mustahkamlash zarur, bunday inshootlar bo‘lmagan joylarda sel tutkichlar, oqimni
aholiga zarari tegmaydigan joylarga yo‘naltiruvchi tarmoqlarni qurish lozim. Eng
muhimi, kadimiy an’analarga rioya qilgan holda
barcha tarbiyaviy va amaliy
ishlarni rejalashtnrish lozim. SHundagina xavfning mumkin qadar oldi olinadi yoki
undan keladigan iqtisodiy talafot kamroq bo‘ladi. Masalan, millatimizga xos
bo‘lgan hikmatlardan “Serdaraxt qishloqni sel olmas”
degan dono fikrga amal
qilinsa, yog‘ingarchilik qanchalik ko‘p bo‘lmasin, sel oqimi tarkibida cho‘kindi
jinslar mutlaqo bo‘lmasligiga erishiladi. Bundan tashqari qurilish inshootlarini
rejalashtirishda sel xavfi bor joylardan uzoqroqda bo‘lishga
qatiy rioya qilinishi
kerak. YAna bir muammo hozirgi vaqtda qir-adirlarni o‘zlashtirib sug‘orma
erlarga aylantirish hollari ko‘p uchramoqda (bu haqda oldingi bo‘limda to‘xtaldik).
Bu erlarda agrotexnik ishlov berishga, ya’ni adirlarni ko‘ndalangiga haydash yoki
sug‘orish inshootlarini shu yo‘nalishda bo‘lishiga chek ko‘yish kerak. CHunki
bunday tadbir sel oqovasi paydo bo‘lishiga, undanda rivojlanib ko‘chki,
eroziya
jarayonlari keskin ortib kegishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: