4.Agroturistik hududlar joylashgan klasterlarda doimiy yashaydigan aholining va mehnat resurslarining mavjudligi. Agroturistik faoliyat odamlar bilan bog`liq bo’lgan yuqori xizmat talab qiladigan sohadir. Shuning uchun agroturistik xizmatlarni ko’rsatishga qodir bo’lgan kompetentli kadrlar masalasi ham muhim hisoblanadi. Ular bo’lmagan taqdirda, mavjud aholining ishga layoqatli qismini agroturistik ta’lim tizimiga jalb qilish va ularning malakasini oshirishga to’g`ri keladi.
Agroturistik hududlargasha yetib boradigan ravon yo’llarning mavjudligi. Shunday sayyohlik maskanlar borki, jozibadorlik omillarining mavjudligiga qaramasdan, ulargasha yetib borish imkoniyati uncha mavjud emas. Bunda eng qulay transport vositalarini joriy qilish bo’yisha loyihalarni ishlab chiqish yoki transport infratuzilmasini yaratish tadbirlarini oqtarib topish zarur.
Yashash, ovqatlanish, ko’ngilxushlik qilish uchun tegishli infrastrukturaning mavjudligi. Agroturistik faoliyat jozibador maskanarning mavjudligi bilan birgalikda ularda yashab turish, ovqatlanish, ko’ngilxushlik qilishni ham ko’zlaydi. Shuning uchun, bunday ehtiyojlarni ham qondirishga qodir bo’lgan shart-sharoit mavjud bo’lgan holatdagina bu hududlarda agroturistik klasterlashtirish siyosatini olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi.
To`rtinchi boshqich. Agroturistik klasterlashtirishning tamoyillarini asoslash. N.Ibragimovning fikricha, O`zbekistonda agroturistik klasterlashtirish siyosatini 4 ta tamoyillar asosida amalga oshirish mumkin1:
1.Agroturistik jozibador joylararo (maskanlararo) muvofiqlashtirish.
2.Tematik o`xshsash agroturistik jozibador joylar va maskanlarni uyg`un birlshtirish.
3. Agroturistik oqimni sayohlar nigohidan yaratish va uni nazorat qilish.
4.Sayohatgohlarni bozor usulida boshqarish.
Beshinchi bosqich. Agroturistik klasterlashtirishning mezonlarini ishlab shiqish. Agroturistik klasterlashtirish jarayonida quyidagi mezonlar
bo’yisha agroturistik manzillar asosida jozibador agroturistik klasterarni yaratish imkoniyati vujudga keladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |