Suv, havo va tuproq muhitlari va ularning ifloslanishi


Download 80 Kb.
bet3/6
Sana28.03.2023
Hajmi80 Kb.
#1303915
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 Suv, havo va tuproq muhitlari va ularning ifloslanishi.

Organik birikmalar.
Gidrosferani organik birikmalar bilan ifloslanishi hoh erigan holatda muallaq holatda bo’lsin, uning tarkibi turlicha bo’ladi. Ifloslangan suvlarda organik birikmalarning miqdori unchalik ko’p bo’lmaydi.
Ifloslangan suvlarda ularning miqdori tashlangan organik chiqindilarning xarakteriga va u tushayotgan suvning fizik-kimyoviy xossalariga bog’liq bo’ladi.
Keyingi paytlarda suv havzalariga insektitsidlar, pestitsidlar, detergentlar, fenollar, uglevodlar, oqsilli fermentlar, aminokislotalar, karbon kislotalar va vitaminlar tashlab yuborilmoqda. Bularning barchasi tirik organizmlarga salbiy ta‘sir qiladi. Organik birikmalar bilan ifloslantirishning o’ziga xos ko’rinishlaridan biri ularning suv yuzasida yupqa pardalar hosil qilishlaridir.
Neft mahsulotlari bilan ham ifloslanish sodir bo’lsada ularning avariyaga uchragan neft tankerlaridan ochiq dengizlarga chiqib ketishi atrof-muhitga katta xavf tug’diradi. Shuningdek, sintetik yuvish vositalari va pestitsidlarning ham suv havzalariga chiqib ketishi yo’l qo’yib bo’lmaydigan hollardandir.
Chunki ularning ichida shunday birikmalar ham borki, uzoq vaqt saqlanib ta‘sir qilish xususiyatiga ega bo’ladi. Bizning vazifamiz esa shunday hollarga yo’l qo’ymaslik va tabiatni kelajak avlodga qanday bo’lsa shundayligicha yetkazishdir.



  1. Atmosfera haqida umumiy tushuncha.

Atmosfera so`zi yunoncha tildan olingan bo`lib, (atm-bu, sfera-qobiq) ya`ni havo qobii degan ma`noni anglatib, biosferada hayot mavjudligini ta`minlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera erning himoya qatlami hisoblanadi, u barcha tirik organizmlarni zararli kosmik nurlardan, samodan tushadigan meteoritlarning zarrachalaridan himoya qilib turadi. Sayyoramiz yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agarda havo qobii bo`lmaganida edi, er yuzida kunduzi +1000S va kechqurun -1000S harorat kuzatilgan bo`lar edi. Unda bulutlar paydo bo`ladi, yomir, qor bunyodga keladi, shamol hosil bo`ladi, shuningdek erga namlik berib, tovush o`tkazadi va hayotbaxsh kislorod manbai hisoblanadi.

Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling