Reja 1 “Marketing asoslari” fanining predmeti, obyekti va vazifalari
Marketing tushunchasi va uning mohiyati
Download 74.52 Kb.
|
1-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
1. 2. Marketing tushunchasi va uning mohiyati
Tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi boʻlib marketing hisoblanadi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Ay-si-ay” konserni boshqaruvi raisi Djon Harvi Djons tadbirkorlikda marketingni oʻrnini tavsiflab shunday deydi, yaʻni “Marketing tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilgʻi, balki kema komandasidir”. Marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi, lekin ular boshdan ayirboshlash jarayoni, tovar-pul munosabatlari paydo boʻlishi, sotish shakllarini rivojlanishi hamda isteʻmolchilarni tovar va xizmatlar bilan oʻzaro harakati bilan bogʻlanadi. Marketing elementlarining paydo boʻlishi XIX - asrning oʻrtalariga borib taqaladi. Bu davrgacha tovarlarni natural ayirboshlashni turli shakllari paydo boʻladi, keyinchalik marketing faoliyatini birinchi elementlari, yaʻni reklama, narx, sotish kabilarni rivojlanishi kuzatildi. 1902-yildan boshlab AQSHning Michigan, Kaliforniya va Illinoys universitetlarida marketing fani kiritilib, bu muammolar boʻyicha maʻruzalar oʻqitila boshladi. Keyinchalik marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi. 1948-yildan boshlab marketing tovarlar va xizmatlar oqimini ishlab chiqaruvchidan oxirgi pirovard isteʻmolchi tomon yoʻnaltirilgan xoʻjalik faoliyatini har xil turlarini amalga oshirish sifatida koʻrina boshladi. Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bogʻliqdir, shu bois marketing soʻzini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. market soʻzi – bozor, ing – faol, faoliyat, harakat maʻnosini anglatadi). Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yoʻnalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot boʻyicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing taʻrifini koʻp turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing taʻrifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan boʻlib, uning mazmuni quyidagichadir, yaʻni “Marketing” shunday jarayondan iboratki, uning yordamida oʻylangan gʻoya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, gʻoyalar, tovarlar va xizmat koʻrsatishlar harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida qondiriladi». Marketingga olimlar turlicha taʻrif berganlar. Rossiyalik olim I.K.Belyaevskiy shunday degan: “Marketing – bu bozorni oʻrganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir”. Taniqli evropalik marketolog Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday taʻrif beradi: “Marketing tashkilotlar va kishilarni hohish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlashni taʻminlash yoʻli orqali qondirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy jarayondir”, “Marketing – bu bir vaqtning oʻzida biznes falsafasi va faol jarayondir”. Igor Mann fikricha, “marketingning asosiy vazifasi – bu mijozlarni oʻzlashtirish va ushlab qolishdir. Nuqta” deb koʻrsatgan. SHarl Degol esa, “Har doim eng qiyin yoʻlni tanlang – unda siz raqobatchilarni uchratmaysiz” degan fikrni ilgari surgan. Zinov Davidov esa, “men hech qachon marketing bilan shugʻullanmaganman. Men faqat oʻz mijozlarimni yaxshi koʻrganman” degan fikrni bildirgan. A.Soliev fikricha, marketing falsafasi talablari shundan iboratki, tadbirkorlik faoliyati yoki biznes hatti – harakatini faqat isteʻmolchiga qaratish lozim. Ushbu taʻriflardan shuni aytish mumkinki, marketing – bu bozorni oʻrganish, u orqali isteʻmolchilarga taʻsir etishdan iboratdir. Talab bilan taklifni oʻzaro taʻsiri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni boʻlib hisoblanadi. Bu jarayon oʻz navbatida, shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni oʻzaro taʻsiriga asoslanadi, yaʻni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni isteʻmoli (ishlatilishi) kiradi. Marketingni asosiy kategoriyalari, uning tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi. Muhtojlik – kishini biron bir narsani etishmasligini his etishidir. Ehtiyoj – individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir. Talab – bu xarid quvvatiga ega boʻlgan ehtiyoj. Talab – mavjud, potensial hamda xohish talabiga boʻlinadi. Tovar – bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga eʻtiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki isteʻmol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir. Ayirboshlash – biron bir shaxsdan oʻziga kerakli boʻlgan obʻektni olish uchun, uning evaziga boshqa narsani taklif etadi. Marketingni mohiyati tovarni ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish albatta isteʻmolchiga, talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini moʻljallashdan iborat. Marketingni vazifasi nafaqat talabni qondirishdan iborat va aksincha unga shunday taʻsir koʻrsatish kerakki, u taklifga mos kelsin. Hozirgi davrda jahon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan ortiq taʻrif bor. Mutaxassislar oʻrtasida marketingning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtiroki masalasida yagona fikr yoʻq. Hozir koʻpgina chet ellik marketologlar zamonaviy marketing tushunchasi ishbilarmonlikka kiradigan faoliyatni oʻz ichiga olmogʻi kerak deb hisoblaydilar. Boshqalari esa bunday izohlarni tanqid qilib, ayriboshlashning hamma turlari ham marketing tusiga ega emasligini va marketing prinsiplarini hamma vaziyatlarga ham tatbiq qilib boʻlmasligini taʻkidlaydilar. Marketingga taʻrif berishda bunday xilma-xillikning sababi bor. Birinchidan, marketing konsepsiyasi mazmuni bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish usuli rivojlanishi bilan oʻzgarib keldi va uning mohiyatini aks ettirdi, ikkinchidan, boshqarish tizimida marketingdan foydalanish maqsadlari, xususiyatlari, miqyosiga qarab, undagi tashkiliy qismlarning ahamiyati va boshqaruv tizimidagi ahamiyati oʻzgarib boradi. Bundan tashqari, mutaxassislar marketingni biznes xizmati va falsafasi tarzida baholaydilar. Xizmat sifatida marketing ishlab chiqarish, savdo, reklama, texnika xizmati koʻrsatish va boshqa sohadagi tadbirlar majmuidan iborat. Falsafa sifatida esa marketing - bu jamiyat ishlab chiqarish munosabatlariga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyadir. Download 74.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling