Reja: 1 Shikastlanishlar, kelib chiqish sabablari, turlari
Download 12.56 Kb.
|
shikastlanish 41m
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ochiq shikastlanishlar, sabablari, klinik belgilari, birinchi tibbiy yordam korsatish. Shikastlanishlar, kelib chiqish sabablari, turlari.
Mavzu:41. Kozning shikastlanishi, mexanik shikastlanishlar, tana azolarning lat yeyishi, chiqish, sinish va x.k. REJA: 1 Shikastlanishlar, kelib chiqish sabablari, turlari. 2. Yopiq shikastlanishlar, sabablari, klinik belgilari, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish. 3. Ochiq shikastlanishlar, sabablari, klinik belgilari, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish. Shikastlanishlar, kelib chiqish sabablari, turlari. Tashqi muhitning kishi organizimiga ta'siri natijasida to'qima va organlarda anatomik va funksional o'zgarishlar paydo bo'lishi shikastlanish deyiladi. Grekchada "trauma"- shikastlanish degan ma'noni anglatadi. Organizmga ta'sir qilish omiliga ko'ra shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi. 1) Mexanik shikastlanishlar (kuchli zarb tegishi, ezilish, cho’zilish). 2) Fizikaviy shikastlanishlar (issiq va sovuq ta'siri, elektr toki ta'siri, radioaktiv nurlanishlar) 3) Kimyoviy shikastlanishlar (kislotalar, ishqorlar ta'siri). 4) Ruhiy shikastlanishlar (qattiq qo’rqish, vahima qilish).
Sababi: o'tmas to’mtoq predmetlar, musht, tayoq, tosh bilan urish, yiqilish. yuqoridan tushgan narsalarning qattiq urilishi natijasida kelib chiqadi. Yopiq shikastlanishlarga to'qimalarning lat yeyish, cho’zilishi, uzilishi, chayqalishi, qisilishi, suyaklarning chiqishi va suyaklarnning yopiq sinishi kiradi. Lat yeyish. A'zo va to'qimalarning bevosita biror to’mtoq narsa bilan urilishi natijasida teri butunligining buzilmay zararlanishi lat yeyish deyiladi. Odamga zarb tekkanda yoki biror qattiq narsa ustiga yiqilib tushganda badani lat yeydi. Klinikasi. Lat yeganda shish, qon quyilishi, og'riq va organ funksiyasining buzilishi qayd qilinadi. Avvaliga og'riq va yumshoq to’qimalarning zararlanishi yuzaga keladi. Lat yegan joy biroz shishadi qizaradi va ko'karib qoladi. Shish va qon talashlar ko'pi bilan 2-3 kunda shikastdan kcyin paydo bo'ladi. Harakat qilganda, lat yegan sohada og'riq kuchayadi, tinch turganda kamayadi.
Lal yeganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Shikastlangan kishiga avvalo tinch sharoit yaratish kerak. Qon talashni kamaytirish va og'riqni qoldirish uchun lat yegan sohani yuqori ko'tarib qo'yish kerak hamda muz, sovuq kompress buyuriladi (sovuq suvga namlangan sochiq qo’yiladi), bintli bog'lam qo’yiladi. Og'riqni kamaytirish uchun analgin yoki baralgin tabletkasi ichiriladi. Gematomaning so’rilishini tezlatish uchun 2-3 kundan keyin issiq kompress, vanna, UVCH va massaj qilinadi. Paylar cho’zilishi. Ko'pincha boldir-tovon bo’g'imlarining paylari cho’zilishi sport bilan shug'ullanuvchilarda ko'p uchraydi.Oyoq qayrilib yiqilganda uchraydi. Paylar cho’zilganda bo’g'im sohasida og'riq, oqsab yurish, oyoqni bosganda og’riqning kuchayishi kuzatilib, ikkinchi kunlari shish, og'riq kuchayadi. Pay cho’zilishi tizza bo’g'imlarida ham uchraydi, lekin kam uchraydi. Boldir-tovon bo'g'imlarining paylari cho’zilishi odat bo'lib qolishi mumkin.
Download 12.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling