarini oʻrganish bilan bogʻliq kitobxonlarga xizmat koʻrsatish va boshqa
"K", termini 19-asrning 1-yarmida paydo boʻldi; fan sohasi sifatidagi dastlabki ishlar ham shu davrga toʻgʻri keladi. Ilk bor nemis kutubxonashunosi M. Shretinger tomonidan mustaqil fan sohasining nomi sifatida qoʻllanilgan. K.ning uslubiy asoslari va masalalarini ijtimoiy-iqtisodiy tarixiy sharoitlar belgilaydi. 19-asr 2-yarmidan AQSH, Rossiya va boshqa mamlakatlarda tarqala boshlagan. K. uzoq vaqt amaliy xususiyatga ega boʻlgan soha sifatida rivojlandi. Uning faoliyat doirasiga kutubxonalarning ichki tuzilishlari, kitob fondini tanlash va tashkil qilishning texnik tomonlari, kutubxona binolarini qurish va jihozlash kabi masalalar kiritildi. Shu bilan kutubxonaning ijtimoiy oʻrni xaqidagi masalalarni oʻrganishga eʼtibor berila boshlandi.
Oʻzbekistonda K. 20-yillardan taraqqiy etdi. Kutubxonachilik ishini toʻla yoʻlga qoʻyishda V.V.Bartold, V. L. Vyatkin, V. I. Mejov, Ye. K. Betgerdarning hissasi katta. Toshkent va Samarqandda kutubxonachilik kurslari ochildi (1919), Toshkent kutubxonachilik texnikumi (1937), Toshkent ped. intida kutubxonachilik fakulteti (1960) tashkil etildi, 1974-yildan kutubxonachilik fakulteti boʻlgan Toshkent madaniyat instituti ishga tushdi. Oʻzbekistonda kutubxonashunoslar mintaqada oʻtkaziladigan fundamental ilmiy tadqiqot ishlarida faol ishtirok etadi. Oʻzbekiston milliy kutubxonasi "Oʻzbekistonda kutubxonachilik ishi tarixiga doir hujjatlar" toʻplamini tuzishni davom ettirmokda.
Oʻzbekistonda K. fanini rivojlantirishga O.Qosimova, E. Yoʻldoshev, B. Karimov, M. Rahimova, M. Rasulov, M. Mahmudov va boshqa oʻz hissalarini qoʻshmoqda-axborot faoliyati - kitob boyliklari va boshqa axborot
manbalaridan jamiyat a’zolarini foydalanishini tashkil etish maqsadida davlat, turli
jamoat tashkilotlari va xususiy shaxslar tomonidan tashkil etilgan kutubxonalar
tizimi bo‘lib, ular o‘zida jamiyatimizda, axborot, madaniy-ma’rifiy va ta’lim berish
vazifalarini bajaruvchi soha xisoblanadi. Axborot-kutubxona faoliyati soxasi,
boshqa amaliy sohalar kabi o‘zini ilmiy-nazariy asoslariga ega bo‘lishligi talab
etiladi. Bu vazifani “Kutubxonashunoslik” fani o‘rganadi.
“Kutubxonashunoslik” fanining asosiy maqsadi - talabalarga
kutubxonashunoslik, shu bilan birga axborot-kutubxona faoliyati soxasi uchun
asosiy ilmiy -nazariy masalalarni, umumiy tamoyillar, qonuniyatlar, metodologik
asoslarni, sohaning istiqbollarini, jamiyatni axborotlashtirish bilan bog‘langan
xolda o‘rgatishdir.
Fanning vazifasi - talabalarning kasbiy tayyorgarligini tubdan yaxshilash va
bo‘lg‘usi mutaxassislarga ixtisoslik bo‘yicha malakalarini yanada mustahkamlash
uchun kutubxonashunoslik uslubiyoti va metodologiyasi, kutubxonashunoslikni
boshqa fanlar bilan bog‘likligi, respublikamiz kutubxona tarmoqlari va tizimlari va
ularda mavjud muammolar, istiqbollar hamda axoliga axborot-kutubxona xizmati
ko‘rsatishning ahvoli va muammolari, AKM, ARM va kutubxonalar faoliyati va
ularni boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi masalalari va boshqalar haqida zaruriy
bilimlar berish va ma’lum bir ko‘nikmalarni shakllantirish xisoblanadi.
“Kutubxonashunoslik” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan
masalalar doirasida bakalavr:
- ushbu fanni o‘zlashtirish davomida qo‘yiladigan talablar asosida amaliy va
tajriba mashg‘ulotlarini bajarishlari,shuningdek fanning maqsadi, vazifasi,
tamoyillari, qonuniyatlari, metodologiyasini va metodlarini, kutubxonalar
tipologiyasini bilishi kerak.
- fanni o‘zlashtirish uchun tavsiya etilayotgan adabiyotlarni mustaqil
o‘rganish, ularni tahlil qilish ko‘nimalariga va malakalarga ega bo‘lishlari kerakegallagan bilimlari asosida mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishlari va
ularni amaliy muammolarni hal qilishda qo‘llay olishlari kerak.
-fanni o‘zlashtirish natijasida hosil qilingan bilim va ko‘nikmalaridan ilmiy-
tadqiqot va malakaviy bitiruv ishlarini bajarishda foydalana olishlari zarur.
“Kutubxonashunoslik” fani ixtisoslik fanlardan biri hisoblanadi va bakalavr
tayyorlash o‘quv rejasidagi “Ijtimoiy-gumanitar” va “Mutaxassislik fanlari”
yo‘nalishidagi barcha fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Fan bo‘yicha o‘quv
mashg‘ulotlari o‘quv rejasiga ko‘ra o‘quv materialining mazmuni va pedagogik
maqsadlariga qarab, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar ko‘rinishida tashkil etiladi.
Fan bo‘yicha nazariy bilimlarni mustahkamlab borish uchun ma’ruza
mashg‘ulotlaridan hamda amaliy mashg‘ulotlaridan foydalaniladi.
“Kutubxonashunoslik” fanini talab darajasida o‘zlashtirish, talabalarda,
Kutubxonashunoslik fani va axborot-kutubxona faoliyati sohasi bo‘yicha
fundamental bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishdan, hamda ularni
kelgusida axborot-kutubxona muassasalari faoliyatida qo‘llay olishdan iborat
Fanni o‘zlashtirish chog‘ida darslik, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari
va ularning elektron versiyalaridan, shuningdek ma’lumot olishning internet
tizimidan foydalaniladi. Fanni o‘rganishda mashg‘ulotlarning quyidagi turlaridan
foydalaniladi: ma’ruza mashg‘ulotlari, amaliy mashg‘ulotlar, fan mazmuniga
tegishli o‘quv materiallarini mustaqil o‘rganish.
O‘quv fanini yaxshi o‘zlashtirish uchun uni bayon etish chog‘ida faol
o‘qitish usullaridan (muammoli holatlar hosil qilish, jamoaviy tafakkur faoliyatini
tashkil etish, shaxsiy topshiriqlar berish), informatsion texnologiyalardan
foydalanish ko‘zda tutilgan. Talabalarda amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish va
mustahkamlash uchun amaliy mashg‘ulotlar topshiriqlarini va uy vazifalarini
bajarish chog‘ida elektron hisoblash texnikasidan keng foydalanishga e’tibor
beriladi.
O‘quv fanining talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi oraliq nazoratlari (semestr
davomida ikki marta) va yakuniy nazorat tadbirlarini o‘tkazish orqali amalga
oshiriladi. Oraliq va yakuniy nazoratlar mos ravishda fanning ayrim bo‘limlari
yoki barcha bo‘limlari bo‘yicha yozma ish yoki test savollari ko‘rinishida
o‘tkaziladi.
Kutubxonashunoslik fanida quyidagi asosiy mavzular o‘rganiladi: Fanning
nazariy va metodologik asoslari. Kutubxonashunoslik fanining hozirgi ahvoli,
taraqqiy ettirish yo‘llari va muammolar. Kutubxonashunoslik fanning boshqa
fanlar bilan bog‘liqligi. Fanning maqsadi va vazifalari.
Kutubxonashunoslik fanining ilmiy va o‘quv fani sifatida paydo bo‘lishi va
shakllanishi. Zamonaviy kutubxonashunoslik fanining mazmuni, funksiyalari va
tarkibi. Kutubxonashunoslik fanining metodologiyasi va ilmiy usullari.
Kutubxonashunoslik fanini kutubxona-bibliografik va axborot fanlari bilan o‘zaro
aloqalari
Zamonaviy axborot-kutubxona muassasalarining O‘zbekistondagi ijtimoiy
funksiyalari. Axborot-kutubxona muassasalarining tarkibiy-funksional
xarakteristikasi. Axborot-kutubxona muassasalarining asosiy tiplari va xillari.Kutubxonachi kadrlarning tayyorlash va malakasini oshirish. Kutubxonachi

  1. kasbiga bo‘lgan kasbiy talablar. Axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy

tuzilmasi. O‘zbekistonning taniqli kutubxonashunoslari. Sohalarga oid baza
ma’lumotlarini yaratuvchi kutubxonachining faoliyati. Kutubxonachi-
katologizatorning faoliyati. Multimediya resurslarini (CD,DVD) saqlash va undan
foydalanishni tashkil etuvchi kutubxonachining faoliyati. Axborot-kutubxona
faoliyatini boshqarish tizimi
Axborot-kutubxona muassasalarida qo‘llanilayotgan axborot texnologiyalari
jarayonlarining xalqaro tendensiyalari. O‘zbekistonda axborot-kutubxona fanining
rivojlanishi.
“Kutubxonashunoslik” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter
texnologiyasidan foydalaniladi.Ayrim mavzular bo‘yicha talabalar bilimini
baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi.
Download 11.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling