Reja 1 “Marketing asoslari” fanining predmeti, obyekti va vazifalari


-rasm. Marketingning asosiy kategoriyalari


Download 74.52 Kb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi74.52 Kb.
#1618611
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-maruza

1.1-rasm. Marketingning asosiy kategoriyalari

“Marketing” tushunchasini murakkabligi uni falsafiy, iqtisodiy, boshqaruv va yuridik jihatlarini koʻrish zarurligiga olib keldi.
Marketing falsafiy maʻnoda fikrlash tarzini mujassamlashtiradi.
Umuman olganda marketingga quyidagicha taʻrif berishimiz mumkin: Marketing - ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turlarining koʻpayishi va tadbirkorlar oʻrtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.
Hozirgi vaqtda firma, korxona kompaniyalar avvalgi davrlarda uchratilmagan juda qattiq raqobat kurashiga toʻqnashmoqdalar. Bu kurashda gʻolib chiqish uchun, ular isteʻmolchilarni egallashi va oʻzlarining raqobatchilaridan ustun kelishlari zarur. Buning uchun ular oʻz faoliyatida tovar va sotish falsafasini emas, balki marketing va isteʻmolchi falsafasini qoʻllashlari kerak.
Bugungi kunning zamonaviy bozorlarida muvaffaqiyatlarga erishayotgan firmalar tovarlarni yaratuvchi emas, balki isteʻmolchilarni yaratuvchi strategiyasini ishlab chiquvchi va foydalanuvchi haqiqiy ustalardir.
Demak, zamonaviy firmalar faoliyati bozorga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak, yaʻni ular bir vaqtning oʻzida diqqat bilan oʻzining isteʻmolchilarini va shuningdek, raqobatchilarini kuzatib borishlari kerak. Bu yangilikning asosiyda shunday gʻoya yotadi. Zamonaviy marketing – eng avvalo, isteʻmolchilarni qidiruvchi, yaratuvchi va ushlab qoluvchi fan hamda sanʻatdir.
Zamonaviy marketing – bu bozor raqobati sharoitida bozorni kompleks tadqiq etish orqali, isteʻmolchilarni real talab, ehtiyojlarini maksimal qondirishga qaratilgan xoʻjalik faoliyatini boshqarishni tashkil etish tizimidir.
Marketingni asosiy maqsadi – isteʻmolchini, yaʻni xaridorni vujudga keltirishdir.
Marketing asosida bozorni har taraflama oʻrganish yoʻnalishlarining asosiylaridan quyidagilarni koʻrsatib oʻtish zarur:

  • talabni oʻrganish;

  • bozor tarkibini aniqlash;

  • tovarni oʻrganish;

  • raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;

  • sotish shakli va uslublarini tahlil etish.

Marketing quyidagilarni oʻrgatadi:

  • bozorni oʻrganishni;

  • uni taqsimlashni;

  • tovarlarni joylashtirishni;

  • marketing siyosatini olib borishni;

  • tovar siyosatini;

  • narx siyosatini;

  • taqsimot siyosatini;

  • siljitish (yoʻnaltirish) siyosatini;

  • yuksalish, qoʻshimcha xizmatlarni (Plus) - (bunga marka, sotishdan keyingi xizmat, kafolat va texnik yordam, etkazib berish, assortiment, shaxsiy isteʻmol va boshqalarni kiritish mumkin).

Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi boʻlib, isteʻmolchilar va ularning talab istaklarini oʻrganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni etkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat koʻrsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni oʻzaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.



Download 74.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling