Reja: Aholi va mustahkam iqtisodiy o'sish
-2013 yillarda erishilgan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
Download 222 Kb.
|
Aholi va mustahkam iqtisodiy o\'sishning manbalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, % da 2008 yil 2009 yil
2008-2013 yillarda erishilgan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
Iqtisodiy o’sishning salbiy oqibatlaridan biri aholini ijtimoiy, mulkiy tabaqalanishi kuchayishi hisoblanadi. Shuning uchun xam davlat aholi turli qatlamlarini himoya qilish maqsadida ijtimoiy siyosatlarni olib boradi. Daromadlar darajasi bo’yicha tabaqalanishni aniqlash uchun, dastlab, aholi daromadlari miqdori aniqlanadi. Aholi daromadi ish haqi, dividentlar va foizlardan, shuningdek, transfert to’lovlaridan tashkil topadi. Daromadlar kengroq ma’noda pulsiz yoki imtiyozli narxlarda axoli oladigan tovarlar va ta’lim, sog’liqni saqlash, uy-joy kommunal xo’jaligi, transport va boshqa xizmatlar bo’yicha imtiyozlar ko’rinishidagi to’lovlarni ham o’z ichiga oladi. Ish haqi, dividentlar va foizlarni ishlab chiqarishda bevosita qatnashganlar daromadlar taqsimlanishi natijasida oladilar. Davlat daromadlarning taqsimlanishiga ish haqining eng kam miqdorini qonuniy ravishda o’rnatish orqali ta’sir ko’rsatadi. Eng kam ish haqi ushbu mamlakatda tarkib topgan turmush sharoitiga bog’liq bo’lib, eng kam iste’mol byudjetb asosida aniqlanadi. Davlat daromadlarning qayta taqsimlanishini asosan ikki xil tayanch vositalar yordamida amalga oshiradi: Soliq tizimi; Transfert dasturlari. Davlat transfert dasturlaridan tashqari yana bir qator nodav lat va jamoat dasturlari ham mavjud. Davlat va nodavlat tashkilotlari transfert dasturlarining barcha turlari yagona maqsadga, ya’ni, aholi daromadlarini tenglanggirishga yo’naltirilgan. Daromadlar taqsimlanishining tengsizligini ifodalash uchun ko’p hollarda Lorents egri chizig’i grafigidan foydalaniladi.
Download 222 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling