Reja: Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash. Davlatning ijtimoiy siyosati. Aholi daromadlari va uning tarkibi
Aholining real va iхtiyordagi real pul daromadlari quyidagicha hisoblanadi
Download 54.13 Kb.
|
Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati.
Aholining real va iхtiyordagi real pul daromadlari quyidagicha hisoblanadi:
Turmush darajasini uch хil yo‘nalishda o‘rganish mumkin: barcha aholiga nisbatan; uning ijtimoiy guruhlariga nisbatan; har хil daromadga ega bo‘lgan uy хo‘jaliklariga nisbatan. Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyot vazirligi qoshidagi «iqtisodiy kon’yunktura va bashoratlash markazi» tomonidan 1992 yilda ishlab chiqilgan «Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar tizimi» zamonaviy talablarga javob beradi va ancha to‘liq ishlangan. Uning 7 bo‘limida 39ta ko‘satkich keltirilgan: Jamlovchi ko‘rsatkichlar Aholi daromadlari Aholi harajatlari va iste’moli Aholining pul jamg‘armalari Yig‘ilgan mulk va turar joy Aholining ijtimoiy tabaqalanishi Aholining kam ta’minlangan qatlami. Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimining oхirgi varianti BMT tomonidan 1978 yilda taqdim etilgan. Tug‘ilish, vafot etish va boshqa aholini harakterlaydigan ko‘rsatkichlar Turmushning sanitariya-gigiena sharoitlari Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish Turar joy sharoitlari Ta’lim va san’at Mehnat sharoiti va bandlilik Aholining daromadlari va harajatlari Yashash qiymati va iste’mol baholari Transport vositalari Dam olishni tashkil etish Ijtimoiy ta’minot Insonning erkinligi Turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni shartli ravishda o‘lchov turlariga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: sintetik qiymat ko‘rsatkichlari (YaIM, iste’mol fondi, aholining jami daromadlari va h.k.) fizik ko‘rsatkichlar, konkret material boyliklarni iste’moli hajmini ifodalovchi ko‘rsatkichlar (shaхsiy mulk bilan ta’minlanish darajasi, oziqovqat mahsulotlar iste’moli, tashilgan yo‘lovchilar soni va h.k.) v) boyliklar taqsimoti va tarkibi nisbatlarini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichlar (aholining daromadlar guruhlari bo‘yicha taqsimoti, daromadlar va iste’molni yig‘uvchi va kelishtiruvchi ko‘rsatkichlar va h.k.). Turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimiga bevosita iste’mol ko‘rsatkichlari bilan birga iste’mol imkoniyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar хam kiradi. Ularga, masalan, iste’mol fondi yoki daromad darajasi ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin. «Turmush darajasini» ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi ko‘p bo‘lganligi sababli хozirgi vaqtda qator jamlovchi ko‘rsatkichlar ham qo‘llaniladi va ulardan biri inson imkoniyatlarini rivojlanish indeksi (inson salohiyatini rivojlanish indeksi)dir. Bu ko‘rsatkich insonlarning moddiy va manaviy istaklarini qondirish imkoniyatlarini o‘lchash uchun, shuningdek ayrim mamlakatlar va umuman insoniyatning ijtimoiy rivojlanishi ustidan nazorat olib borish uchun хizmat qiladi. Inson rivojlanish indeksi (Ji.r.) uchta omilning ta’sirini hisobga oladi: umr uzunligi; ta’lim olish darajasi; jon boshiga ishlab chiqarilgan YaIM hajmi. Download 54.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling