Suv, havo va tuproq muhitlari va ularning ifloslanishi


Download 80 Kb.
bet1/6
Sana28.03.2023
Hajmi80 Kb.
#1303915
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 Suv, havo va tuproq muhitlari va ularning ifloslanishi.




Suv, havo va tuproq muhitlari va ularning ifloslanishi.

Reja:



1. Suvni ifloslanishi va ifloslantiruvchi manbalar.

2. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar.


3. Havoning ifloslanishi natijasida vujudga keladigan salbiy
holatlar va uning oqibatlari.


Kirish.
Suv resurslarining ifloslanib borishiga asosan sanoat korxonalarning chiqindi suvlari: ularning tarkibidagi yangidan-yangi kimyoviy komponentlarning qo’llanilishi oqibatida tabiat zarar ko’rmoqda.
Suvning ifloslanishi quyidagi sabablar bilan amalga oshadi:
- Tabiiy mahsulotlar bilan (chiqindilar, O2 yutilishi bilan boradigan jarayonlar);
- Suspenziyalarning tushishi;
- Turli xil zaharli moddalarni tushishi (pestitsidlar, gerbitsidlar);
- Suv havzalarini tabiiy eskirishiga olib keladigan moddalarni tushishi;
- Xo’jalik chiqindi suvlarni tushishi;
- Suv havzalarini qaynoq oqova suvlar bilan ifloslanishi;
- Tarkibida turli xil tuzlar bўlgan, neft qoldiqlari bo’lgan, tarkibida organik sintetik moddalar bo’lgan va h.k);
- Tarkibida noma‘lum bo’lgan turli xil radioaktiv chiqindilarni tushirish va h.k.
Suv havzalariga tushgan hamma materiallar ham uni iflos qilavermaydi. Bizga ma‘lumki, suv universal erituvchi va uning o’zi tarkibida erigan va suspenziya holidagi ko’plab moddalardan iborat sistemadir. Ba‘zi moddalar esa shu darajada yig’ilib boraveradiki, ma‘lum vaqt o’tgandan sўng shu moddaning miqdori ruxsat etilgan me‘yordan oshib ketadi va insonga yoki shu suvda yashovchi tirik: organizmlar uchun xavfli bo’lib qoladi. Shundagina bu suv ifloslangan deyiladi.

1. Suvni ifloslanishi va ifloslantiruvchi manbalar.
Reaktsiyaga kirishish xususiyati oshiq bo’lgan joylar. Suvning ifloslanishida yana shu narsani ham e‘tiborga olish kerakki, ba‘zi moddadar suvga tushganda boshqa moddalar bilan o’zaro reaktsiyaga kirishib sinergetik xususiyat, ya‘ni suvni salbiy xususiyatini oshirib yuborish mumkin.
Hozirgi vaqtda suv havzalari turli xil ifloslantiruvchi manbalar ta‘sirida qolmoqda.
Kislorod - oksidlanish va ko’pgina birikma hamda organizmlarning parchalanishi uchun kerak. Agar suvdan malum miqdordagi erigan kislorod miqdori olib tashlansa muhitning parametrlari o’zgarib, kislorod bilan nafas oladigan organizmlar halok bo’lishi mumkin. Xalqaro normaga ko’ra erigan O2 miqdori suvda 5 mln. bo’lishi kerak.
Oziqlantiruvchi moddalar - ba‘zi elementlar va anorganik birikmalar avtotrof organizmlar uchun ozuqa hisoblanadi. Agar shu oziqlantiruvchi moddalar miqdori kamaytirilib yoki kuchaytirilsa jiddiy qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
Biologik aktiv moddalar - ba‘zi bir kimyoviy birikmalar biologik jarayonda qisqa va uzoq vaqtli o’zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Muallaq holdagi qattiq zarrachalar - bularning ko’payishi bilan suvning nur o’tkazishi kamayadi, fotosintez faolligi kamayadi, suvning tashqi rangi yomonlashadi.
Issiqlik tasirlari - suvga issiq temperaturali suv tushganda sovuq suv bilan fiziologik o’zgarishlarlar sodir bo’ladi.
Oqova suvga xarakteristika berishda ko’pincha quyidagi fizik parametrlarga murojaat qilinadi: rangi, hidi, qattiq zarrachalarning tabiati va miqdori, tinish tezligi, temperatura, zichlik, oqimlar xarakteristikasi, aralashuvchanlik (gorizontal va vertikal bo’ylab), diffuziya tezligi. Bundan tashqari vodorod ionlari kontsentratsiyasi (RN), tuzlar miqdori, erigan kislorod miqdori, BPK, XPK, nitrat miqdori, fosfat miqdori, metall (mis, qo’rg’oshin, temir, rux, nikel, kadmiy, simob) miqdori, neft mahsulotlari, organik birikmalar (pestitsidlar, o’g’itlar, yuvish vositalari) va uglerod miqdorlari ham talab etiladi.
Ifloslangan suvning holati va tarkibini bilish uchun undan analiz qilishga namuna olish e‘tiborga molikdir. Chunki oqova suvlarning turli joylaridan turlicha natijalar olinadi. Ba‘zi joylarda reaktsiyaga kirishish xususiyati kuchli bo’lgan suvlar uchraydi. Shuning uchun bu suvlarga quyidagi ko’rsatgichlarni tatbiq etish joyizdir:
Suv yuzidagi yupqa plyonka – uning chuqurlik o’lchami 50 dan 500mkm bo’ladi. Hamma massa almashinish, ya‘ni suv bilan havo o’rtasidagi jarayonlar mana shu sohada sodir bo’ladi. Aniqlanishicha 200 mkm chuqurlikda suvning eng ifloslanish qismi bo’lar ekan.
Asosiy suv manbalari – uning chuqurligi bo’ylab belgilanadi. Chuqurlik oshgan sari uning harorati o’zgarib boradi. U quyidagilar bilan harakterlanadi:
- Suvning sirt qismidagi massasida quyosh nuri singib, biologik faollik, ya‘ni fotosintez jarayoni yuzaga keladi.
Oraliq yoki chuqurlikdagi suv massasida quyosh nurining singishi va issiqlik nurlanishlar juda kam miqdorda sodir bo’ladi.
Suvning tubidagi suv massasida cho’kmaga tushish va yana qaytish jarayonlari, ya‘ni kuchish reaktsiyalari sodir bo’ladi.
Cho’kma – barcha erigan va erimaydigan moddalar, oqibatda suv tubiga cho’kadilar. Ba‘zi hollarda cho’kmanm analiz qilib, suv to’g’risida to’la ma‘lumot olish mumkin bo’ladi.

Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling