Reja: 1 Mehnatga oid munosabatlar
Ishga kirish uchun qanday hujjat rasmiylashtiriladi?
Download 67.04 Kb.
|
Jamiyat va inson huquqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 Ish vaqti va dam olish vaqti
Ishga kirish uchun qanday hujjat rasmiylashtiriladi?
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan quyidagi hujjatlar talab qilinadi: - pasport yoki uning o'rnini bosadigan boshqa hujjat, o'n olti yoshgacha bo'lgan shaxslardan esa, - tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma va turar joyidan ma'lumotnoma; - mehnat daftarchasi, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno. - o'rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o'rniga asosiy ish joyidan olgan ma'lumotnoma; - harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilardan tegishli harbiy bilet yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma; - maxsus ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo'lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o'rta maxsus, kasb-hunar o'quv yurtini tamomlaganligi to'g'risidagi diplom, yoki bo'lmasa mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnoma. Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan yuqorida sanab o'tilganlardan tashqari hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Agar ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati haqiqiy bo'lmasa, uni ishga qabul qilish rad etilishi mumkin. Ish beruvchi xodimdan uni ishga qabul qilganidan so'ng korxonada belgilangan tartib-qoidalar doirasida boshqa ma'lumotlarni ham talab qilish mumkin (masalan, tibbiy ma'lumotnoma, avvalgi ish joyidan tavsifnoma, ish haqi to'g'risida ma'lumotnoma va h.k.). 3 Ish vaqti va dam olish vaqti Xalqaro Mehnat Tashkiloti va boshqa insonparvar xalqaro tashkilotlar xodimlarni ishlab chiqarishda zo`riqishi tufayli kasalliklarga chalinishlarining oldini olish, belgilanganidan ko`proq vaqt davomida ishlashlariga yo`l qo`ymaslikka qaratilgan tadbirlarni belgilaydi. Ish vaqtini huquqiy tartibga solishdan ko`zlangan asosiy maqsad fiziologik me`yorlardan ortiqcha vaqt davomida ishlash tufayli salomatlikka ziyon yetishiga yo`l qo`ymaslik, xodimlarga dam olishlari, ma`naviy kamol topishlari, bolalar tarbiyasi, oilaviy mashg`ulotlar bilan band bo`lishlari uchun real imkoniyatni kafolatlashdan iboratdir. MKning 114-moddasiga ko`ra: «Xodim ish tartibi yoki grafigiga yohud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o`z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo`lgan vaqt ish vaqti deb hisoblanadi». Fuqarolar mehnat qiladigan sohalar xilma-xil bo`lib, ular nafaqat ishxonalarda, o`z tomorqasida ham, tadbirkor sifatida ham mehnat qilishlari mumkin. Ammo ularning korxona, muassasa, tashkilotlarda yollanib ishlashga asoslangan ish vaqtigina mehnat qonunlari bilan tartibga solinadi. Xodimning mehnat munosabatiga kirishganligi uning korxonadagi ichki mehnat tartibiga, mehnat intizomiga, korxona tartibiga rioya etish lozimligini taqozo etadi. Shu sababli mehnat huquqida ish vaqti deganda xodim ichki mehnat tartibi qoidalariga ko`ra mehnat burchlarini bajaradigan vaqt tushuniladi. Xodim ish vaqti davomida korxonada bo`lgan holda ayrim hollarda esa korxonadan boshqa joyda bo`lsada, ish beruvchining topshiriqlarini, davlat-jamiyat vazifalarini bajarishi nazarda tutiladi. Ish vaqti uzunligi mehnatning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Shunga ko`ra ish vaqtining eng ko`p miqdori xodim va ish beruvchi manfaatlarini hisobga olgan holda davlat tomonidan belgilab qo`yiladi. Ish vaqti normalarining belgilanishi xodim mehnatini miqdor va sifat jihatidan o`lchash vositasi hamda shunga ko`ra ish haqi to`lash me`yori, korxona mehnat natijalarini aniqlashga yordam beruvchi ko`rsatkich vazifalarini bajaradi. Mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlari ish vaqtining kunlik, haftalik va yillik normalarini belgilaydi. Ish kuni deganda xodim sutka davomida ishlashi lozim bo`lgan vaqt tushuniladi. Ish kuni uzunligi odatda haftalik ish vaqti normasiga asosan va ish beruvchining, ular vakillarining o`zaro kelishuvlarini ifodalovchi jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartib-qoidalari mehnat shartnomasiga ko`ra belgilanadi. Qonun xujjatlarida bevosita ish kuni uzunligi belgilanadigan hollar ham mavjud. Ish haftasi deganda xodim hafta davomida ishlashi lozim bo`lgan vaqtga aytiladi va umumiy qoidaga ko`ra haftalik ish soati qirq soatdan ko`p bo`lishi mumkin emas. Besh kunlik va olti kunlik ish haftasi mavjud. Besh kunlik ish haftasi ish kunining uzunligi sakkiz soatdan, olti kunlik ish haftasida esa yetti soatdan, oltinchi kuni esa besh soatdan ortiq bo`lishi mumkin emas. Ish smenasi, deganda ish beruvchi tomonidan xodimlar vakillik organi bilan kelishilgan holda ichki mehnat tartibi qoidalari yoki smenalar almashuvi grafigida belgilab qo`yiladigan sutka davomidagi ish vaqtiga aytiladi. Mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlari alohida tusga ega bo`lgan va zararli ishlab chiqarish sharoitida ishlayotgan xodimlar uchun, yoshi, salomatligi holati va boshqa xususiyatlarini hisobga olib, qisqartirilgan ish vaqti normasini belgilaydi. O`zbekiston Respublikasi MKning 116-moddasiga ko`ra ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi: o`n sakkiz yoshga to`lmagan xodimlar; I va II guruh nogironlari bo`lgan xodimlar; noqulay mehnat sharoitlardagi ishlarda band bo`lgan xodimlar; alohida tusga ega bo`lgan ishlardagi xodimlar; budjetdan ta`minot oluvchi muassasa va tashkilotlarda ishlovchi homilador va uch yoshga to`lmagan farzandlari bo`lgan ayollarga – haftasiga 35 soatdan ortiq bo`lmagan ish vaqti belgilanadi. MKning 242-moddasiga muvofiq o`n olti yoshdan o`n sakkiz yoshgacha bo`lgan xodimlarga haftasiga o`ttiz olti soatdan, o`n beshdan o`n olti yoshgacha bo`lgan shaxslar (ta`til davrida ishlayotgan 14-16 yoshgacha bo`lgan o`quvchilar)ga yigirma to`rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. Download 67.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling