Reja: 1 Psixologiyada ilmiy bilish
Download 100.5 Kb.
|
1 Ma\'ruza Psixologiyada ilmiy tatqiqotlarning metodologik asoslari
Gipoteza – tekshirilayotgan, oʼrganilayotgan predmet yoki hodisa to’gʼrisida ilgari surilgan, ilmiy jixatdan asoslangan, ilmiy fakt va maʼlumotlarga zid bo’lmagan, lekin xaqiqatdagi hali isbotlanmagan ilmiy bilish shaklidir.
Ilmiy bilish jrayonida koʼplab gipotezalar paydo boʼlishi mumkin, ular bir-birini to’ldiruvchi, bir-biriga zid, bir-biriga qarama-qarshi, bir-birini inkor qiluvchi gipotezalar boʼlishi mumkin. Umuman olganda ilmiy bilishning, rivojlanishi gipotezelarning paydo boʼlishi, ularning isbotlanishi yoki rad qilinishi va ya’na yangi gipotezalarning paydo boʼlishi asosida sodir bo’ladi. Gipotezalar tadqiqotchini doimo maʼlum izlanishga yoʼnaltiradi, uning eʼtiborini nimaga qaratishi, nimani izlashini aniqlab beradi, unga oʼz sohasida biron bir yangilik qilish yoki yaratishda yordam beradi. Gipotezalar, obrazli qilib aytganda tadqiqotchining doimiy ish qurolidir. Ilmiy bilishda paydo boʼlgan gipotezalar keyingi tadqiqotlarda tekshirilib, ularning xaqiqatligi tasdiqlanadi yoki xatoligi isbotlanib rad etiladi. Gipotezani rad etish uchun uning xatoligini isbotlovchi birgina ilmiy fakt kifoyadir. Gipotezaning xaqiqatligi isbotlansa, bunday gipoteza nazariyaga aylanadi. Nazariya – ilmiy bilishning eng yuqori shaklidir. Nazariya, deyilganda xaqiqatligi amaliy yoki nazariy jihatdan isbotlangan, borliqning biror bir sohasiga oid maʼlum gʼoyalar, qarashlar, qonunlar va printsiplarning muayyan tizimi tushuniladi. Nazariya biror fan sohasiga oid boʼlib, u maʼlum bilimlarning umumlashtirilishi asosida paydo buladi. Ilmiy bilishda nazariyaning asosiy vazifasi – amaliyot bergan yangi faktlarni izohlash, oʼrganilayotgan predmet yoki hodisalarning mohiyatiga chuqurroq kirish, roʼy beradigan voqea va hodisalarni oldindan ko’ra olishdan iborat. Har bir nazariy maʼlum sohadagi ilmiy bilimlarning soʼnggi natijasi sifatidagi bilim shaklidir. Lekin uni hech qachon tugallangan, oʼzgarmas, absolyut bilim, deb qaramaslik kerak. Chunki, har bir nazariya faqat u yoki bu gipotezaning akti asosidagi isboti boʼlmay, balki uzluksiz oʼrin almashib, chinligi aniqlanib boruvchi juda koʼp va cheksiz gipotezalarning natijasidir. Shu sababli nazariya ham doimo rivojlanib borib, uning mazmuni absolyut va nisbiy haqiqatlarning birligidan iborat bo’ladi. Har bir fan sohasida, xususan, psixologiya sohasida oʼtkaziladigan har bir ilmiy nazariy va eksperimental tadqiqotda intuitsiyaning ahamiyati juda katta. Intuitsiya – bu ilgaridan egallangan bilim va maʼlumotlarga asoslangan bilish jarayonidir. Har bir kishi oʼzining tajriba va ko’nikmalariga asoslangan holda oʼziga xos intuitiv bilishlarga ega. Shuningdek har bir kishining intuitiv bilishida, tabiiyki, farqlar boʼladi. Bu farqlar esa o’sha kishining intellektual darajasiga, maxsus mutaxassisligiga va shaxsiy yoʼnaltirilganligiga, qadriyatlar sistemasiga, dunyoqarashiga, qobiliyatiga asoslanadi. Intuitiv bilish, odatda kishi biror narsa yoki hodisa haqida muayyan tasavvurlar va bilimlarga ega boʼlgan, uning fikri maʼlum muammo yoki masalani yechilishiga yoʼnaltirilgan, shu asosda oʼz fikrini rivojlantirayotgan bir paytda roʼy beradi. Intuitiv bilish ham inson bilish jarayonining muhim jihatini tashkil qiladi va uning borliqni bilishida muhim ro’l oʼynaydi. Intuitiv bilish hech bir bevosita hissiy idroksiz va mantiqiy muhokamasiz biror bir yangi tasavvur yoki yangi fikrning birdaniga, kutilmaganda tugʼilishidir. Keyingi davrda olib borilgan tadqiqotlar intuitiv bilishning paydo boʼlishi inson miyasining ongsiz yoki ong osti faoliyati bilan bogʼliq ekanligini ko’rsatmoqda. Intuitiv bilishning tabiatini oʼrgangan bu tadqiqotchilar intuitiv bilish fakti xaqiqatan ham inson bilish jarayoniga xos ekanligini qayd qilishib, uning hissiy va mantiqiy bilishlari bilan bogʼliqligi, shu sababli intuitiv bilishning bevosita sezish, bevosita his qilish, bevosita idrok qilish, bevosita yangi fikrga birdaniga kelish kabi shakllari mavjudligini aytishmoqda. Аmmo intuitiv bilish kishining oldingi tajriba, ko’nikma, malaka va erishgan bilimlariga asoslangan holda yuzaga kelishini, bu siz intuitiv bilishning boʼlishi mumkin emasligini taʼkidlashmoqda. Intuitiv bilish, aslida inson bilish jarayonining bir jihati sifatida faqat ijodiy jarayonga xos boʼlmasdan, balki u insonning oddiy kundalik amaliy bilish faoliyatiga ham xosdir. Buni biz bolalar uchun aytiladigan topishmoqlarga berilgan javoblarda, oddiy kundalik muammo va shu kabilarni yechish misollarida yaqqol ko’ramiz. Intuitiv bilish inson bilishining hamma boshqa shakllari bilan chambarchas bogʼliq boʼlib, bilish jarayonida ularni toʼldiradi. Download 100.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling