Reja: Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari. Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi ahamiyati. О‘zbekitson Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini
Xo‘sh, toshqin vaqtida qanday muhofaza qoidalariga rioya qilish
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayot faoliyati havfsizligi amaliy
Xo‘sh, toshqin vaqtida qanday muhofaza qoidalariga rioya qilish
kerak? Avvalo, toshqin xavfi bor joylarda har qanday qurilish inshootlari barpo etishga chek qo‘yish kerak. Toshqinning hosil bo‘lish xususiyatiga ko‘ra ba’zi ehtiyot choralarini amalga oshirish lozim. YA’ni oziq-ovkat, ichimlik suvi, kiyim- kechak va boshqa maishiy-xo‘jalik zahiralariga ega bo‘lish, ularni suv bosmaydigan joylarda saqlash, kerakli hujjatlar, zarur mol-mulk bilan evakuatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish zarur. Toshqin juda katta tezlik bilan avj olayotgan bo‘lsa, zudlik bilan yaqin atrofdagi tepalikka qarab yurish, bino sharoitida bo‘lsangiz yuqori qavatlarga ko‘tarilish, tomlarga chiqib olish tadbirlarini amalga oshirish lozim. Ammo, barcha ehtiyot choralariga qaramasdan mabodo, suv ichida qolsangiz, eng muhimi sarosima va vahimaga berilmasdan xotirjamlik bilan ustki va oyoq kiyimlarni echish, suv oqimi bo‘ylab birorta balandrok yoki mustahkam asosga ega bo‘lgan predmetni tanlash, suv bilan birga harakat qilayotgan buyumlardan o‘zingizni ehtiyot qilish choralarini ko‘rishingiz lozim. Zaruratta ko‘ra uylarni, xonalarni tark etayotganingizda suv, gaz, elektr tarmoqlarini xavfsiz holatga keltirishni unutmaslik kerak. Erto‘lalarda oziq-ovqat zahirasi mavjud bo‘lgan takdirda ularni quruq joylarga, suv bosib zarar etkazmaydigan joylarga olib qo‘ygan ma’qul. Albatta, ehtiyot choralarini oldindan tashkillashtirib uyushqoqlik bilan olib borilsa, har qanday fojiadan keladigan talafot va zararni kamaytirishga erishiladi. Lekin, aksariyat hollarda aholi tomonidan beparvolikka yo‘l qo‘yiladi. Tabiiy ofat, xususan, toshqin qanchalik qiska vaqtni qamrab olmasin ma’lum talafotlarga sababchi bo‘ladi. SHu jarayon bo‘lib o‘tgandan so‘ng qanday ishlarni birinchi galda amalga oshirish kerak. Quyida shular to‘g‘risida to‘xtalamiz. Avvalo, har qanday tabiiy ofat yuzaga kelgan maydon va hududda o‘ziga yarasha antisanitariya holati yuzaga keladi. Buning oqibatida odamlar, tirik organizmlar yuqumli kasalliklar bilan zararlanishi mumkin. SHu vaziyatdan chiqish uchun ma’lum muddatgacha faqat qaynatilgan suv iste’mol qilish va quruq oziq-ovqatlar bilan chegaralangan ma’qul. Zarurat tufayli boshqa erga ko‘chgandan so‘ng qaytib kelinganda uyning holatini, atrof yo‘laklarni sinchiklab ko‘zdan kechirish kerak, hech vaqt uyga kirishga shoshilmang. Toshqin tufayli uylarning devorlari zax tortishi, namgarchilik me’yoridan ortib ketishi oqibatida inshootlar bardoshligi zaif bo‘lib qoladi, natijada uncha katta bo‘lmagan tashqi kuch ta’sirida binolar qulab ketishi mumkin. Suv to‘planib qolgan joylardan alohida yo‘laklar hosil qilib yurish joylarini tashkil etish kerak. Xonalarni diqqat bilan ko‘zdan kechirib chiqilgandan so‘ng eshik va derazalarning mustahkamligiga ishonch hosil qilganingizdan keyin ularni ochib qo‘ying. Xona ichida qolgan oziq- ovqatni iste’mol qilishdan o‘zingizni saqlang. Mavjud asbob-uskunalardan, ayniqsa elektr asboblaridan foydalanishda nihoyatda ehtiyot bo‘ling. CHunki to‘liq qurimagan asboblar boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishiga sababchi bo‘lib, qo‘shimcha noxushliklarga olib keladi. Bundan tashqari har qanday tabiiy ofatni bartaraf qilishda ham o‘ziga yarasha talab va qoidalari mavjud. Xususan, toshqindan so‘ng uni bartaraf qilishda keng miqyosda aholi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilishi lozim? YUqorida ta’kidlanganidek atrof sinchiklab o‘rganilgandan so‘ng, suv bosgan joylar ortiqcha narsalardan xalos qilinib, quritish ishlari amalga oshiriladi. Inshootlarda yarim o‘pirilgan, qayta tiklab bo‘lmaydigan joylar aniqlansa tezda buzib tashlanishi va u joylar tozalanishi kerak. Binolarning pastki, pastkam joylarida suv to‘planib qolgan bo‘lsa suv chiqarib tashlanadi. Toshqin natijasida shikastlangan maishiy-energetika tarmoqlari, yo‘llar, ko‘priklar va boshqa inshootlarni ta’mirlashga kirishiladi. Mazkur tadbirlarni amalga oshirish aholidan uyushqoqlikii, jipslik va o‘zaro hurmatni talab etadi. SHundagina favqulodda vaziyat oqibatini tezda bartaraf qilish mumkin. YUqorida qayd qilinganidek, toshqin va sellarning paydo bo‘lishida respublikamiz hududlaridan tashqarida bo‘lgan tabiiy suv omborlari, gidrotexnika inshootlari ham o‘ziga yarasha xavf tug‘diradi. Bizning nazarimizda bunday ob’ektlarning joylashgan o‘rni, xavflilik darajasi, ko‘lami to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Aksariyat hollarda favqulodda vaziyatlar yuz bergan vaqtda aholi o‘rtasida ma’lumot yo‘qligidan sarosimaga tushish holati oqibatida talafot ikki-uch barobar ko‘payib ketishiga olib keladi. Bunday holatlarda aholi harakatining ba’zi qoida va talablari to‘g‘risida keyingi bo‘limlarda batafsil to‘xtalamiz. SHu maqsadda respublikamiz hududidan tashqarida bo‘lgan, lekin aholining farovon turmushiga ma’lum darajada tahdid solib turgan xavf “o‘choqlari” to‘g‘risida ma’lumot beramiz. Albatta, bunday ma’lumotlarni berishdan maqsad, aholi o‘rtasida behalovotlik yoki sarosimaga tushishga ma’lum sharoit yaratish emas, balki zukko o‘quvchilarga xavf to‘g‘risidagi bor ma’lumotni etkazish, real voqelikdan boxabar qilish. Zero, xavfni bilmasdan, to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasdan turib unga tayergarlik choralarini ko‘rish mushkuldir. Qishlok xo‘jaligini rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng miqyosdagi tadbirlarda nafaqat tuproq emirilishi, eroziya, jarlanish jarayonlariiing oldini olishga, balki er yuzida paydo bo‘lgan shunday joylarni qayta rekonstruksiya qilib qishloq xo‘jaligi aylanmasiga kiritish katta ahamiyatga ega. Buning uchun, avvalo tashkiliy ishlarni yo‘lga ko‘yish, ya’ni “Er to‘g‘risida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi qonunlar asosida ish yuritish maqsadga muvofiqdir. Tog‘li va tog‘ oldi adirlarida emirilish, eroziyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bilan bir qatorda, tekislik, ko‘p yillik sug‘orma erlarda tuproqni sho‘rlanishdan, biologik xususiyati kamayib ketishining oldini olish tadbirlarini qo‘llash lozim. Buning uchun ilmiy asoslangan usullar bilan tarixiy, ota-bobolarimiz qo‘llab kelayotgan omillarni uyg‘unlashtirish yaxshi samara beradi. Umuman, meliorativ va gidromeliorativ choralar asosida har bir joyning morfologik va morfometrik ko‘rsatgichlarini inobatga olib ish yuritish tuproq muhofazasini ta’minlovchi asosiy omillardir. Tuproqning hayotdagi biologik o‘rni naqadar yuksakligi va uni asrab-avaylash bo‘yicha ko‘pgina maxsus, ilmiy-ommabop risolalar yaratilganligi uchun bu mavzuga ortiqcha to‘xtalmaymiz. Xususan, tashqi xavf to‘g‘risida: “Moylisuv daryosining (Qirg‘iziston) qirg‘oqlari yoqasida 1944 yildan to 1964 yilgacha uran rudasini qayta ishlash chiqindilari ko‘milgan. Hozirgi vaqtda koldiqlar saqlanadigan 23 ta joy mavjud. Bu erlarda selni to‘sadigan to‘g‘onlarni mahkamlash hamda ko‘chki xavfi bo‘lgan joylardagi qiyaliklarning mustahkamligini ta’minlash lozim” deb mahalliy hukumat rahbarlari, ilmiy va ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari oldiga muammoning echimini topish yo‘llarini, xavfli hududlarda mas’uliyatni va javobgarlikni oshirish lozimligini uqtirsalar, keng jamoatchilikni shunday xavflardan ogoh bo‘lishga chaqiradilar.Haqikatda, Vatanimiz hududlari atrofidagi xavfli joylar hammamizning diqqat-e’tiborimizda bo‘lishi, ular to‘g‘risida etarli ma’lumotga ega bo‘lishimiz hozirgi zamon talabidir. Binobarin, birorta xavf to‘g‘risida etarli axborot tizimi va majmuasiga ega bo‘lingan taqdirdagina uning oldini olish yoki bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqilib, to‘g‘ri amal qilishga erishiladi. Respublikamizning tabiiy-geografik o‘rnini kuzatar ekanmiz, har bir mintaqaning turli halokatli maydonlarni qamrab olganligiga guvoh bo‘lamiz. Birgina Farg‘ona vodiysini oladigan bo‘lsak, vodiyga yo‘nalgan barcha suv tarmoqlarining boshlanish qismlari baland tog‘liklardan, ayrim joylari abadiy qor va muzlikdan iborat bo‘lib, ob-havo keskin o‘zgarishi oqibatida bu suv tarmoqlarida toshqin, sel xavflari yuqori ekanligidan dalolat beradi. Bu esa tezkor amaliy tadbirlar o‘tkazishni, shu hududlarda joylashgan aholi o‘rtasida xavfli halokatlardan saqlanish yo‘llarini targ‘ib qilishni taqozo etadi. SHunday qilib, Vatanimiz hududida ham ichki, ham tashqi muhitdan zarar etkazadigan turli tabiiy ofatlar xavfi mavjud ekan, ularni chuqur mulohaza qilish, avvalo oldini olish, bashoratlash va oqibatlarini bartaraf etishda faol qatnashish har bir fuqaroning sharafli burchi hisoblanadi. Mamlakatimizda, xususan tabiiy ofatlarning oldini olish borasida muhim ishlar amalga oshirilayotganini e’tirof etgan holda, shuni ta’kidlash lozimki, bunday tadbirlar faqat ushbu muammo bilan shug‘ullanadigan ilmiy va ishlab chiqarish tarmoqlari doirasidagina chegaralanib qolayapti. Ularni keng miqyosda aholi o‘rtasida targ‘ib kilish, talab va qoidalarga rioya qilish odobi, madaniyatini shakllantirish juda sustkashlik bilan olib borilmoqda. Tabiiy ofatlarga loqayd bo‘lish qanday oqibatlarga olib kelishi, Davlat xazinasiga qanchalik ta’sir etishi, eng muhimi insonlar nobud bo‘lishiga sababchi bo‘lishi boshqa mamlakatlarning achchiq tajribasidan ko‘rinib turibdi. Albatta, bunday holatga tushmaslikning birinchi tadbiri o‘zimizni va atrofdagilarni to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatishdan iboratdir. Zero, milliy mafkura va milliy g‘oyamizning asosi ham, xavfsiz yashash sharoitini ta’minlashga asoslangan. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling