Reja: 1 Marketing taktik rejasini shakllantirishning dastlabki
Download 55.93 Kb.
|
Marketingda taktik rejalashtirish va nazorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqt davrlari
- Muammo xarakteri
- Kerakli axborotlar
Boshqaruv darajasi
Strategik qarorlar marketing bo'yicha bosh boshqa-ruvchilar tomonidan, taktik qarorlar esa ishlab chiqarish va mahsulotni realizatsiya qiluvchi rahbarlar tomonidan qabul qilinadi. Ko'rinib turibdiki, strategik qarorlar muhimroq bo'lganligi uchun ularni yuqori darajadagi rahbarlar qabul qiladi. Vaqt davrlari Strategik qarorlar vaqt nuqtayi nazardan uzoqroq muddatga mo'ljallab qabul qilinadi, taktik qarorlar esa qisqa muddatni mo'ljallab qabul qilinadi. Strategik rejalar o'n yillik davrga mo'ljallanib ishlab chiqilishi mumkin (taktik qarorlar asosida ishlab chiqiladigan yillik marketing rejalaridan farqli o'laroq). Doimiylik Strategiyani shakllantirish bu uzluksiz va muntazam boUmagan jarayondir, qachonki, yangi imkoniyatlar yoki xavf-xatarlar paydo bo'lganida atrof-muhitni muntazam kuzatib turish strategik rejalashtirishga bo'lgan harakatlarni rag'batlantirib turadi. Taktik rejalashtirish odatda moliyaviy rejaning yillik bosqichlariga to’g’ri keluvchi muntazam ravishda belgilangan vaqt asosida ishlab chiqariladi. Muammo xarakteri Strategik muammolar odatda tarkiblashtirilmagan bo'lib, kamyob hisoblanadi. Taktik qarorlar ko'proq tarkib-lashtirilgan va davriy xarakterga ega. Shunday qilib, taktik qarorlar bilan bog'liq xavf-xatarlami baholash oson kechadi. Undan tashqari strategiyani shakllantirish jarayonida taktikani shakllantirishga qaraganda ko'proq alternativ vazifalami tahlil qilishga to'g'ri keladi. Kerakli axborotlar Strategiyalar firmaning tashqi muhitga bo'lgan munosabatidan iborat bo'lgani uchun uni shakllantirishda tashkilotga nisbatan tashqaridan keluvchi hisoblangan har xil hajmdagi turli-tuman axborotlarni talab qiladi. Axborotlaming ko'pchilik qismi taxminlarga tegishli bo'lganligi uchun ular subyektiv hisoblanadi. Taktik qarorlar xo'jalik faoliyatini tahlil qilib yoki bozor imkoniyatlarini tadqiq etib olinadigan ichki axborotlargatayanadilar. Mukammallik Strategik rejalar odatda subyektiv fikrlarga asoslanib umumlashtirilgan qarorlar bo'lsa, taktik rejalar yetarli bo'lib mukammal, aniq axborotlarga tayanadi. Download 55.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling