Reja: Aerodrom gruntlarining turli darajada o'ta namlanishi va suvni chetlatish bo'yicha muhandislik saqlash tadbirlari


Download 61.62 Kb.
bet2/4
Sana02.06.2024
Hajmi61.62 Kb.
#1840102
1   2   3   4
Bog'liq
Aerodrom ekspulutatsiya mustaqil ish

Erkin suv parda ko‘rinishda, kapillyar va gravitatsion bo‘ladi. Suv bug‘lari gruntlarning barcha bo‘sh kavaklarida bor, o‘simliklar uni tomchiga aylangandagina o‘zlashtiradi. Bu suv gruntlardagi suv zaxirasini to‘ldiradi va chim o‘tlarga singadi, gruntning yuqori qismlarida muz kristallari hosil qiladi, muz, linza hosil qiladi; linza gruntning ko‘pchishiga sabab bo‘ladi.
Parda ko‘rinishli suv grunt bilan molekulalar darajasida bog‘lanadi va ko‘p namlangan gruntdan kamroq namlangan joyga ko‘chib o‘tadi, gruntning yuqori qatlamida ko‘p nam to‘planishiga olib keladi; muzlab qolsa grunt ko‘pchib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Kapillyar suv, bu gruntda kapillyar kuchlar bilan tutib turiladi; gruntda ko‘tarilish balandligi kapillyar diametriga teskari proporsional; suvning kapillyar harakat tezligi kapillyar diametriga to‘g‘ri porporsional. Suvning kapillyar bo‘yicha ko‘tarilish balandligi taxminan quyidagicha: og‘ir qumloq tuproqda 3-4 m, engil qumloq tuproqda - 1.5 -2.0 m; qumli tuproqda – 0.5 -1.0 m. Kapillyar suvlar qoplamalar asosidagi gruntlarning va erosti suvlari yaqin bo‘lgan uchastkalarning suv rejimlarini o‘rganish uchun juda axamiyatli.
Gruntli UQT va qoplama asosida suv rejimi o‘zgarib turadi, uni quyidagi suv balansi orqali ifodalash mumkin

Bu yerda W – gruntdagi suv miqdori; A – yog‘inlardan tushgan suv miqdori; B – atrof yerlardan oqib kelgan suv; B – yerosti suvlarning sathiga qarab kapillyarlar orqali, parda va bug‘ holatda ko‘chib yuradigan suv miqdori; G – suv oqib ketishi; D – gruntning chuqur qatlamlariga shimiladigan suv; E – grunt yuzasidan suvning bug‘lanib chiqishi

1- Atmosfera yog’inlari
2- Yuza suvlari
3- Yerga shimiladigan suvlar
4- Parsimon suvlar
5-Yer osti suvlari
6-Kapillyar suvlar

Aerodrom inshootlarining ishonchli va mustahkam ishlashi ularning texnik holati bilan belgilanadi. Aerodrom inshootlarining texnik holati (aerodrom elementlarining sun'iy qoplamalari, muhandislik tizimlari, bino va inshootlarning poydevori) ko'p jihatdan tuproq bazasining yuk ko'tarish qobiliyatining butun xizmat muddati davomida hisobiy parametrlariga muvofiqligi bilan belgilanadi.
Aerodromning drenaj tizimi aerodromning deyarli barcha inshootlarining uzoq muddatli ishlashini ta'minlashda va tuproq asosining talab qilinadigan yuk ko'tarish qobiliyatini ta'minlashda aerodromning eng muhim elementlaridan biridir. Tuzilmalar ekspluatatsiyasining barqarorligi va mustahkamligi inshootlardan yer usti va yer osti suvlarini o'z vaqtida va sifatli chetlatish bilan ta'minlanadi.
Drenaj tizimi, uning tarkibi va konfiguratsiyasi aerodrom hududining iqlimiy va gidrogeologik sharoitlari, sun'iy qoplamalar konstruksiyasi, aerodromning vertikal joylashuvi, rel'efning tabiati va boshqa ko'plab omillar bilan belgilanadi. Ular orasida oqar suvlarning hosil bo'lish shartlari va hududning suv havzasining tabiati katta ahamiyatga ega.

Download 61.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling