Reja: 1 Psixologiyada ilmiy bilish
Gipoteza va uni tekshirish
Download 100.5 Kb.
|
1 Ma\'ruza Psixologiyada ilmiy tatqiqotlarning metodologik asoslari
1.2.Gipoteza va uni tekshirish.
Tadqiqot ishining nazariy asoslari ishlab chiqilayotganda uning asosiy struktura elementlariga: muammoning dolzarbligiga, muammoning maqsadi, vazifalari, tadqiqot obʼekti va predmetining toʼgʼri aniqlanishiga, ilgari suriladigan farazga (gipoteza), tadqiqot ishining ilmiy va amaliy ahamiyatiga tayanadi. Tadqiqotning eksperimental asoslari esa farazni nazariy va eksperimental jihatdan tekshirish va faktlarni aniqlashga, empirik hamda nazariy umumlashmalarga, eksperiment metodikasiga asoslanadi. Faraz (gipoteza) – bu hodisa yoki bir-biriga aloqador hodisalar oʼrtasidagi qandaydir qonuniyat, sabablar mavjudligi toʼgʼrisida (egallangan bilimlarga asoslangan holda) bildirilgan tahmindir. Masalan, taʼlim jarayonida bola psixikasining rivojlanishi toʼgʼrisidagi faktlar asosida yuqori sinf oʼquvchilari oʼsmirlarga nisbatan oʼtilgan darslarni yaxshiroq eslab qolish imkoniyatiga egadirlar, ularning bu sohadagi qobiliyatlari koʼproq darajada rivojlangandir, degan tahminni aytish (farazni olgʼa surish) mumkin. Yo boʼlmasa, odam psixikasi butun bir taʼlim jarayoni sifatida rivojlanib borishi va faoliyat koʼrsatishini bilib olinganidan keyin nutq va tafakkurning rivojlanish darajasi oʼrtasida oʼzaro aloqa mavjudligi toʼgʼrisidagi farazni olgʼa surish mumkin. Yoki gipotezaga oid boshqa bir misolni olaylik: kishi oʼz qadrini bilishi shaxsning xususiyatlaridan biri sifatida kishining oʼsmirlik yoshida koʼproq darajada intensivlik bilan shakllanishini hamda oʼsmirning oʼziga oʼzi qanday baho berishi koʼp jihatdan tevarak-atrofdagi kishilarning unga boʼlgan munosabatlari bilan belgilanishini bilgan holda shunday tahmin qilishi mumkinki, oʼsmirni u yoki bu guruhga kiritilishi uning shaxsiga nisbatan tevarak-atrofdagi kishilar tomonidan hurmat bildirish ehtiyojining mavjudligi bilan izohlanadi. Bu ayni mana shu guruhda qondiriladi. Gipotezani nazariy jihatdan tekshirish - bu taxmin qilinayotgan fikrni allaqachon isbotlangan va ilmiy adabiyotlarda mavjud boʼlgan qoidalar, printsiplar bilan taqqoslashdan iborat boʼlib, natijada olgʼa surilayotgan faraz bilan oʼsha printsiplar oʼrtasida mantiqiy qarama-qarshilik yoʼqligi aniqlab olinadi. Gipotezani eksperiment tarzida tekshirib chiqish jarayonida uning toʼgʼriligi yoki toʼgʼri emasligi ilmiy tadqiqotlar orqali olingan maʼlumotlarni analiz qilish asosida, tajribalar oʼtkazish yoʼli bilan belgilanadi. Tadqiqotchi tomonidan aniqlab olingan va yozib qoʼyilgan voqealar, hodisalar faktlar deb ataladi. Shuning uchun koʼzatuvchanlik ilmiy hodimning qimmatli fazilatlaridan hisoblanadi: u bunday qaraganda tadqik etilayotgan obʼektdagi uncha muhim emasdek tuyulgan xususiyatlarni ham, tajriba oʼtkazish shart-sharoitlarini ham tez ilgʼab olish va ularga toʼgʼri baho bera olish qobiliyatiga ega boʼlmogʼi kerak. +atʼiy ilmiy tushunish maʼnosidagi fakt deganda koʼzatilayotgan hodisani yangi tajribada yoki boshqa tadqiqotchi olib borayotgan tajribada qayta tiklash imkoniyati nazarda tutiladi. Empirik umumlashma – bu obʼekt hodisalarini faqat ularning tashqi alomatlari asosida birlashtirilishidir. Nazariy umumlashma – bu obʼektlarni (hodisalarni) ularning muhim bir-biriga oʼxshashlik belgilariga qarab, yaʼni mazkur hodisaning oʼziga xos xususiyatini belgilovchi tomonlariga qarab birlashtirilishidir. Chunonchi, barcha oʼquvchilarni kuzatish asosida ikki intizomli va intizomsiz oʼquvchilar guruhiga ajratish mumkin. Bunday ajratish empirik umumlashtirish boʼladi, chunki bu oʼrinda oʼquvchilarning faqat tashqi harakteristikasi hisobga olinmoqda. Аgar bir oʼquvchilarni ularning temperamenti xususiyatlariga qarab, funktsional holatining oʼziga xosligi va shu singarilarga qarab birlashtiradigan boʼlsak, bu xildagi guruhlarga ajratilgan ishimiz nazariy umumlashmaning natijasi boʼladi, chunki bu oʼrinda biz bir xil oʼquvchilarning intizomsizliklari, boshqalarning esa intizomli ekanliklari sababini izohlab beramiz. Eksperiment metodikasiga tadqiqot oʼtkaziluvchilar uchun topshiriq (ish uchun instruktsiya, material va hokazolar) tajriba oʼtkazish shart-sharoitlarining bayoni (eksperiment guruh yoki individual tarzda oʼtkazilishi, qancha vaqt davom etishi), sinalayotgan kishilarning tarkibi va miqdori, tajriba oʼtkazilayotganda almashinib turgan kishilarning bir-biriga bogʼliqligi va bogʼliq emaslik darajasini aniqlash singari tadbirlar kiradi. Tajriba tariqasida oʼquv-tadqiqot ishlarining quyidagi turlarini koʼrsatish mumkin: 1. Kuzatishlar oʼtkazish (masalan maktab oʼquvchisini koʼzatish, norasmiy holdagi maktab oʼquvchilaridan tashkil topgan mikroguruhni va sinf jamoasini kuzatish, oʼqituvchini kuzatish va hokazo). 2. Muayyan eksperimental metodikani egallab olish. Ushbu metodika albatta, validlikka ega boʼlishi lozim. Yaʼni tanlangan metodika maqsad asosida belgilangan vazifalarni hamda farazni tekshirish imkoniga ega bo’lsa, u xolda tanlangan metodika validlikka ega deyiladi. Download 100.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling