Reja 1 “Marketing asoslari” fanining predmeti, obyekti va vazifalari


Download 74.52 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi74.52 Kb.
#1618611
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-maruza


NAZARIY MASHGʻULOT MATERIALLARI

  1. mavzu. Marketingning asosiy tushunchalari va marketing jarayoni

Reja
1.1 “Marketing asoslari” fanining predmeti, obyekti va vazifalari
1.2 Marketing tushunchasi va uning mohiyati
1.3 Marketing elementlari tarkibi va marketing–miks tushunchasi


1.1 “Marketing asoslari” fanining predmeti, obyekti va vazifalari

Bugungi kunda mamlakatimiz korxona va tashkilotlari faoliyatida uchraydigan muammolarni, ularda zamonaviy marketing tizimini samarali tashkil etish orqali yechish vazifasi turibdi.


Marketing tizimi korxonalarni bozorda iqtisodiy maqsadlarga erishish quroli (yaʼni foyda olinadigan bozorlar ulushiga ega boʻlish) sifatida qarashga alohida eʼtibor beradi.
Marketing strategiyasi - korxona imkoniyatlarining tahlili, maqsadlarni tanlash, rejalarni ishlab chiqish, marketing chora- tadbirlarini amalga oshirish va ularni roʻyobga chiqarishni nazorat qilish jarayonidir.
Zamonaviy sharoitlarda marketing integratsiyalashgan tizimga aylanishi kerak. Bu degani, tizim faoliyati natijasi yuqori boʻlishi uchun, u faqatgina marketing boʻlimi faoliyati boʻlibgina qolmay, u yoki bu darajada korxonaning barcha boʻlimlarini qamrab olishi lozim. Korxonaning raqobatdosh boʻlmogʻi uchun, faqatgina - marketing uning biznes - strategiyasini harakatga keltiruvchi kuch boʻlishi kerak.
Marketing tizimi bozorni korxonaning xoʻjjalik faoliyatini sohasi, tashqi muhiti, yaʼni u uni u yerda namoyon boʻlib, harakat qiladigan joyi sifatida koʻradi. Shu tufayli barchamiz bozorni xoʻjalik faoliyatimizning hal qiluvchi sohasi sifatida qabul qilib, u yerda harakat qilish qobiliyatiga ega boʻlishimiz kerak.
Hozirgi vaqtda zamonaviy biznesni asosiy muammosi bu tovarlar tanqisligi emas, balki isteʼmolchilar tanqisligidir. Shu sababli zamonaviy marketing tizimining asosiy vazifasi – bu mijozlar uchun zarur boʻlgan qiymatni (isteʼmol qimmatini) yaratish va mijozlar bilan foydali boʻlgan munosabatlarni shakllantirishdan iboratdir.
Demak, zamonaviy marketing asoslarini predmeti faqat mijoz uchun oliy isteʼmol qimmatiga ega boʻlgan tovarni yaratish va mijozlar bilan foydali munosabatlarni shakllantirishdan iboratdir.
Marketing – bu alohida shaxslar va shaxs guruhlari muhtojligi va ehtiyojlarini tovarlar hamda isteʼmol qimmatlari orqali ayirboshlashga qaratilgan ijtimoiy va boshqaruv jarayonidir.
Zamonaviy marketing isteʼmolchilarni hohish va muhtojliklarini aniqlashdan boshlanib, ushbu korxona qaysi maqsadli bozorlarga samarali xizmat koʻrsatib va ajoyib qimmatni taklif etib, ular asosan korxona maqsadli isteʼmolchilarini egallab hamda ushlab qolib, shuningdek, sonini koʻpaytirishga erishish boʻyicha qaror qabul qilishdir. Agar korxona mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli yechsa, u maʼlum miqdordagi bozor ulushiga, foydaga va mijoz kapitalini egallashga erishadi.
Hozirda Oʻzbekistonda raqobat bozori sharoitida korxonalar amaliy faoliyatining muhim boʻlagi hisoblangan marketing tizimiga boʻlgan qiziqish keskin oshgan. Ammo, shu vaqtgacha ishbilarmonlar, tadbirkorlar orasida va jamiyatda marketing tizimi toʻgʻrisida notoʻgʻri tushuncha hukmronlik qilmoqda. Ular marketingni asosiy vazifasi, ishlab chiqarishning mahsulotini sotishga yordam berish deb biladilar. Haqiqatda esa, hammasi buning aksidir, yaʼni ishlab chiqarish marketingga yordam berish uchun mavjuddir.
Marketing bu ishlab chiqarilgan mahsulotni yengil sotish sanʼati emas, balki u isteʼmolchiga qimmatli boʻlgan narsani berib, uni hayotini yaxshilashga yordam berishdir.
Mahalliy tadbirkorlar marketing tizimi sohasi boʻyicha yetarli bilim va tajribaga ega boʻlmaganligi sababli, ular xoʻjalik, tijorat hamda boshqaruv vazifalarini yechishda tor doiradagi yondashuvlardan foydalanmoqdalar. Bu esa korxonalar faoliyati samaradorligi pasayishiga olib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda zamonaviy marketing koʻp xarajatli tizimga aylandi, shu tufayli korxonalar bozorni segmentlash masalalariga katta eʼtibor qaratishlari lozim. Avvalgi davrlarda marketing asosiy eʼtiborni mahsulotga qaratib, marketing strategiyasining maqsadi iloji boricha katta miqdordagi isteʼmolchilarni jalb etish boʻlgan boʻlsa, (ular kim boʻlishidan qatiy nazar soni koʻp boʻlishi kerak) bugungi kunda esa, asosiy faoliyat differensiatsiyalashgan ehtiyojlarni qondirishga jalb etilishi lozim (alohida bozorlar boʻshligʻiga yoʻnaltirilgan marketing).
Bugungi kunda bozorni segmentlash vositasi orqali aniq isteʼmolchilar guruhi boʻlgan korxona va tashkilotlar barqaror rivojlanmoqda. Ularni bozorda yetakchi pozitsiyani egallashga, bozorni maqsadli segmentlarga ajratib, har bir mijozning ehtiyojini har tomonlama tadqiq etib, uni maksimal darajada qondirish yoʻllarini izlab topishlari sabab boʻlmoqda.
Isteʼmolchilar ehtiyojlarini maksimal ravishda tadqiq etish va avvaldan bilib olish uchun, marketing tadqiqotlariga koʻp xarajat qilishga toʻgʻri keladi. Ideal sharoitda isteʼmolchilarga aynan shu mahsulot yoki uni ishlab chiqaruvchi korxona (kompaniya) ishqiboziga aylanishi kerak, shundagina uni mahsulotga nisbatan yuqori darajadagi ishonchi, yondashuvi haqida soʻz yuritish mumkin: “bugungi kunda barchaga oz boʻlsada yoqadigan mahsulotlar uchun bozorlar mavjud emas, faqatgina kimgadir juda yoqadigan mahsulotlar uchun bozorlar bor”.
Marketing – bu korxonaning asosiy boʻgʻini hisoblanib, u quyidagilarga javob berishi kerak, yaʼni:
-isteʼmolchilarni qondirilmagan talab va ehtiyojlarini anqlash;
-ularning hajmini va potensial foydaliligini son hamda sifat jihatidan baholash;
-shu holat uchun eng maqbul boʻladigan maqsadli bozorlarni topish;
-mazkur bozorlar uchun toʻgʻri keladigan mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish;
-korxonani barcha xodimlarini mijozni manfaatlarini qondirish yoʻlida xizmat qilishga yunaltirish.
Marketing – bu korxona faoliyatini belgilab beruvchi haqiqiy falsafadir. Bugungi kunda marketing boʻlimining bir oʻzi mijozlar bilan foydali munosabatlarni shakllantira olmaydi, marketing faoliyati bilan korxonaning barcha boʻlimlari va jamoasi shugʻullanishi kerak. Marketing korxona tomonidan qabul qilinadigan quyidagi qarorlarga asosiy taʼsir oʻtkazadi:
-korxona oʻz mijozlari sifatida kimlarni koʻrishni hohlaydi;
-u mijozlarni qanday ehtiyojlarini qondirishni hohlaydi;
-oʻzini mijozlarini qanday mahsulotlarni va xizmatlarni taklif etmoqchi;
-oʻzining mahsulotlari va xizmatlariga qanday narxlarni belgilamoqchi;
-oʻzining mijozlariga qanday murojaatlarni yoʻllashni va ulardan qanday murojaatlarni olishni hohlaydi;
-shuningdek, ular bilan qanday hamkorlik munosabatlarini oʻrnatishni hohlaydi.
Iqtisodiyot, biznes va tijorat sohasi boʻyicha tayorlanayotgan mutaxassisliklar uchun “Marketing asoslari”- bozor faoliyatining uslubiy asoslarini oʻrganadigan asosiy fandir. Marketing avvalo, uni oʻrganuvchilarni bozor faoliyati tizimi sifatida jalb etadi. U korxonalarning bozordagi harakati va holatini oʻrganadi.
“Marketing” – bu faol assortiment siyosatini, narx, oldi-sotdi, reklama, isteʼmolchilarni oʻrganish, tomonlar bilan munosabatlarga kirishish, tijorat qaltisligi va raqobatchilarni oʻrganadigan fandir.
Faqat “Marketing asoslari” fanigina hammamiz uchun juda murakkab boʻlgan “raqobat” tushunchasini toʻgʻri yoritadi. Raqobatni tushunib yetish va uning qurshoviga tushganda ham dadil va samarali ishlashni oʻrganish zarur.
“Marketing” fani shu bilan bir qatorda isteʼmolchi xulqini modellashtirish, tovar sifatini, uning raqobatbardoshligini, ragʻbatlantirishni, reklama va bozorni chuqur oʻrganadi.
Shu sababli, mamlakatimizning barcha oliy taʼlim muassasalari bakalavriat bosqichining hamma taʼlim yoʻnalishlarida “Marketing asoslari” fanini oʻqitish maqsadga muvofiqdir.



Download 74.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling