Qirg'oq xizmatiga tayinlangan yosh zobit Peterburgda yashay boshladi.
U asta-sekin musiqa olamiga kirib, M.Balakirev huzuriga
qatnay boshladi. U safardaligi chog'ida Peterburgning musiqiy
hayotida katta o'zgarishlar ro'y berdi: birinchi rus
konservatoriyasi ochildi, M.Balakirev va G.Lomakin Bepul
musiqa maktabini ochishdi, M.Balakirev to'garagida esa
“umidli” A.Borodin paydo bo'ldi.
N.A.Rimskiy-Korsakov ijodga qaytadi va tez orada Birinchi simfoniyani tugatadi, bu simfoniya M.Balakirev tomonidan
Bepul musiqa maktabi konsertida muvaffaqiyat bilan ijro etildi.
Keyin boshqa orkestr asarlari: «Uchta rus qo'shiqlari
mavzusiga uvertyura”, "Serb fantaziyasi”, “Sadko” musiqiy
manzara, shuningdek yozuvchi O.Senkovskiyning arabcha
ertagi bo'yicha “Antar” simfonik syuitasi. “Sadko” va “Antar”
musiqasida dunyo bo'ylab qilingan safar taassurotlari o'z aksini
topdi, shuningdek kompozitoming sevimli mavzulari: rus xalq
san’ati obrazlari, romantik fantastika, Sharqning nazokatli
dunyosi namoyon bo'ldi.
Shu vaqtning o'zida kompozitor qator romanslar: “Ko'z yoshlarimdan” (G.Geyne so'zi), “Sharqona romans” (A.Kolsov so'zi), “Gruziya tepaliklarida” va “Ishonaman, men
sevimliman” (A.Pushkin so'zi) va boshqa asarlami yaratadi.
1868—yil qishida M.Balakirev to'garagi a’zolari
A.Dargomijskiyning musiqiy kechalarida ishtirok etishadi, bu
kechalarda “Tosh mehmon” asaridan sahnalar, yosh
kompozitorlaming yangi asarlari ijro etilardi. Shu vaqtda
N.A.Rimskiy-Korsakov iqtidorli musiqachilar - opa-singil
Do'stlaringiz bilan baham: |