Reja: Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash. Davlatning ijtimoiy siyosati. Aholi daromadlari va uning tarkibi


Download 54.13 Kb.
bet2/9
Sana17.06.2023
Hajmi54.13 Kb.
#1552785
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati.

Aholi daromadlari ma‘lum vaqt oralig’ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shaklidagi tushumlar miqdorini bildiradi.
Iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko’rsatkich “daromad” nomi bilan yuritiladi. Daromad bir vaqtning o’zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumning mablag’larining, natural ko’rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni bildiradi. Daromad umumiy tushuncha bo’lib, uning tarkibida aholi daromadlarni muhim o’rin tutadi.
Aholi daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklida olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko’rsatishdan kelib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi.
Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining o’z iste‘mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi. Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo’lgan va real daromad tushunchalaridan foydalanadi.
Nominal daromad - aholi tomonidan ma‘lum vaqt oralig’ida olingan daromadlarning pul ko’rinishidagi miqdori hisoblanadi.
Ixtiyorida bo’lgan daromad - shaxsiy iste‘mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to’lov summasidan kam bo’ladi.
Real daromad – narx darajasi o’zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo’lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko’rsatadi, ya‘ni daromadnig xarid quvvati bildiradi.
Aholinig nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanadi va ular quyidagilar hisoblanadi.
1. Ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
2. Davlat yordam dasturlari bo’yicha to’lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari;
3. Moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari.

Download 54.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling