Reja: Akseleratsiya


Download 57.49 Kb.
bet1/9
Sana19.06.2023
Hajmi57.49 Kb.
#1602735
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Akseleratsiya va zararli odatlar



Mavzu: Akseleratsiya va zararli odatlar.
Reja:

  1. Akseleratsiya.

  2. Sigareta chekish zararlari – tamakining organizmga ta’siri, kashandalik oqibatlari.

  3. Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish va saraton xavfi.

  4. Xulosa.


Akseleratsiya (lot. accelaratio – tezlashish) (biologiyada) – embri-on (pusht) rivojlanishining ma’lum bosqichlarida uning ayrim a’zolari shakllanishining tezlashuvi. Bolalar va o‘smirlar o‘sishi hamda jismoniy rivojlanishining tezlashishi. Hozirgi bolalar va o‘smirlar har bir yoshda ancha oldingi yillardagi tengqurlariga nisbatan bo‘ychan bo‘lib, vazni og‘irroqdir. Bolalar katta bo‘lgan sari, bu farq shunchalik seziladi. Ularning sut tishlari oldin bo‘rtadi, doimiy tishlar bilan tezroq almashinadi, skeletining suyaklanishi ham oldinroq yuz beradi. Og‘ir mehnatning kamayishi, umumiy hayot tarzi, maishiygigiyenik shart-sharoitlarning yaxshilanishi, shuningdek yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga yo‘l qo‘ymaslik va boshqa akseleratdiyaga olib kelishi mumkin. Akseleratsiya faqat bolalar gavda o‘lchamlarining jadal kattalanishida emas, balki ularning dunyoqarashi hamda fikrlashlari ilgarilab ketishi, shuningdek erta balog‘atga yetishida ham namoyon bo‘ladi.
SIGARETA CHEKISH ZARARLARI — TAMAKINING ORGANIZMGA TA’SIRI, KASHANDALIK OQIBATLARI
Chekuvchilar hech bo’lmaganda bir marta chekish organizmga qay darajada zarar yetkazishi haqida o’ylab ko’rishganmikan? Chekish kishining nafaqat o’zi, balki atrofdagilariga ham ziyon keltiradi. Tamaki tutunini ichga tortib, u o’z salomatligi, immuniteti va nafas olish va yurak-tomir tizimiga shikast yetkazadi.



SIGARETANING INSON ORGANIZMIGA ZARARLARI


Bir tomchi nikotin otni o’ldirishini hatto bolalar ham biladi. Biroq, bu dalil chekuvchilarda alohida taassurot uyg’otmaydi: ular o’zlarini bir vaqtning o’zida buncha sigareta chekib bo’lmaydi degan gap bilan ovutishadi. Biroq, tamaki tutunining zarari nikotinning o’zigina bilan bog’liq emas, u faqat qaramlik chaqiradi, chekishning vayronkor ta’siri boshqa omillar bilan ham ifodalanadi.

Download 57.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling