Reja: 1 Oltingugurt haqida ma’lumot

Download 31.56 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi31.56 Kb.
#1614432
Bog'liq
Oltingugurtli homashyolarni saqlash va ularni yoqishga tayyorlash.

Oltingugurtli homashyolarni saqlash va ularni yoqishga tayyorlash.
Reja:
1 Oltingugurt haqida ma’lumot.
2 Oltingugurtli homashyolarni saqlash.
3 Oltingugurtli homashyolarni yoqishga tayyorlash.

Kimyo fani jamiyatning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchiga aylanganligiga e'tiroz bildiradigan kishi bo’lmasa kerak. Hozirgi kunda kimyo mahsulotlari va jarayonlari qo’llanilmaydigan biron-bir soha yo’q. Ammo, texnologiya borligi uchungina kimyo ishlab chiqaruvchi kuchga aylanganligini hamma ham anglab yetmaydi. Kimyo texnologiyasi tufayli hozirgi kunda qudratli kimyo korxonalari xalq xo’jaligining barcha tarmoqlariga mahsulotlar yetkazib bermoqda, turmush darajasining o’sib borishini ta'minlashda salmoqli hissa qo’shmoqda. O’zbekistonda kimyoning rivojlanishida 1920- yilda Turkiston, hozirgi O’zbekiston Davlat milliy universititetining tashkil etilishi muhim rol o’ynadi. Natijada kimyoning turli sohalari bo’yicha o’zbek olimlari, akademiklar yetishib chiqdi.

Kirish. Kimyo fani jamiyatning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchiga aylanganligiga e'tiroz bildiradigan kishi bo’lmasa kerak. Hozirgi kunda kimyo mahsulotlari va jarayonlari qo’llanilmaydigan biron-bir soha yo’q. Ammo, texnologiya borligi uchungina kimyo ishlab chiqaruvchi kuchga aylanganligini hamma ham anglab yetmaydi. Kimyo texnologiyasi tufayli hozirgi kunda qudratli kimyo korxonalari xalq xo’jaligining barcha tarmoqlariga mahsulotlar yetkazib bermoqda, turmush darajasining o’sib borishini ta'minlashda salmoqli hissa qo’shmoqda. O’zbekistonda kimyoning rivojlanishida 1920- yilda Turkiston, hozirgi O’zbekiston Davlat milliy universititetining tashkil etilishi muhim rol o’ynadi. Natijada kimyoning turli sohalari bo’yicha o’zbek olimlari, akademiklar yetishib chiqdi.
Oltingugurt kolchedanining asosiy tarkibiy qismi tarkibida 53,5% S va 46,5% Fe bo’lgan temir disulfid FeS2 dan iboratdir. Tabiiy oltingugurt kolchedani tarkibida FeS2 dan tashqari mis, rux, qo’rg’oshin, mishyak, nikel, kobalt, selen, vismut, tellur, kadmiy birikmalari, kalsiy va magniy karbonatlari va sulfatlari, oz miqdorda oltin va kumush kabi qo’shimchalar bo’ladi. Shuning uchun sulfat kislota ishlab chiqarishda ishlatiladigan kolchedan tarkibidagi oltingugurt miqdori katta chegarada – 30 dan 52% gacha o’zgarib turadi.
Oltingugurtli kolchedan – sarg’ish yoki sarg’ish-kulrang tusli mineral bo’lib, uning zichligi qariyib 5 g/sm3 ga teng. Bo’lakchalarining kattaligi va kolchedan naviga qarab uning to’kilish massasi (og’irligi) 2200 dan 2400 kg/m3 gachani tashkil qiladi.
Kolchedan konlari MDH da, Ispaniyada, Yaponiyada, Kanadada, Portugaliyada, Italiyada, Norvegiyada va boshqa mamlakatlarda mavjud. Qazib olinadigan kolchedan sulfat kislota zavodlariga 50-400 mm li bo’lakchalar holatida keltiriladi.
Kolchedanda eng ko’p uchraydigan qo’shimcha mis hisoblanadi. Tarkibidagi mis miqdori 1% dan ko’p bo’lgan kolchedan misli kolchedan bo’lib, undan mis olish uchun xomashyo sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ammo misga kambag’al bo’lgan kolchedandan mis suyuqlantirish zavodlarida to’g’ridan-to’g’ri foydalanish maqsadga muvofiq emas, shuning uchun uni flotatsiyalash yo’li bilan boyitiladi. Flotatsiyalashda mis bilan birgalikda boshqa qimmatbaho metallar (rux, qo’rg’oshin, kumush, oltin va xokazo) ruda konsentratlari va flotatsiyalangan kolchedan ajratib olinadi.
Flotatsiyalangan kolchedandagi oltingugurt miqdori 32 dan 40% gacha bo’ladi. Bu kolchedanni ikkilamchi flotatsiyalash natijasida bekorchi jinslar ajratiladi va tarkibida 45-50% S bo’lgan pirit konsentrati olinadi. Rudalarni boyitish jarayoni takomillashishi bo’yicha tarkibida qimmatbaho qo’shimchalar oz darajada bo’lishiga qaramay xomashyoni flotatsiyalash eng maqbul hisoblanadi. Shuning uchun flotatsiyalanadigan kolchedan rudasining ulushi muntazam ortib bormoqda. Buni sulfat kislota zavodlarida kolchedan rudasidan to’g’ridan-to’g’ri foydalanishning nisbiy ulushi kamayib borayotganligi bilan izohlash mumkin.
Yuqori namligi bo’lgan flotatsiyalangan kolchedan sulfat kislota zavodlariga keltirishda va omborlarda qotib qoladi. Bu esa uni vagonlardan tushirish va keyingi bosqichda pechda kuydirish uchun uzatishda katta qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Bundan tashqari qotib qolgan kolchedan bo’lakchalarining muallaq holatdagi yonishi kuydirish jarayonida yomonlashadi. Shuning uchun flotatsiyalangan kolchedanni iste’molchiga berishdan oldin o’txona gazlari bilan qizdiriladigan barabanli quritgichlarda quritiladi. Davlat standartlari talablariga muvofiq iste’molga jo’natiladigan flotatsiyalangan kolchedandagi namlik kuzgiqishgi mavsumda 4,5% dan ortmasligi talab etiladi. Kolchedanni tashqi atmosfera havosining namligidan muhofaza qilish maqsadida quruq kolchedan saqlanadigan omborlarning iloji boricha germetikligi ta’minlanadi.
Toshko’mir konlarida ham ma’lum miqdordagi oltingugurt kolchedanlari uchraydi. Qo’lda ajratib olish va maydalash orqali kolchedanning 80% gacha ajratib olishga erishiladi. Bunday kolchedan tarkibida 15% gacha uglerod bo’ladi va shuning uchun uni ko’mirli kolchedan deyiladi. Tarkibida ko’p miqdordagi (33-42%) oltingugurt tutishiga qaramay, ko’mirli kolchedan xattoki zamonaviy mexanik pechlarda ham kuydirilmaydi, chunki uning intensiv yonishi natijasida harorat keskin ortib ketadi va pechning tezda ishdan chiqishiga olib keladi. Bundan tashqari bunday kolchedandagi ko’mirning yonishiga ortiqcha miqdordagi kislorod sarflanadi, buning natijasida kuyundi gazi tarkibidagi SO2 va O2 konsentratsiyasi keskin pasayadi. Bu esa sulfitli gazlarni keyingi bosqichlarda sulfat kislotasiga qayta ishlash jarayonlarini qiyinlashtiradi.
Uglerod miqdorini kamaytirish uchun ko’mirli kolchedan boyitiladi. Buning uchun maydalangan kolchedan maxsus yuvish vannalariga uzatiladi, u yerda yengil ko’mir zarrachalari suv bilan yuviladi. Boyitilgan ko’mirli kolchedandagi uglerod miqdori 3-6% dan ortmaydi.
Ko’mirli kolchedan kuydirilganda SO2 bilan bir paytda oz miqdordagi vodorod sulfid, uglerod sulfid, uglerod sulfoksid va elementar oltingugurt ham hosil bo’ladi. Kolchedanni kuydirish jarayonida kislorod bilan boyitilgan havo ishlatish yo’li bilan bunday qo’shimchalar miqdorini keskin kamaytirishga erishiladi. Bu qo’shimchalar sulfat kislota ishlab chiqarishning kontaktli va minorali jarayonlariga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi.

Misli, ruxli, qo’rg’oshinli rudalar va konsentratlar hamda boshqa rangli metallar tutgan rudalarni kuydirish jarayonida rangli metallar ajratib olish uchun qayta ishlashga keladigan qattiq qoldiq - kuyundidan ajraladigan chiqindi gazlar hosil bo’ladi. Chiqindi gazlar tarkibida sulfit angidrid bo’ladi va u sulfat kislota ishlab chiqarish uchun qimmatbaho xomashyo hisoblanadi.

Rangli metallurgiya chiqindi gazlaridan foydalanish muhim xalq xo’jaligi ahamiyatiga egadir, chunki, masalan har bir tonna mis suyuqlantirib olishda sulfat kislotali tizimdagi oltingugurtli xomashyoni kuydirishga sarflanadigan xarajatlarsiz 10 t dan ortiq sulfat kislota olish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari, chiqindi gazlari tarkibidagi oltingugurt oksidlarini tutib qolinishi hisobiga metallurgiya korxonalari havosining musaffoligi saqlab qolinadi.
Rangli metallurgiya rudalari qaynovchi qatlam (QQ) pechlarida kuydiriladi. Kuyundi gazlar va qaynovchi qatlam pechlarining gazlari tarkibi bo’yicha oltingugurt kolchedani kuydirilishidan hosil bo’ladigan gazlardan kam farq qiladi va shuning uchun sulfat kislota ishlab chiqarishda to’g’ridan-to’g’ri foydalaniladi. Boshqa pechlarda hosil bo’ladigan gazlar tarkibi ko’pincha xomashyo sifatiga, qurilmalarga hamda pech va boshqa jihozlar holatiga va kuydirish jarayoni sharoitiga bog’liqdir. Shunga bog’liq holda bunday gazlardagi sulfit angidrid miqdori katta chegarada o’zgaradi.
Xomashyoni kuydirish jarayonini intensivlash va olinadigan yarim mahsulotlar – rangli metallurgiya kuyundilari sifatini yaxshilash uchun pechga beriladigan havoga purkashdan oldin uning tarkibida 30-35% O2 bo’lguncha kislorod qo’shish qo’llaniladi yoki kuydirish jarayoni texnologik kislorod (95% O2) muhitida amalga oshiriladi. Kislorod ishlatiladigan barcha holatlarda ham kuydirishdan chiqadigan chiqindi gazlaridagi sulfit angidridning konsentratsiyasi ortadi.
Masalan, ruxli konsentratni qaynovchi qatlam pechlarida kuydirishda tarkibida 30% O2 tutgan havo berilishi (havodagi 21% O2 o’rniga) orqali o’tkazilgan sanoat sinovlari shuni ko’rsatadiki, bunda chiqadigan gaz tarkibidagi SO2 konsentratsiyasi 8 dan 14% ga ko’tariladi, pech unumdorligi 70% ga ortadi, kuyundidagi sulfidli oltingugurt miqdori 3 marta kamayadi.
Xossalari va tarqalishi. Oltingugurt tabiatda keng tarqalgan. U Yer qobig'I massasining 0,5 % ini tashkil etadi. Dengiz va okean suvlarida 1200—10 mln. t. oltingugurt, birikmalar shaklida suvda erigan holda bo'ladi. Oltingugurt sariq rangli kristall mo'rt modda. Suvda deyarli erimaydi, ammo ba'zi organik erituvchilarda eriydi. 444,6 °C da qaynaydi. Zichligi = 2,07 g/sm 3 . U kristall holda ikki xil - a va p allotropik shakl o'zgarishga ega, oltingugurt tabiatda erkin holda (tug'ma oltingugurt) hamda birikmalar shaklida uchraydi. Oltingugurtning yirik konlari AQSh, Italiya, Kanada, Yaponiya, Ukraina, Rossiyadajoylashgan. O'zbekistonda Farg'ona va Muborakda oltingugurt konlari mavjud.

Oltin- gugurt
Rangi sariq
Kristall mo’rt modda
Zichligi 2,07 g/
Suvda deyarli erimaydi
444,6 C da qaynaydi
Oltin- gugurt
Rangi sariq
Kristall mo’rt modda
Zichligi 2,07 g/
Suvda deyarli erimaydi
444,6 C da qaynaydi
Ishlatilishi. Oltingugurt xalq xo'jaligining turli sohalarida ishlatiladi. Dunyoda ishlab chiqariladigan oltingugurtning 50 % ga yaqini sulfat kislota olish uchun, 25% ga yaqini kalsiy bisulfit olish uchun (oltingugurt yoqiladi, olingan gazi ohak bilan ta'sir ettirilib ga aylantiriladi. Qaysiki, u yog'ochdan sulfit usulida selluloza ishlab chiqarishda ishlatiladi), qolgan qismi oltingugurtli bo'yoqlar, uglerod (IV)- sulfid, gugurt ishlab chiqarishda, kauchukni vulqonlashda, qishloq xo'jaligida fungitsid sifatida, tibbiyotda va boshqa sohalarda ishlatiladi.

Oltingugurt ishlatilishi
50 % i sulfat kislota uchun
25% kalsiy bisulfit uchun
S bo’yoqlar, C (lV) sulfid, gugurt ishlab chiqarishda
Kauchukni vulqonlashda, tibbiyotda, xalq xo’jaligida va boshqalar.
Oltingugurt mis rudalariga (mis rudasi asosan pint — d va kamroq xalkopirit — dan iborat) koks qo'shib qizdirish orqali olinadi. Bunda, pint qizdirilganda parchalanadi:
Oltingugurt mis rudalariga (mis rudasi asosan pint — d va kamroq xalkopirit — dan iborat) koks qo'shib qizdirish orqali olinadi. Bunda, pint qizdirilganda parchalanadi:
2 =2FeS+
FeS ning oksidlanishidan hosil bo'lgan gazi esa koks bilan qaytarilib oltingugurt hosil qiladi. Oltingugurt yana S ni chala oksidlash yo'li bilan ham olinadi. Bu usulda oltingugurt olish Fransiya, Rossiya va O'zbekistonda keng tarqalgan.
Oltingugurtni yoqish. gazi toza oltingugurtni yoqish yo'li bilan olinadi. Kolchedanni kuydirib olingan ga nisbatan S ni kuydirib olingan ancha toza va konsentratsiyasi ancha katta bo'ladi. Tvoda yoqilganda 21% gacha saqlovchi kuyundi gazi olish uchun, ammo havoni ko'proq qo'shish bilan miqdori kamaytiriladi. Amalda S ni yoqishdan 9-11 % va 12-10 % 0 2 dan iborat kuyundi gaz olinadi (Chunki S ni SO^ ga oksidlash uchun ham kislorod kerak bo'ladi.), kolchedandan esa amalda 7—9 % va 11 —9 % saqlovchi kuyundi gaz olinadi. Toza S ni yoqish uchun purkagichli va siklonli (7- rasm) pechlardan foydalaniladi. Oltingugurt pechga kelishdan oldin suyuqlantiruvchi qozonda bug' yordamida suyuqlantiriladi, begona aralashmalardan filtrlab tozalangach, forsunka orqali siqilgan havo yordami bilan pech ichiga purkaladi.

Oltingugurtni yoqish uchun ishlatiladigan siklon pechi.
1 — oltingugurtni berish uchun va havoni tangensial kiritish uchun forsunkali
forkamera; 2,4 — yoqish bo'lmasi; 3 — gazni girdobli harakatga keltinivchi
halqalar.
Xulosa. Hozirgi kunda jadal rivojlanayotgan Mustaqil O’zbekistonimizda fanning barcha sohalari singari noarganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fani ham katta natijalarga erishmoqda. Bu yutuqlar zamirda davlatimizning e’tibori, xalqimizning ishonchi, soha vakillarining esa mashaqqatli mehnati yotadi. Xalq xo’jaligida oltingugurtning o’rni juda katta. Bu sohada ham salmoqli yutuqlarga erishilmoqda. Chunonchi, oltingugurtning olinishi, ishlatilishi bilan bog’liq qiyinchiliklar bartaraf etilmoqda.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling