Reja: 1. Sertifikatlashtirish haqida umumiy tushunchalar
Sertifikatlashtirishning maqsad va afzalliklari
Download 447.88 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar
11.2. Sertifikatlashtirishning maqsad va afzalliklari
1993 yil 28 dekabrda “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlar, xizmatlar va boshqa obyektlarni sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradi. Ushbu qonunda sertifikatlashtirishning maqsad vazifalari belgilab berilgan bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: - odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat etib borish; - mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta'minlash; - mamlakat korxonalari, qo‘shma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish; - iste'molchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan himoya qilish; - mahsulot tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) ta'kidlagan sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi. Takrorlash uchun savollar: 1. Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish deganda nimani tushunasiz? 2. Sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari nimadan iborat? 3. Muvofiqlikni baholash deganda nimani tushunasiz? 4. Muvofiqlikni baholashning qanday ko‘rinishlari mavjud? 5. «Mahsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun va uning ahamiyati haqida aytib bering. 6. Sertifikatlashtirish milliy tizimi haqida aytib bering. 7. Sertifikatlashtirish milliy tizimi asosiy vazifalari nimalardan iborat? 8. Sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idoraga qanday vazifalar yuklatilgan? Download 447.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling