muallifni qoniqtirmasdi. “Sadko” operasini sahnalashtirish rad
etilgandan keyin kompozitor o'zining navbatdagi operalari
taqdirini S.I.Mamontovning20 Moskva xususiy operasi bilan
bog'laydi. Mamontov teatrida F. Shalyapin, N.Zabela-Vrubel,
N.Salina, E.Svetkova, A.Sekar-Rojanskiy kabi buyuk artistlar
qo'shiq kuylaganlar; spektakllami jihozlashda rassomlardan
A.Golovin, M.Vrubel, aka-uka Vasnetsovlar, K.Korovin,
V.Polenov, I.Levitan, V.Serovlar ishtirok etganlar. Xususiy
opera repertuarida “Qor qiz” va “Pskovlik ayol” operalari bor
edi; keyingi yillarda esa uning sahnasida “Sadko”dan boshlab
N.A.Rimskiy-Korsakovning navbatidagi oltita operasi qo'yildi.
Kompozitor XIX asmi “Shoh Sulton haqida ertak” operasi bilan yakunlaydi, XX asr boshida esa L.Meyning qadimiy Rim tarixidan olingan drama sujetiga “Serviliya”, allegoriyali “Kuz
ertagi”, “0 ‘lmas Kachshey”, shuningdek F.Shopen xotirasiga
bag'ishlangan, Polsha sujetiga “Pan Voyevoda” asarlarini
yozadi.
1904—yilda N.A.Rimskiy-Korsakov “Ko'rinmas Kitej shahri va Fevroniya qizi haqida doston” operasini yozib tugatdi. Unda
qadimiy davrdagi m o'g'ul-tatar bosqinchiligi va Kitej
shahridagi sehrli o'zgarish sodir bo‘lishi, ya’ni bu shahar
dushman yetib bora olmaydigan ko‘l tubiga joylashganligi
haqida hikoya qilinadi.
1905—yildagi inqilobiy voqealar vaqtida N.A.RimskiyKorsakov avvalgidek Peterburg konservatoriyasida dars berardi
va u talabalaming hukumatning 9-yanvardagi harakatlariga
norozilik sifatida konservatoriyani vaqtincha yopish haqidagi
talablarini yoqlab chiqdi hamda ma’muriyatga qarata ochiq xat
Do'stlaringiz bilan baham: |