Reja: agroturistik klasterlashtirish bosqichlari


Download 168.94 Kb.
bet4/10
Sana17.12.2022
Hajmi168.94 Kb.
#1026688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Agroturistik klaster (2)

1.Ko’lamlilik.Bu mezon agroturistik klasterlarni tashkil etishda uning tuzilmasiga kiritadigan sayohatgohlarning geografik ko`lamini belgilash nazarda tutiladi.Ko`lamlilik mezoni bo`yicha sayohatgohlarni bir, bir nechta va ko`p agroturistik hududlarga ajratish mumkin.
2. Davomiylik.Agroturistik klasterlarning raqobat ustunligi uning ob`ektlariga sayohatning davomiyligi hisoblanadi.Ular qisqa,o`rta va uzoq muddatli bo`lishlari mumkin.Sayohlar qancha uzoqdan tashrif buyursa,ular shuncha usoqloq qolishga intiladi va teskari.
3.Foydalilik. Yaratiladigan turustik klaster foydalilik mezoniga ham javob berishi lozim.Gap shundaki, klasterda faoliyat ko`rsatadigan agroturistik tadbirkorlar, sayohlar, mahalliy aholi, infrastruktura va joylardadi boshqaruv organlariga u turli shaklda foyda keltirishi kerak.

  1. Differentsiatsiyalash. Agroturistik klasterga tashrif buyuradigan mijozlarni sayohat maqsadlari va diqqatga sazovor joylardan foydalangan holda tabaqalashtirish kerak bo`ladi. Bu ikkita mezon asosida sayyohlarni to`rta guruhga ajratish mumkin:

Yagona tashrif maqsadi va yagona sayohat hududi;
Yagona tashrif maqsadi va bir nechta sayohat hududi; Bir nechta tashrif maqsadi va yagona sayohat hududi;
Bir nechta tashrif maqsadi va bir nechta sayohat hududi.

  1. Uzviylilik. Agroturistik klaster sayohatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirish uchun o`ziga xos qiyofaga ega bo`lishi kerak.Unda xilma-xil tovar va xizmarlar birta majmua ko`rinishida ifodalanishi lozim.Bunday majmuani

“Klaster mahsuloti” deb nomlanish maqsadga muvofiq bo`ladi. “Klaster mahsuloti” esa o`z navbatida sayyohlar uchun zarur bo`lgan birlashtirilgan quyidagi to`rta tarkibiy qismlardan iborat bo`ladi:

  • Asosiy xizmatlar, ular tunash va ekskursiya xizmatlarini o`z ichiga olai.

  • Qo`shimcha xizmatlar, ular ovqatlanish, transport, holdiq chiqarish va boshqa xizmatlardan iborat.

  • Bog`liq xizmatlardirki, ularga tarjimon xizmati, tijorat, tibbiyot, xavsizlik va boshqa xizmatlardan tarkib topadi.

  • Infratuzilma xizmatlari, ularga bank, pochta, qo`l telefoni va boshqa xizmatlar kiradi.

Oltinchi bosqich. Raqobatbardosh agroturistik klasterlarni tashkil etish.Bu bosqichda agroturistik talabiga mos klasterlar tuziladi. “Madaniyat” agroturistik klaster bunga misol bo`lishi mumkin. Ushbu klaster Buxoro viloyati Buxoro tumani Madaniyat fuqarolar yig`ini hududida joylashgan M.Axmedov fermer xo`jaligi negizida klaster tavsiya etiladi.Ushbu klaster maskur fermer xo`jaligining dalashiponidan boshlanadi va bog-rog`larida davom ettililadi. Shuningdek maskur klaster qishloq xo`jaligi fanlari nomzodi, ilg`or dehqon Muhammadjon Axmedovning 45 yillik dehqonchilik mahorati natijasida qishloq xo`jaligida erishgan yutuqlari bilan sayohlarni yaqindan tanishish imkonini yaratadi.M.Axmedov fermer xo`jaligi bo`ylab sayohatda bevosita qishloq xo`jaligi ishlar bilan shug`ullanish, qishloqlarda turmush tarzi bilan tanishish, ekologik toza meva-sabzavotlarni tatib ko`rish ham mumkin.
Yettinchi bosqich.Agroturistik klaster menejmenti tizimini tashkillashtirish. Agroturistik klasterlashtirish ushbu bosqichi destinastion menejment konstepstiyasining turistik taklif va talabining uyg`unlashtirish g`oyasiga asoslanadi.
Sakkizinchi bosqich.Agroturistik klasterlarni rivojlantirish strategiyalarini tanlash. Bunday strategiyalar turlicha bo`ladi.Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
1.Hujumkor strategiyasi. Agroturistik klasterning yangi mahsulot va xizmatlarni yaratish va joriy etish orqali texnik va bozor yetakchilikka erishish istagi bilan bog'liq.
2.Himoya strategiyasi. Agroturistik klasterning mavjud bozorlarda raqobatbardosh mavqeyini saqlab qolishga qaratilgan.
3.Taqlid strategiyasi. Bozorda muayyan yangiliklarni ishga tushirishda kashfiyotchi bo'lmagan agroturistik klaster tomonidan qo'llaniladi, ammo novator klasterdan litsenziya sotib olish yo'li bilan o`z biznesida yangiliklarni qo'llaydilar.
4.Qaram strategiya. "Qaram" agroturistik klaster o'z mahsulotlarini o'zgartirishga mustaqil harakat qilmaydi, chunki ular yetakchi klaster tomonidan qo'yiladigan talablar bilan chambarchas bog'liqdir.
5."Taxmon" strategiyasi. Boshqaruvning bozor yoki institutsional muhitdan tashqi tovushlarga bo'lgan munosabatidir. Bu yerda innovatsion faoliyat – noan`anaviy iste'molchini, ammo muhim turdagi ehtiyojga ega bo'lgan tovarlar va xizmatlar uchun amaldagi bozorlarda maxsus taxmon (bozordagi o`rin)larini topish imkoniyatlarini o'rganishdir.
6.An'anaviy strategiya. Mavjud mahsulotlarning xizmat ko'rsatish shakllarini takomillashtirishni o'z ichiga oladi, shuning uchun ham u innovatsion xulq-atvor xususiyatlariga ega. Mahsulotni ishlab chiqarish an'anaviy bo'lib, uning o'ziga xos "hayotiy davri" ning uzoq vaqt davomida o'ziga xos innovatsion shakllarini ta'minlab beradi.



Download 168.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling