Reja: Algoritm va algoritlash tushunchalari. Algoritmning xossalari
Translyator, interpretator va kompilyator
Download 374,78 Kb. Pdf ko'rish
|
6. Translyator, interpretator va kompilyator.
Translyator (ingl. Translator — tarjimon) – biron-bir yuqori dasturlash tilida tuzilgan dasturni mashina tiliga o‘tkazuvchi dastur-tarjimon. Translyatorlar kompilyator va interpretator ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Kompilyator va interpretatorlar dasturni bajarishda tubdan farq qiladi. Kompilyator (ingl. compiler — yig‘uvchi) dasturni tulaligicha o‘qiydi va uni tarjima qiladi (mashina tiliga ugiradi). Masalan: Turbo Basic va Turbo Pascal 7.0 dasturlash tillari – kompilyator hisoblanadi. Interpretator (ingl. interpreter — izohlovchi, og‘zaki tarjimon) dasturni tarjima qiladi va satrma-satr bajaradi. Masalan: Quick Basic dasturlash tillari – kompilyator hisoblanadi. Dastur kompilyasiya qilingandan so‘ng dasturlash tilida yozilgan dastur va kompilyatorga ehtiyoj qolmaydi. Masalan, info.bas fayli kompilyasiya qilingandan so‘ng info.exe fayliga o‘zgaradi va bu fayl kompilyatorsiz xam ishlashi mumkin. Agar info.bas faylini interpretator qayta ishlaganda har gal dastur ishini bajarilishi uchun interpretator ishga tushishi shart. SHu sababli kompilyator va interpretatorlarning ishlash prinsipi bo‘yicha birmuncha farq qiladi. Kompililyasiya qilingan dasturlar tezroq ishlaydi, lekin interpretatsiya qilinayotgan dasturlarga o‘zgartirish kiritish osonroq. Xar bir dasturlash tili qaysi maqsadda yaratilganligiga qarab kompilyasiya yoki interpretatsiyaga muljallangan bo‘lishi mumkin. Masalan, Paskal dasturlash tili uta murakkab masalalar dasturini tuzishga muljallangan bo‘lib, bunday masalalarni echish uchun esa dastur bajarilishi tezligi yuqori bo‘lishi talab qilinadi. Beysik dasturlash tili esa dasturlashni o‘rganuvchi va bu sohaga ilk qadam bosayotganlar uchun muljallangan bo‘lib, bu tilda dasturni bajarish satrma-satr amalga oshirilganligi sababli boshlovchilar uchun juda katta qulayliklar yaratadi. Ba’zida bitta dasturlash tili uchun xam kompilyator, xam interpretatormavjud. Bunday holda dasturni yaratish va sozlashda interpretatordan foydadlaniladi, so‘ng esa dastur ishini tezlashtirish uchun esa bu fayl kompilyasiya qilinadi. Download 374,78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling