inqilobiy bo'lsa, M.Belyaevniki ilg'or edi... Birinchi
to'garakning beshala a’zolari keyinchalik rus musiqa
ijodiyotining yirik namoyandalari sifatida tan olindi; ikkinchi
to'garak turli tarkibga ega edi: bu yerda yirik kompozitorlik
iqtidoriga ega hamda kamroq qobiliyatli insonlar va hatto
urnuman musiqa ijod qilmaydigan, masalan Dyutsh kabi
dirijorlar yoki N.S.Lavrovga o'xshash ijrochilar bor edi...”
Bu davrda yaratilgan so'nggi asar - “Mlada” sehrli operabaleti bo'ldi, u o'zining qadimiy slavyan sujeti va tarixiy udum va marosimlar, shuningdek, fantastik manzaralarni talqin etish
imkoniyati bilan kompozitomi qiziqtirib qo'ydi.
XX asrga yo‘l. Ijodining keyingi davri. 90—yillar boshlari N.A.Rimskiy-Korsakov uchun og'ir kechdi. Oilaviy
baxtsizliklar: onasi va ikkita kichkina farzandlarining vafot
elishi, rafiqasi hamda o'g'li Andreyning og'ir kasalligi ruhiy va
ijodiy inqiroz bilan bir vaqtga to'g'ri keldi. 0 ‘zidan
qoniqmaslik, shubha va og'ir kechinmalar, M.Balakirev bilan
munosabatlaming murakkablashuvi - bulaming hammasi
ijodning to'xtab qolishiga sabab bo'ldi. Bu qiyin vaqtda
N.A.Rimskiy-Korsakov ijodning mohiyati, san’atdagi yangi yo'llaming rivojlantirish to'g'risida ko'p o'ylaydi, musiqa
estetikasi va falsafa muammolarini o'rganadi. Ammo asta-sekin
kompozitor o'zining asosiy ishi - musiqa yozishsiz “ruhiy
ochlik”ni seza boshlaydi. U ijodga qaytadi va N.Gogol bo'yicha
yangi - “Rojdestvodan oldingi tun” voqeiy operasini yaratadi.
N.A.Rimskiy-Korsakov ijodining yangidan gullab-yashnash
davri boshlanadi. Shu vaqtdan boshlab kompozitor uchun opera
Do'stlaringiz bilan baham: |