Reja: 1. Sertifikatlashtirish haqida umumiy tushunchalar
Download 447.88 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muvofiqlikni attestatlash
- Muvofiqlikni sertifikatlashtirish
muvofiqlikni attestatlasva muvofiqlikni sertifikatlashtirish.
Muvofiqlik bayonoti deb, yetkazib beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me'yoriy hujjatga to‘la-to‘kis muvofiqligi haqida butun ma'suliyatni o‘z ichiga olganligini bayon etishiga aytiladi. Muvofiqlikni attestatlash - uchinchi tomon tarafidan “sinov laboratoriyasining bayonoti” tushunilib, ma'lum namuna mahsulotga bo‘lgan talablarni belgilovchi ma'lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishiga aytiladi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish deganda, kerakli ishonchlilikning ta'minlanganligini tasdiqlashga oid uchunchi tomon faoliyati tushunilib, unda tegishlicha identifkatsiyalanuvchi mahsulot, jarayon yoki xizmatning aniq standart yoki boshqa me'yoriy hujjat talablariga muvofiqligi tasdiqlanadi. Hozirgi tezkor va shiddatli rivojlanish kuzatilayotga sharoitda xorijiy mamlakatlar bilan savdo aloqalarini va iqtisodiy hamkorlikning, mamlakatda fan va texnikaning, ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi uchun hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini va raqobatbardoshligini oshirish uchun muntazam ravishda sinovlardan o‘tkazishga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Sinovlarni ko‘pincha “uchinchi tomon” deb ataluvchi shaxs yoki tashkilot amalga oshiradi va ular ko‘riladigan masalada qatnashayotgan tomonlar - ta'minlovchi (birinchi tomon) va xaridor (ikkinchi tomon)ning manfaatlarini himoya qilib, mutlaqo mustaqil ravishda ish ko‘radilar. Uchinchi tomon tarafidan qilinadigan sertifikatlashtirish ishlab chiqaruvchilarning ishonchiga sazovor bo‘lmoqda va shu sababli bunday yo‘l keng qo‘llanilib, jadal ravishda keng tarqalmoqda. Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma'noda uchinchi tomon tarafidan o‘tkaziladigan texnikaviy me'yorga, ish uslubiga, qoidalariga muvofiqligini qamrab olgan har qanday tekshiruvdir. Sertifikatlashtirish - bu uchinchi tomon tarafidan bajariladigan ishlar ketma- ketligi bo‘lib, bunda mahsulot, jarayon yoki xizmatning qo‘yilgan talablarga muvofiqligi yozma ravishda tasdiqlanadi. Sertifikatlashtirishni tayyorlash, o‘tkazish va muvofiqlik sertifikatlarini berish tartibi O‘z RH 51 - 062 da aniqlangan. O‘z DSt 51 - 95 tomonidan muvofiqlik milliy belgisi kiritilgan. Mahsulotlarni, sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish ishlarini akareditlangan muvofiq idoralar amalga oshiradi. Akkreditlangan idorani bo‘lmagani taqdirda uni sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idora hal qiladi. Sertifikatlashtirish sinovlarini akkreditlangan sinov laboratoriyalari (markazlari) amalga oshiradi. Sertifikatlashtirish, akkreditlash va tekshirishni o‘tkazish bo‘yicha xarajatlarni so‘rovchilar to‘laydilar. Haq to‘lash O‘z RH 51-032-94 da o‘rnatil-gan tartib bo‘yicha shartnoma orqali amalga oshiriladi. Sertifikat-lashtirish, akkreditlash va tekshirish natijalari bo‘yicha appelyatsiyalarni ko‘rib chiqishni O‘zRH-026-94 ga muvofiq sertifikatlashtirish idorasi tomonidan tuzilgan komissiya amalga oshiradi. Download 447.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling