Reja: 1Til ijtimoiy funksiyasining tavsifi va tasniflanishi


Jamiyatdagi o ‘zgarishlar va til rivoji


Download 355.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana09.02.2023
Hajmi355.09 Kb.
#1180278
1   2   3
Bog'liq
1-MAVZU. “O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI” FANINI O‘QITISHNING MAQSAD VA

Jamiyatdagi o ‘zgarishlar va til rivoji. 
Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tilga kamdir-ko‘pdir ta’sirlar bo‘lib turadi. 


Ba’zan uzoq vaqt tilning biror sathi jamiyat, inson omili bilan bog‘liq ta’sirlarga, 
o‘zgarishlarga uchramaydi yoki tilga ta’sir umummilliy miqyos kasb etmaydi. Biroq yozuv 
va imlo borasidagi o‘zgartirish yoki yangilanishlar umummilliy miqyosda, jamiyatning 
ongli aralashuvi ostida hal qilinadi. Hatto hukumat bunday lisoniy jarayonlarga faol ta’sir 
o‘tkazadi (o‘zbek- arab, o‘zbek-lotin, o‘zbek-kirill va yana o‘zbek- lotin alifbolarining joriy 
etilishida shuni kuzatish mumkin), milliy manfaatlar yuzasidan lisoniy jarayonlarni 
nazoratga olish, tartibga solishda ishtirok etadi. Zarur me’yoriy- huquqiy hujjatlarni qabul 
qiladi, til masalalari bilan shug‘ullanuvchi vakolatli tuzilmalarni tashkil etadi. Masalan, 
“Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi, Prezidentimizning «O‘zbek tilining davlat 
tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
farmonining e’lon qilinishi, Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat tilini rivojlantirish 
departamentining tashkil etilishi, Atamalar komissiyasining ish boshlashi shundan 
dalolatdir. 
Globallashuv davri o‘zbek tili terminologiyasini tartibga solishda ham vertikal ta’sir 
choralariga ehtiyoj bor, chunki o‘zbek tili terminologiyasida muqobili bolgani holda 
o‘rinsiz o‘zlashgan, sohaviy leksikaga qabul qilingan chet so‘zlar yig‘ilib qolgan. Masalan, 
yaqin yillarda kompetensiya so‘zi paydo bo‘ldi. Ingliz tilida “competence”, rus tilida 
“kompetensiya” shaklidagi bu so‘z asli “mahorat”, “qobiliyat”, umuman esa “layoqat” 
ma’nosini bildiradi. O‘zbek tilida bu olinmani layoqat so‘zi to‘la almashtira oladi. 
Kompetensiya so‘zi olinayotganda o‘zbek tilining ichki imkoniyati e’tiborga olinmagan. 
Natijada noto‘g‘ri o‘zlashma asosida kompetentlik, kompetensiyaviy singari terminlar ham 
yasalgan. Agar chet so‘zga bu qadar o‘chlik bolmaganda, “kompetensiya” layoqat,
«kompetentnost» layoqatlilik 
deb 
kalkalangan 
va 
kompetensiyaviy tarzidagi g‘alati yasalma “bino bo‘lmas” edi. 
Chet tillarni o‘rganish — yaxshi va juda zaruriy yumush. Chet tillardan birini 
egallagan mutaxassisga bugun talab ham, ehtiyoj ham katta. Ammo “xorijiy tillarni ona 
tilini esdan chiqarish hisobiga o‘rganish nodurust. Chunki ona tilini unutish hisobiga 
o‘rganilgan xorijiy til ona tilining o‘rnini bosib olishi muqarrarki, bunda milliy tafakkur va 
milliy idrok butunlay boshqa, begona tafakkur va begona idrokka aylanadi”. Afsuski, 
bugun ijtimoiy tarmoqlar tilida inglizlashuv, inglizcha unsurlar (boshqasini qo‘ya turaylik) 
ko‘payib bormoqda. Masalan, voy undov so‘zi o‘rnida vau; ma’qul, bo‘pti, yaxshi so‘zlari 


o‘rnida ok; tashabbus, chaqiriq,da’vatdeganso‘zlar bo‘la turib chellenj ommalashmoqda; 
layk (bos), neyming, xeshteg, teg, blogpost, post, kolumnistga o‘xshash varvarizmlar 
bisyor. 
Bunday o‘zlashmalarni tezda aniqlab, tilda “qotib” qolmasdan tegishli muqobillariga 
almashtirish kerak. Chunonchi, layk (bos) so‘zini ma’qulla, neyming so‘zini nom bilan 
bemalol almashtirsa bo‘ladi. Bitta chelenj so‘ziga tilimizda uchta muqobil bor: tashabbus, 
chaqiriq, da’vat va ularning har biridan o‘rni bilan foydalansa bo‘ladi. Shuningdek, tilni 
yaxshi bilmaslik oqibatida kelib chiqqan “kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish”, 
“mashinalarga xizmat ko‘rsatish” kabi noto‘g‘ri tarjimalar urchib bormoqda. Asli bunda 
kompyuterlarni tuzatish, mashinalarni ta’mirlash deyilsa, ifoda o‘zbekchalashadi va 
to‘g‘riroq chiqadi. Til va jamiyat munosabatidagi bunday muammolarning kelib chiqishi 
esa globallashuv ta’siri, kitob o‘qimaslik, til sezgimizning g‘ariblashayotgani bilan 
bog‘liqdir. 
Jamiyat a’zolarining tilga munosabatida ikki jihatni — umuman, tilga munosabat 
hamda ona tiliga munosabatni farqlab olish lozim. Birinchi holatda —tilning xalqni 
birlashtirishdek vazifani bajarishini anglab munosabat ko‘rsatilishi, “Davlat tili haqida”gi 
qonun talablariga rioya etilishi, ish yuritishda adabiy til me’yorlariga amal qilinishi zarur. 
Ikkinchi holatda — ona tili o‘ta milliy, etnomadaniy hodisa deb tushunilishi, ona tili 
taqdiriga millat taqdiri deb qaralishi, ona tili boricha qabul qilinishi kerak. 
Bugungi o‘zbek jamiyatida har ikki munosabatga aloqador muammolar yetarli. Bu “Davlat 
tili haqida”gi qonun talablarining ko‘p hollarda bajarilmayotgani, davlat tilining 
amaliyotga keng joriy etilmayotgani, ta’limning turli bo‘g‘inlari va ish yuritishda lisoniy 
layoqatlilik darajasining pastligi, davlat tiliga ham, ona tiliga ham bepisand munosabatning 
uchrayotgani, til madaniyatining lozim darajada shakllanmayotganida ko‘rinadi. O‘zbek 
sotsiolingvistikasi jamiyatda davlat tiliga munosabatning ahvolini, jamiyat hayotining 
qaysi jabhalarida til bilan faol ta’sirlashuv kechayotganini, til siyosatida nimalarga e’tibor 
berish lozimligini aniqlashi va davlat tilini amaliyotga to‘liq joriy etish hamda 
terminologiyani tartibga solish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishi zarur. 
Til va jamiyat ta’sirlashuvi haqida so‘z borar ekan, tilning jamiyatga qanday ta’sir etishini 
ham tushuntirmoq lozim. Mutaxassislar to‘g‘ri ta’kidlaganidek, tilning jamiyatga ta’siri 
jamiyatning tilga ta’siriga nisbatan kam o‘rganilgan, hatto bunday ta’sirlashuvga shubha 


bilan qarash ham bor. Bizningcha, tafakkur quroli bo‘lgan vositaning jamiyatga ta’sir 
ko‘rsatmasligining o‘zi shubhali, chunki til jamiyatni muntazam harakatlantirib turadi va 
bu tarz ta’sirlashuvning eng ibtidoiy aksi uning axborotni shakllantirish va uzatish 
vazifasida ko‘rinadi. Jamiyatning tilga ta’siri naqd lisoniy natijalarda ko‘rinadi, shu 
sababli, bu tarz ta’sirlashuv shubha uyg‘otmaydi, bir qarashdayoq ta’sirlashuv natijalarini 
ilg‘ash mumkin bo‘ladi. Tilning jamiyatga ta’siri natijalari tilshunos qayd qila biladigan til 
materiallarida ifoda topmaydi, balki ijtimoiy hayotning o‘zida bo‘y ko‘rsatadi. Aniq lisoniy 
material orqali dalillay olinmagani tilning jamiyatga ta’siri mexanizmlarining ochilmay 
qolishiga olib kelgan. Masalan, adabiy tilning jamiyatga ta’siri, avvalo, milliy birlikni 
ta’minlashida, qolaversa, ommaviy savodxonlikni shakllantirish va yaxshilashda, ilm-fanni 
rivojlantirish va madaniyatni yuksaltirishida, ta’lim- tarbiyada ko‘rinadi. Sanoqni yana 
davom ettirish mumkin. Umuman, jamiyatda axborot uzatilar ekan, unda tilning ishtirok 
qilmasligi, ta’siri bolmasligi mumkin emas. 
Xullas, til va jamiyat o‘rtasida doimiy ta’sirlashuv kechadi. Fan va ta’lim, madaniyat va 
san’at, texnika va davlatchilikning taraqqiyoti til va jamiyat ta’sirlashuvining asosiy 
omillaridir. Bunday ta’sirlashuv jarayonini harakatlantiruvchi kuchi, albatta, inson va u 
mansub jamiyat. Jamiyat ehtiyojlari esa tilning vazifa doirasida kengayish, usluban to‘lib-
to‘liqib borishiga sabab bo‘ladi. 

Download 355.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling